23
qog’ozlar va birja operatsiyalari bo’yicha komissiya - QQBOK (Securbties and
Exchange Comission – SEC) bo’lib, u moliya bozorining rivojlanishi uchun mas’ul
hisoblanadi.
Bulardan tashqari, AQShda markaziy hisob boshqarmasi (yoki umumiy
buxgalteriya hisoboti boshqarmasi) – MHB (General Accounting Office - GAO) ham
mavjud. Bu federal hukumat qonunchilik shahobchasining idoradan tashqari xizmati
bo’lib hisoblanadi. O’zbekistonda bu borada hisob palatasi tashkil etilgan. GAO faqat
AQSh Kongressi oldidagina mas’ul hisoblanadi. Unga bosh nazoratchi rahbarlik
qilib, u Kongress oldida hisobot beradi. GAO auditor xodimlarining asosiy
majburiyati – aynan Kongress uchun auditorlarni tasdiqlash funktsiyasini bajarishdir.
AQSh ning har xil hukumat muassasalari Kongress uchun moliyaviy axborotlarning
ayrim turlarini (shu jumladan, byudjet mablag’larining sarflanishi, davlat
buyurtmalarining bajarilishi haqida ham) vaqti-vaqti bilan taqdim qilib turadi. Ular
tomonidan tayyorlangan axborotlarning katta qismi Kongressga taqdim qilinishidan
oldin GAO mutaxassislari tomonidan auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi. Hukumat
muassasalarining xarajat va daromadlari qonun hujjatlari bilan belgilanganligi
sababli, ushbu auditorlik tekshiruvlar mazmuni –
buxgalteriya hisoboti bilan
Dostları ilə paylaş: