40
amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu qo’mita 1973
yilda to’qqiz mamlakat, ya’ni Kanada,
Avstriya, Germaniya,
Frantsiya, Yaponiya,
Meksika,
Niderlandiya, Buyuk Britaniya va AQShning professional buxgalteriya
tuzilmalari tomonidan ta’sis etilgan.
Auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita
Xalqaro buxgalterlar
federatsiyasi kengashi nomidan audit standartlarini chop etdi,
shuningdek, audit
tekshirishlarini o’tkazish bilan bir vaqtda qo’shimcha xizmat ko’rsatish bo’yicha
xalqaro standartlarni ishlab chiqdi.
Hozirgi kunda 30 dan ortiq auditorlik faoliyatining xalqaro andozalari ishlab
chiqilgan. Respublikamizda esa 10 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy andozalari
ishlab
chiqilgan.
Bozor
munosabatlarini
erkinlashtirish
va
uni
yanada
chuqurlashtirish,
iqtisodiy
integratsiyani
rivojlanish
sharoitida
moliyaviy
axborotlarning jahon miqyosida amaliyotga keng joriy qilish zaruriy va to’xtovsiz
jarayonlardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda O’zbekiston suveren davlat sifatida audit bo’yicha
hukumatlararo va xalqaro professional tashkilotlarga kirishi hamda auditning xalqaro
andozalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi lozim.
Bu esa milliy auditorlik
andozalarini xalqaro andozalar bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Bu tadbirlar
oxir-oqibatda respublikamizning jahon iqtisodiy integratsiyasiga tobora chuqurroq
qo’shilishiga imkon beradi.
Hozirgi kunda auditning xalqaro standartlari ro’yxati quyidagilardan iborat:
«Xalqaro audit standartlari va turdosh xizmatlarga izoh» - 100-son XAS
«Terminlar glossariysi» - 110-son XAS
«Xalqaro audit standartlarining kontseptual asoslari» - 100-son XAS
«Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va uni
tartibga soluvchi asosiy
tamoyillar» - 200-son XAS
«Audit o’tkazish to’g’risidagi kelishuv xati» - 210-son XAS
«Audit sifatini nazorat qilish» - 220-son XAS
«Hujjatlashtirish» - 230-son XAS
«Aldash va xato» - 240-son XAS
42
«Moliyaviy hisobotning sharhi bo’yicha kelishuv» - 910-son XAS
«Moliyaviy hisobotga taalluqli amallarni bajarish bo’yicha kelishuv» - 920-son
XAS
«Moliyaviy ma’lumotlarning kompilyatsiyasi bo’yicha kelishuv» - 930-son XAS
Auditni xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston
uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda. Bozor munosabatlarini jadallashtirishda
respublikamizning jahon bozoriga yanada chuqurroq
kirib borishi iqtisodiy
islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish
uchun auditorlik faoliyatini xalqaro standatlarga moslashtirishni taqozo qilmoqda. Bu
borada auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilmoqda.
Dostları ilə paylaş: