3.4. Rossiya Federatsiyasida auditorlik faoliyatining rivojlanish yo’nalishlari
2001 yil avgust oyida Rossiya Federatsiyasi prezidenti tomonidan “Auditorlik
faoliyati to’g’risida”gi Qonun imzolandi va Rossiyadagi “qonunsiz” auditorlik
faoliyatining 14 yillik rivojlanishi tugadi.
27
Ushbu davrni tahlil qilar ekanmiz, shuni aytish kerakki, normativ boshqarish
tizimi asosida amal qilib kelayotgan auditorlik faoliyati auditorlik kasbining
Rossiyada va xalqaro miqyosda boshlang’ich rivojlanishini etarli darajada ta’minladi.
Birinchi “audit” tushunchasi sobiq Ittifoq Ministrlar Kengashining 13.01.1987
yildagi № 47 Farmonida keltirib o’tilgan bo’lib, unda “qo’shma korxonalarda soliq
solish to’g’riligini aniqlashda, ularning moliya-xo’jalik va tijorat faoliyatlarini
tekshirish” lozimligi ko’rib chiqilgan.
Besh yil mobaynida bir nechta farmonlar asosida tartibga solinishi oqibatida
auditorlik faoliyati rivojlandi. 1992 yilda Rossiya Federatsiyasining Yuqori Kengashi
tomonidan ikki o’qishda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun loyihasi qabul
qilindi. Lekin shu payt yuzaga kelgan siyosiy inqiroz oqibatida Qonun Prezident
tomonidan tasdiqlanmay qolib ketdi.
1993 yilda Prezident qarori asosida “Rossiya Federatsiyasidagi auditorlik
faoliyatining vaqtinchalik qoidalari” amal qila boshladi va uning amal qilishi sakkiz
yilga cho’zilib ketdi.
1995 yildan boshlab auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun ustida ishlash
yangidan boshlandi va juda sekin - 5 yil davom etdi. Bu vaqt mobaynida audit
mustahkamlanib, yirik auditorlik firmalari vujudga keldi, davlat moliya organlarining
ularni tartibga solish talabi yuzaga kela boshladi, auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish
qoidalari ishlab chiqila boshlandi.
1999 yil o’rtalarida davlat moliya tizimi asosida tayyorlangan qonun loyihasi
hech qanaqa muhokamasiz va hech kimning tashabbusisiz yana 2 ta mavhum
loyihalar bilan birgalikda Davlat Dumasida edi.
Qonun ustida ishlash faqat, u kelgusida davlatning iqtisodiy dasturlari
rivojlanishida muhim deb sanalalgan hujjatlar tarkibiga kiritilgandan keyingina
jadallashdi. 2000 yil aprelda qonun loyihasi birinchi o’qishda qabul qilindi.
Rossiya auditorlar kasbdoshlari (mutaxassislar) va auditorlar hamda
konsultantlar milliy Federatsiya birlashmalari tomonidan ko’tarilgan qonun
muhokamasi butun Rossiya Federatsiyasi bo’yicha davom etdi. Ular auditorlik
tashkilotlari va turli auditorlik qatlamlarining fikr-mulohazalarini yig’ib borishdi.
28
Ular tomonidan yig’ib borilayotgan fikrlar, taklif-mulohazalar va ma’lumotlar
internet saytlarida bevosita yoritilib borilardi:
http://www.rka.org.ru/
va
http://www.nfca.ru/
. Ushbu saytlarda, shuningdek, yuqoridagi 2 ta birlashmaning
(RAK) va (AKMF), muhokamasida bo’layotgan qonun loyihasiga o’zgartishlar va
tuzatishlar kiritish ustidagi ishlari kuzatilib borilardi.
Qonun loyihasiga kiritilayotgan tuzatishlarni umumlashtirish maqsadida,
Davlat Dumasi qoshida 200 kishidan iborat Ekspertlar Kengashi tashkil etildi. Lekin
ular biror marta ham to’liqligicha yig’ilishmadi. Amaldagi auditorlar va auditorlik
birlashmalari vakillari esa, ushbu organ faoliyatiga jalb qilinmas edi. Oqibatda, qonun
loyihasi yuzasidan vujudga kelgan taklif va mulohazalar hisobga olinmay qolib ketdi.
Rossiya
auditorlar
kasbdoshlari(mutaxassislar)
va
auditorlar
hamda
konsultantlar milliy Federatsiya birlashmalari tomonidan “Auditorlik faoliyati
to’g’risida”gi Qonunni qayta ishlab chiqish yuzasidan takliflar tushdi. Ushbu
Qonunda ko’plab kamchiliklar mavjud edi. Ushbu Qonun Rossiya Federatsisining
Fuqarolik kodeksiga, Federal qonunlarga va boshqa normativ hujjatlarga zid edi. Shu
bilan birga, Qonunda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan berilgan № PR-
1160,07.06.2000 yildagi xulosasidagi ayrim ogohlantirishlar ham inobatga
olinmaganligi aniqlandi. Shuningdek, Qonun loyihasi butun jahon qabul qilgan
mustaqillik va konfidentsiallik tamoyillariga zid kelishini ham aytib o’tish lozim.
2001 yilning 13 iyulda bahorgi sessiyalaridan birida, Davlat Dumasi “Auditorlik
faoliyati to’g’risida” gi Federal Qonunni qabul qildi. 20 iyulda Qonun muhokamasi
Federatsiya Kengashidan o’tdi va 7 avgustda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
tomonidan imzolandi. 2001 yil 9 avgustda esa “Rossiya gazetasi” da Qonun rasman
bosib chiqarildi.
Qonunning qabul qilinishi davlatning iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega
bo’ldi. Bosilib chiqqandan so’ng, endi uning pozitiv tomonlari ko’rina boshlandi.
Shunga qaramasdan, Qonunga ayrim tuzatishlar va aniqliklar kiritish talab
etiladi, bu esa Rossiyadagi mustaqil auditorlik institutlarining rivojlanishiga o’z
ta’sirini ko’rsatishi aniq.
Qonunning kamchiliklariga to’xtab o’tadigan bo’lsak:
29
1)
Qonunning qabul
qilinishi
cho’zilib ketishi auditorlik faoliyati
tamoyillarining ma’naviy eskirishiga olib keldi. Bu vaqt mobaynida ko’pgina rejalar
o’zgardi. Shuningdek, moliyaviy hisobotning Xalqaro Standartlariga o’tish dasturi
qabul qilindi, Rossiya Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lishliligini e’lon kildi.
Shuning uchun, Qonunga kerakli kontseptual tuzatishlar kiritish zarur bo’lib qoldi;
2) Qonunda ikkita - “audit” va “auditorlik faoliyati” atamalari aralashtirib
yuborilgan va uslubiy jihatdan noto’g’ri yondashilgan. Bular o’z boshqaruv
mexanizmlariga ega va butunlay turli iqtisodiy tushunchalardir.
Audit – bu moliyaviy hisobotning to’g’riligini aniqlash maqsadida o’tkazilgan
mustaqil tekshiruvdir.
Auditorlik faoliyati esa – bu audit tekshiruvini o’tkazishning tadbirkorlik
faoliyatlaridan biri.
3) Qonunda Federal organ tomonidan tasdiqlangan auditorlik standartlari,
qoidalarini qo’llash talab etilgan. Audit ishini rejalashtirish va hujjatlashtirishda,
auditorlik hisobotini tayyorlashda va auditorlik xulosasini taqdim etishda ham
Federal organ tomonidan tasdiqlangan audit standartlarini qo’llash talab etilgan. Bu
Qonunda audit faoliyatini olib borishda auditorlik ish usullarini mustaqil tanlash
tamoyili mavjud emas. Shuningdek, Federal organ tomonidan tasdiqlangan
qoidalarni qo’llash oqibatida, auditor yoki mijozga etkazilgan zarar Federal organ
javobgarligiga o’tkazilishi keltirilmagan;
4) Federal organ tomonidan tasdiqlangan auditorlik faoliyati standartlari,
qoidalari Xalkaro Buxgalterlar Federatsiyasi tomonidan qabul qilingan va ko’pgina
jahon mamlakatlarida qo’llash tavsiya qilingan Xalqaro Auditorlik Standartlari bilan
bir qancha tafovutlar mavjud.
Federal organ tasdiqlagan standartlarni qo’llash majburligi, Rossiya
auditorlarining chet el korxonalari, qo’shma korxonalarni audit tekshiruvini
o’tkazishni cheklab qo’yadi. Oqibatda, chet el korxonalari va qo’shma korxonalar
chet el auditorlik kompaniyalariga murojaat qilishga majbur bo’lib qolishadi. Sababi,
ular xalqaro normalar doirasida ish olib borishadi.
30
5) Federal organ tomonidan ishlab chiqilgan auditorlik standartlarini qo’llash
majburligiga ega Qonun normalari “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash haqida”gi
Rossiya Federatsiyasining qonuni moddalariga zid keladi. Chunki unda qo’shimcha
litsenziya olish talablari keltirilgan bo’lib, “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash
hakida”gi Rossiya Federatsiyasining qonunining moddalarini inkor etadi.
6) Qonunda Rossiya auditorlik standartlari bilan Xalqaro Auditorlik
Standartlari o’rtasida o’zaro tafovut muammosi hali ham javobsiz qolmoqda. Chunki
Rossiya iqtisodiyoti chet el investitsiyasi oqimi bilan chambarchas bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |