««xalqaro audit»



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61
««xalqaro audit»1

Tayanch so’z va iboralar: 
 
1. Xalqaro auditorlik 
tashkilotlari 
 
2. Xalqaro auditorlik 
kompaniyalari 
3. «Katta to’rtlik» 
 
4. Ichki auditorlarning 
professional tashkilotlari 
 
 
 
 
 


32 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Xalqaro auditorlik tashkilotlari deganda nimani tushunasiz? 
2. Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita (IASC), Xalqaro 
buxgalterlar federatsiyasi (IFAC), Xalqaro auditorlik amaliyoti qo’mitasi (IAPS)ning 
faoliyat yo’nalishlari xususida nimalarni bilasiz? 
3. Xalqaro auditorlik kompaniyalari tarkibiga qaysi kompaniyalar kiradi?.
4. «Katta to’rtlik» tarkibiga kiruvchi auditorlik kompaniyalari deganda nimani 
tushunasiz? 
5. Price Waterhouse, KPMG, Ernst and Young, Deloitte Touche Tohmatsu 
International auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari xususida 
nimalarni bilasiz? 
6. MDHdagi yirik auditorlik kompaniyalarning faoliyati xususida nimalarni 
bilasiz? 


33 
4-BOB. AUDITNING XALQARO STANDARTLARI 
4.1. Xalqaro auditorlik standartlarining mohiyati 
Audit standartlari - o’zining professional faoliyati davomida hamma auditorlar 
rioya qilishi lozim bo’lgan yagona asos tamoyillardir. 
Auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifati darajasini va audit 
natijalarining ishonchliligini ta’minlaydi. Auditorlik standartlari sudda auditorlarning 
haqqoniy ishlaganligining asosi bo’lib xizmat qiladi. Agar auditor standartdan 
chekinish qilgan bo’lsa, buning sababini ko’rsatishi lozim. Auditorlik standartlarining 
quyidagi jihatlari mavjud: 

unga rioya qilish orqali auditorlik tekshirishning yuqori sifatli bo’lishi 
ta’minlanadi; 

auditorlik tekshirish amaliyotida yangi ilmiy yutuqlarni qo’llash 
mumkin; 

muayyan vaziyatlarda auditorning hatti-harakatini aniqlaydi. 
Butunjahon mamlakatlari o’rtasida bo’ladigan savdo-iqtisodiy va boshqa 
ko’rinishdagi aloqalar ular o’rtasida bo’ladigan hisob-kitoblarni unifikatsiyalashni 
taqozo etmoqda. Buning uchun, milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit shaklga 
keltirish talab qilinadi.
Jahon mamlakatlari o’rtasida milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit holga 
keltirish uchun yagona qoidalarni ishlab chiqish lozim edi. Bu qoidalar auditorlik 
amaliyotida auditning xalqaro standartlari maqomini oldi. 
Auditorlik faoliyatida me’yoriy hujjatlar sifatida auditning xalqaro 
standartlarini ishlash borasida ham ma’lum darajada urinishlar bo’lgan.
1948 yilda Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti tomonidan 
«Umumlashtirilgan audit standartlari» ishlab chiqildi. Shu kabi mamlakatda 
auditorlar instituti tomonidan «Ichki auditorlarning majburiyatlari» e’lon qilindi. 
1976 yilda ma’lumotga elektron ishlov berish auditi assotsiatsiyasi tuzilib
1987 yilda «Axborot tizimi bo’yicha umumiy qabul qilingan audit standartlari» ishlab 
chiqildi. 


34 
Dunyoning ko’pchilik davlatlarida milliy kuzatuv auditor-konsultant firma 
vakolatxonalari mavjud bo’lib, ularning barchasi xalqaro auditorlik standartlari va 
ularga mos keladigan me’yorlardan keng foydalanadilar. Butun dunyoda auditorlar 
faoliyatida umumiy standartlar ishlanishiga Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar 
instituti (AICPA) katta ta’sir va tashabbus ko’rsatib keladi.
AICPA tomonidan auditorlik kasbi, umuman olganda, auditorlik faoliyatiga oid 
bir nechta standart ishlab chiqildi. Mazkur tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan 
standartlar 3 ga bo’linadi: 
Auditning umumiy malaka va etika standartlari: 
1. 
Majburiy tayyorgarlik va mahoratlilik. Auditor tekshirish o’tkazishda maxsus 
texnik tayyorgarlikka va auditorlarning professional xulq sifatlariga ega bo’lishi 
kerak (The examinition is to be reformed by a person or persons having adequate 
technical training and proficience as an auditor). 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin