««xalqaro audit»


 Xalqaro auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
««xalqaro audit»1

3.3. Xalqaro auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari 
Auditorlik kompaniyalari aslida qanday ehtiyojlarni qondirishi va biznesdagi 
omadini asosiy omili nima bilan bog’liq ekanligini yaxshiroq tushunish uchun 
auditning rivojlanish tarixiga nazar tashlash lozim. 
Audit, o’zining zamonaviy biznesdagi ma’no va mohiyatida qariyb yuz yildan 
ko’proq vaqt mobaynida mavjuddir. Auditning yuzaga kelishi kapitalizmning 


25 
rivojlanishi, yirik kapitalning paydo bo’lishi va aktsionerlik jamiyatlarining yuzaga 
kelishi bilan bog’liq. Aynan shu davrda korxonalarni boshqaruvchilari va egalarining 
manfaatlarini ajralishi ro’y berdi. Shuning bilan hisob yuritilishining to’g’riligini 
tekshiruvchi va bu xaqida kompaniya egalariga hisobot beruvchi mustaqil hakamga 
bo’lgan zarurat tug’ildi. Shu tarzda auditorlarning asosiy vazifasi korxonadagi 
moliyaviy hisob yuritilishining to’g’riligini tasdiqlash orqali mulkdor manfaatlarini 
himoya qilish bo’lib qoldi. Ammo auditorlar hisobning to’g’ri yuritilishini tekshirish 
to’g’risidagi bevosita hisobotdan tashqari ushbu hisobotga muayyan nomoddiy 
aktivni, aniqroq qilib aytganda, o’z mavqeini qo’shadi. Hozirgi kunda yuzlab 
auditorlik kompaniyalari auditorlik tekshiruvini o’tkazish metodikasiga ega, lekin 
umum tan olingan etakchilar bor-yo’g’i to’rtta. Ushbu kompaniyalar «Katta to’rtlik» 
nomi bilan tanilgan bo’lib, ular tarkibiga Pricewaterhouse Coopers, Deloitte, KPMG 
va Ernst & Young kompaniyalari kiradi. Xo’sh, nima sababli ushbu to’rt kompaniya 
boshqa auditorlik kompaniyalaridan keskin farq qiladi? Bizningcha, buning ikki 
sababi bor: birinchidan, bu ko’p yillik tajriba va orttirilgan mavqei; ikkinchidan, bu 
kompaniyalarning xodimlari soni. 
«Katta to’rtlik» kompaniyalarining biznes mavqei o’n yillar davomida 
shakllangan bo’lib, ba’zilarining tarixi bir yarim asrga borib taqaladi. 
Pricewaterhouse Coopers kompaniyasi o’zining asosiy mahsulotlaridan biri obro’-
e’tibori ekanligini chuqur anglagan holda, «Oskar» mukofotiga nomzodlar hisobini 
yuritish bo’yicha buyurtmani qo’lga kiritdi va bu bilan audit metodikalarining yangi 
bozorini ochib berdi. Dunyodagi yuzlab auditorlik kompaniyalari ham «Katta 
to’rtlik» kompaniyalaridan yomonroq xulosa berishadi deb bo’lmaydi, lekin 
ko’pchilik mijozlar ularning mavqei uchun ko’proq haq to’lashga rozi bo’lishadi. 
Shunday to’xtamga kelish mumkinki, «Katta to’rtlik» kompaniyalarining har 
biri bo’yicha hisoblangan gudvil summasi bir necha milliard dollarni tashkil etishi 
muqarrar.
Odatda, uchinchi tomonlar oldida o’z imidjini yaxshilashga uringan korxonalar 
quyidagi hollarda bunday kompaniyalarga auditni buyurtma qilishadi: 
1. Xalqaro fond bozorlariga chiqish; 


26 
2. To’g’ri investitsiyalarni jalb qilish; 
3. Yangi hamkorlar bilan yaqin aloqalar o’rnatish; 
4. Davlat tenderlarida ishtirok etish; 
5. Yangi bozorlarga chiqish va h.k. 
«Katta to’rtlik» kompaniyalarining mavqei bunday buyurtmalarni olishga 
imkon beradi. Bunda kompaniya mavqeining o’ziga xos doiraviy aylanishi to’g’risida 
fikr 
yuritish 
mumkin. 
Yirik 
transmilliy 
kompaniyalar 
«Katta to’rtlik» 
kompaniyalarining mijozlari ro’yxatidan joy olishi bilan ularning mavqeini oshiradi, 
bu esa yanada ko’proq mijoz orttirish imkonini beradi. Auditorlik kompaniyalari o’z 
mavqeini 
o’zining «kichik» byudjetli mijozlariga o’tkazadi. Auditorlik 
kompaniyasining xodimlari ishdan bo’shaganda kompaniya mavqeining bir qismini 
o’zlari bilan olib ketishadi. Ushbu doiraviy aylanishda, albatta sifatli tekshiruv sharti 
bilan, kompaniya mavqei «eskirmaydi» va «amortizatsiyalanmaydi». 
Ammo, uchinchi tomonlar kutadigan mustaqillik va ob’ektivlik printsiplaridan 
har qanday og’ishishlar oqibatida auditorlik kompaniyalari mavqeiga katta putur 
etishi ham hech gap emas. Buni tasdiqlash uchun «Katta to’rtlik» kompaniyalariga 
qarshi butun dunyo bo’yicha berilayotgan sud da’volarini keltirib o’tish kifoya. 
Bundan tashqari, «Katta to’rtlik» kompaniyalari o’rtasida farqlanishning tobora 
kamayib borishi sezilmoqda. Bunda har bir mijoz uchun keskin kurash ketishini 
kuzatish mumkin. Masalan, yirik transmilliy kompaniyalar tender asosida auditorlik 
kompaniyasini tanlashi mumkin. Chunki, ko’pchilik kompaniyalar uchun aynan 
PricewaterhouseCoopers yoki Deloitte ning emas, balki «Katta to’rtlik» 
kompaniyalaridan birining xulosasi kerak. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin