««xalqaro audit»



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
««xalqaro audit»1

A) Vakolatlarni berish: 
- auditorlarning mustaqilligi, kasb mahorati va kompetetliligini ta’minlashi; 
- auditorlar uchun zarur harakat erkinligini ta’minlash; 
- auditning yozma dasturidan foydalanish. 
B) Kuzatuv: 
- auditorlar ishini joriy nazorat qilishni ta’minlash; 
- monand harakatlarning qilinishi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
buxgalteriya hisobiga oid muammoli masalalarni bilish. 
V) Tekshirish: 
-uning andozalariga muvofiq bajarilishi, hujjatlarning etarliligi, auditorlik 
tekshirish maqsadlariga erishilishini ta’minlash uchun auditorlar tomonidan amalga 
oshirilgan jami ishlarning tekshirilishi. 
Audit sifatini umumiy nazorat qilish quyidagi unsurlar mavjudligi asosida 
amalga oshiriladi: 
G) Mustaqillik. 


70 
Qoida va jarayonlar barcha darajalardagi xizmat ko’rsatuvchilar o’z 
mustaqilliklarini saqlab qolishlariga asosli ishonchni ta’minlashi lozim. Ushbu 
talabning bajarilishi uchun auditorlik tashkilotlari bir yilda bir marotaba o’z mijozlari 
ro’yxatini tarqatishi va o’z xizmatchilaridan mustaqillik to’g’risidagi arizani 
imzolashlarini talab qilish mumkin. 
D) Xizmatchilarga topshiriqlar. 
Qoida va jarayonlar ish maxsus tayyorgarlik va tajribaga ega shaxslar 
tomonidan bajarilishiga asosli ishonchni ta’minlab berishi kerak. Mazkur talabning 
bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti ishni o’z xizmatchilari uchun zarur 
topshiriqlarning oldindan aniqlab olishi mumkin bo’lgan holda rejalashtirib olishi 
kerak bo’ladi. 
E) Maslahatlar. 
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkilotining xizmatchilari texnikaga oid 
masalalar bo’yicha yaxshi xabardor bo’lgan va obro’li shaxslardan yordam olishga 
intilishlari mumkinligiga asosli ishonchni ta’minlab borishi lozim. Ushbu talabning 
bajarilishi yo’lida auditorlik tashkilotlar audit, buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
hisobotlarni yuritish, soliqqa tortish, maslaxat hizmatlari kabi soxalar bo’yicha 
auditorlik tashkilotini ekspertlar sifatida ma’lum bir shaxslarni tayinlashi mumkin. 
J) Kuzatuv. 
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkilotlarning joriy faoliyati unda belgilangan 
sifat andozalariga javob berishligiga asoslangan ishonchni ta’minlab berishi lozim. 
Auditorlak tashkilotni kuzatuv jarayonlarini belgilanish uchun javobgarligi aniq 
majburiyatlarning shartnoma asosida rejalashtirilish va bajarilishi uchun auditni 
o’tkazayotgan xizmatchilarning javobgarligidan farq qiladi. Ushbu kuzatish 
talablarning qondirilishi uchun auditorlik tashkiloti barcha ish xujjatlarini 
xisobotlarini talab qilishi va ularni tegishli nazorat qiluvchi va texnik xodimlarga 
tekshirish uchun taqdim etishi mumkin.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin