60
6.
Tekshiruv sifati past bo’lganda auditorning majburiyati. Agarda auditor
tomonidan kamchilikka yo’l qo’yilsa, u holda mijoz auditorning xizmat haqini
pasaytirishi mumkin. Agarda auditor sifatsiz tekshiruv o’tkazsa va mijozga, davlatga
zarar etkazsa, u holda sud yoki arbitraj orqali:
-
xarajatlarni to’liq qoplashi;
-
qayta tekshiruvni auditorlik firmasi hisobidan amalga oshirish;
-
jarima solish kabi hukmlar chiqariladi.
7.
Auditor tomonidan bajarilgan ishning buyurtmachi tomonidan qabul
qilinishi. Buyurtmachi auditor bilan birgalikda bajarilgan ish natijasini muhokama
qilish va qabul qilishga majbur. Agar tekshiruv natijasiga ko’ra kamchiliklar
aniqlangan bo’lsa, u holda mijoz ularni qisqa muddat ichida to’g’rilashi lozim.
8.
Ishning sifati. Auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati shartnomaga
muvofiq bo’lishi lozim. Bunda auditor ma’suliyatni o’z zimmasiga oladi.
9.
Ish sifati past bo’lganda uni to’g’rilash muddatlari. Agarda ish sifati past
bo’lsa, uni to’g’rilash muddatlari ish natijasi topshirilgan kundan boshlab 2 yil ichida
qilinadi. Agar yuqori organlar tomonidan talab qilinsa, to’g’rilash muddati 1 yildan
iborat bo’ladi.
10.
Ish natijalarini qo’llashning shartlari va chegaralari. Shartnomada
boshqacha tartib ko’zda tutilmagan bo’lmasa, u holda buyurtmachi va buyurtmani
bajaruvchi ish natijalaridan o’z maqsadlari uchun foydalanishlari mumkin.
Intellektual ijod natijalari bo’yicha haq. Tomonlardan biri intellektual
ma’lumotlarni saqlashi lozim. Ko’p hollarda ushbu ma’suliyat mijozga tushadi.
Dostları ilə paylaş: