31
AQShda ichki auditorlarning professional tashkilotlari 1941 yilda tashkil
topgan bo’lib, Ichki auditorlar instituti – IAI (IIA – Institute of Internal Auditors) deb
nomlangan. U hech qancha vaqt o’tmasdan «
Taraqqiyotga hamkorlik orqali
erishiladi» degan shior bilan chiqqan. O’tgan asrning 70-yillarida institut o’zining
xalqaro markazini Florida shtatiga ko’chirgan. Ushbu institut faoliyati quyidagilar
negizida qurilgan:
a) ichki auditorlarning umumkasbiy bilimlari;
b) professionallikni uzluksiz rivojlantirish dasturi;
v) iqtisodiy kodeks;
g) professional me’yorlar;
d) sertifikatsiyalash dasturi.
Ichki auditorlarning bunday birlashishi ularning tarqoq kuchlarini o’z
manfaatlarini himoya qilish maqsadida birlashtirish hamda malaka mahoratini yanada
rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish zarurligidan kelib chiqqan. Institut
ichki aditorlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib turadi, umumta’lim
faoliyatini ta’minlaydi va mazkur professional amaliyot me’yorlarini ishlab chiqadi.
U o’z funktsiyalarini va ichki auditorlar xizmatlarini doimiy ravishda kengaytirib
kelmoqda.
Institut ichki auditorlarning professional olamida yuqori obro’ga ega. Uning
dunyo bo’yicha 100 dan ortiq mamlakatlarda ishlaydigan a’zolari bor. Institutning
AQShdagi bo’limlaridan tashqari Avstraliya, XXR, Hindiston, Isroil, Yaponiya,
Malayziya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Angliya va Shimoliy
Irlandiya kabi mamlakatlarda milliy institutlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: