L) Nazorat qilish.
Qoida va jarayonlar auditor ish sifatini nazorat qilish samarali olib
borilayotganligi to’g’risidagi asosli ishonchni taminlab berishi kerak. Mazkur
talabning bajarlishi uchun har bir xizmatchi vazifalarining bajarilishi bilan bevosita
bog’liq bo’lgan boshqa sherik yoki xizmatchi tomonidan amalga oshirilishi kerak
bo’ladi. Ma’muriy ishlar va xizmatchilar tomonidan yuritiladigan ishlarni ham
nazorat asosida tekshirib chiqilishi lozim. Auditorlik tashkiloti tomonidan hujjatlar
72
asosida nazorat qilish natijalarini tasdiqlovchi tavsiyanoma beradi. Hujjatlar shakli va
xajmi auditorlik tashkiloti hajmiga, funktsional bo’limlar soni, faoliyat tusi va boshqa
omillarga bog’liq.
M) Hamkor yoki hamkorlar.
Hamkor yoki hamkorlar xo’jalik yurituvchi sub’ekt hajmidan kelib chiqqan
holda mazkur auditorlik tashkilotida amal qilib kelayotgan sifat ustidan nazorat qilish
tizimi samaradorligi uchun javobgar bo’lishlari kerak. Maqsad bunday nazorat qilish
qoida va jarayonlari, vazifalarning taqsimlanishi va xizmatchilarga belgilangan qoida
va jarayonlarning ma’lum qilinishi xuddi avvflgidek o’z maqsadiga qanchalik javob
berishini amaliyotining o’z vaqtida aniqlab olinishidan iborat.
Auditor ishi sifatini nazorat qilishining qoida va jarayonlari tusi va miqiyoslari
quyidagi shartlarga bog’liq.
Auditorlik tashkilotning hajmiga;
Auditorlik tashkilotlari va funktsional bo’linmalari xizmatchilarining
mustaqillik darajasiga;
Ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari auditi, yopiq aktsiyadorlik jamiyatlari auditi
kabi uning kompanentlarining e’tiborga olgan holdagi amaliy faoliyat mohiyatiga;
- buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatini tahlil qilish sohasidagi xizmatlar;
- foyda solig’i hajmlarini aniqlash bo’yicha xizmatlar;
- o’zaro auditning o’tkazilishi bo’yicha majburiyatlariga.
- olingan foydaga oid auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va jarayonlarini
ishlab chiqish va qo’llanishi bilan bog’liq chiqimlar darajasiga.
Auditorlik tashkiloti tomonidan auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va
jarayonlarning belgilanishi chog’ida u quyidagi choralarni ko’rishi lozim:
- auditor ishini nazorat qilish qoida va jarayonlarining amalga oshirilishi
bo’yicha malakali xizmatchilar o’rtasida vazifalarni taqsimlashi;
- auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va jarayonlarini xizmatchilarga
etkazish;
- auditor ishi sifatini nazorat qilish tizimi samaradorligini qoida va
jarayonlarining avvalgidagidek ularning qo’llanish usullari va xizmatchilarga
73
etkazilishi amaliyotiga javob berish-bermasligini aniqlash maqsadida tekshirib
ko’rish.
Auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va jarayonlari yozma shaklda bayon
qilinishi shart emas. Ular xizmatchilarning ishga qobul qilinishi chog’ida og’zaki
ravishda ma’lum qilinishi va auditorlik tashkiloti umumiy yig’ilishida, bir yilda bir
marotaba takrorlanishi mumkin.
Shu bilan birgalikda auditor tashkilotlari o’z qoida va jarayonlarini hujjatlar
asosida mustahkamlab borishlari tavsiya etiladi. Hujjatlarning turi va hajmi, eng
avvalo, auditorlik tashkiloti hajmiga va uning faoliyat tusiga bevosita bog’liq
hisoblanadi.
Audit sifatini nazorat qilish bir necha darajada bo’ladi:
1.
Davlat tomonidan auditorlik faoliyatini nazorat qilish (litsenziya berish,
bekor qilish);
2.
Auditorlik kompaniyasining etakchi auditorlari ustidan nazorat:
- muayyan mijozlarni tekshirishda dasturga asoslanganligini tekshirish va
muhokama qilish;
- auditorning Axloq kodeksiga qattiq rioya qilishini ta’minlash;
- auditorlik kompaniyasining doimiy mijozlarini tekshirishda etakchi
auditorlar smenasiga e’tibor berish.
3.
Auditorlik kompaniyasining assistentlari ustidan nazorati.
5-standart barcha auditorlik tashkilotlarida mavjud bo’lishi lozim bo’lgan
audit sifati nazorati tizimini funktsiyalashtiruvchi va tashkil etuvchi birdan bir
talablarini joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Bunday tizimning tarkibi va xususiyatlari bir qancha faktorlardan iborat:
-
auditorlik tashkilotining hajmi (xodimlar soni),
-
auditorlik tashkilotining ixtisosligi,
-
auditorlik tashkilotining tashkiliy strukturasi,
-
auditorlik tashkilotining tarkibiy tashkilotlarining mavjudligi va uning
territorial ajratilishi,
-
sifat nazorati tizimining iqtisodiy samaradorligi.
74
Sifat nazorati ta’minlash borasidagi tashkiliy ishlar auditorlik tekshiruvidan
oldin amalga oshirilishi kerak. Auditorlik tashkiloti xodimlarining, ya’ni auditorlar,
ekspertlar, mutaxassislar malakasining yuqori darajada bo’lishini ta’minlashi zarur.
Buning uchun birinchi navbatda kadrlarning maxsus protsedurasi ko’zda tutilishi
lozim. Ayniqsa, ishga qabul qilish jarayonida malaka imtihonlarini o’tkazish
maqsadga muvofiqdir. Imtihonlar (misol uchun, buxgalteriya hisobi, soliq, audit
savollari bo’yicha testlar) bir qancha bosqichlarda amalga oshirilishi lozim.
1-bosqichda ishga kiruvchilarning bilim darajasini aniqlash hamda unga mos
ravishda lavozimni egallashi uchun test o’tkaziladi.
2-bosqichda aniq lavozim uchun bilim darajasini aniqlashtirish maqsadida
mukammallashtirilgan testni o’tkazish mumkin. Imtixonlarni test shakli bilan
birgalikda suhbat tarzida o’tkazish ham muhim ahamiyatga ega. Bunda quyidagilar
muhimdir:
- ishga kiruvchi auditorlik faoliyatining mohiyati, auditorlik tashkilotlari
mijozlarning huquq va majburiyatlari deganda nimani tushunadi;
- nostandart vaziyatlarda ishga kiruvchining xarakatlari;
- ishga kiruvchining nazariy va amaliy malakasi;
- yangi ish joyi bilan bog’liq kelajakdagi rejalari;
- komandirovkali ishlarga tayyorligi;
- xizmat majburiyatlarini bajarishga ta’sir etishi mumkin bo’lgan oilaviy
sharoitlari qandayligi.
Hozirgi kunda suhbatga malakali psixologlarni taklif qilish ham maqsadlidir.
Har bir mutaxassis uchun oldingi ish malakasidan qat’iy nazar sinov muddatini
berishi lozim. Chunki ushbu tashkilot uchun uning malakasi muhim ahamiyat kasb
etmasligi mumkin. Bulardan tashqari tashkilotda xodimlarni malakasini oshirish
maqsadida qayta attestatsiyalashning doimiy ravishda amal qiluvchi tizimi bo’lishi
lozim. Tashkilotda ichki seminarlarni tematikasi va uni o’tkazish grafigi tasdiqlangan
bo’lishi lozim. Xodimlarni malakasini oshirish bo’yicha ishlar puxta rejalashtirilgan
va yaxshi tashkillashtirilgan bo’lishi darkor. Kichikroq tashkilotlarda bunday ishlar
bir xodimga, katta tashkilotlarda esa maxsus bo’linmaga yuklatilgan bo’ladi.
75
Amaliyotni ko’rsatishicha g’arbiy auditorlik tashkilotlarida ichki firma seminarlarini
o’tkazish va unga tayyorgarlik ko’rish tashkilot xodimlarining majburiyatlari
hisoblanadi. Bunday ishlarni mukammalligi va sifati xizmat zinapoyalari bo’yicha
ko’tarilishda e’tiborga olinadi. Shuning uchun barcha xodimlar bunga puxta
tayyorlanadilar.Avval mutaxassis tematikasini va qaysi guruh tinglovchilari uchun
mo’ljallangan ekanligini e’lon qiladi. Tematika firma raxbariyati tomonidan
tasdiqlanganidan so’ng mutaxassis o’qituvchi va tinglovchilar uchun materiallar
tanlaydi va ularni kerakli bo’limga taqdim etadi. Ana shu jarayonlarni barchasi
amalga oshirilgandan so’ng seminar o’tkaziladi.
Har bir auditorlik tashkiloti mijozlarni tanlash yoki ulardan voz kechishdek
doimiy tadbirlar qo’llashi zarur. Ushbu tadbirlarni ishlab chiqishda quyidagi
omillarga e’tibor berish lozim:
- auditorlik tashkilotining to’la mustaqillikka amal qilishini zaruriyati;
- auditorlik tashkilotiga tekshiruv o’tkazish va buxgalteriya hisobotining
haqqoniyligi haqida fikrlarni shakllantirish jarayonida 3-shaxslar tomonidan
bo’ladigan bosimni neytrallashtiradi;
- malakali auditni o’tkazish uchun auditorlik tashkilotlarida zarur
resurslarning mavjudligi;
- auditorlik
tashkilotining
mutaxassislari
avvalambor,
mustaqillik,
haqqoniylik,ob’ektivlik, professionallik tamoyillariga asoslanishi lozim.
Audit jarayonida bajariladigan ishlarning sifati tekshiruv ishiga yo’naltirilgan
nazorat orqali amalga oshiriladi.
Bosh auditor va tekshiruv ishtirokchilariga yo’naltirilgan farmoyishlar tarkibi
quyidagi ma’lumotlardan iborat:
ushbu mutaxassislarning majburiyatlari to’g’risida;
mutaxassislar
tomonidan
bajariladigan
protseduralarning
maqsadi
to’g’risida;
auditorlik jarayoniga ta’sir etuvchi buhgalteriya hisobi va audit bo’yicha
muammoli savollarning mavjudligi to’g’risida.
76
Joriy
auditorlik
tekshiruvini
o’tkazish jarayoni auditorlik guruhi
ishtirokchilari har bir mutaxassisga yuklatilgan ishlarning sifati va ular qanchalik
farmoyishlarni tushunib etganligiga e’tibor berishlari zarur.
Auditorlik
tashkilotlarida
nostandart
hodisalar
aniqlangan
sharoitda
mutaxassislarning harakati tizimi ishlab chiqilgan bo’lishi lozim; misol uchun
xodimlarning tezkor konsultatsiyasi.
Har bir ijrochining ish natijasini yuksak professional darajadagi xodimlar
tomonidan tekshiriladi.
Tekshiruvchi asosiy e’tiborni quyidagi jarayonlarni aniqlashga qaratadi:
audit umumiy reja va dastur asosida amalga oshirilganligi;
audit jarayonida barcha maqsadlarga erishilganligi;
audit o’tkazish paytida aniqlangan farqlanishlar auditorlik xulosasida
izohlanganligi;
auditorlik xulosasining asoslanganligi;
bajarilgan ishlar va ularning natijalari ish hujjatlarida kerakli tarzda aks
ettirilganligi.
Auditorlik tashkilotlarida ish natijalari turli xil sxemalar tarzida ko’zda tutilgan
bo’lishi mumkin. Albatta, ish natijalari bo’yicha hujjatlashtirish «Hujjatlashtirish»
nomli 230-son XAS asosida amalga oshirilishi lozim.
Auditorlik tekshiruvi natijalarini sifat nazorati usullaridan biri mijozning taqriz
va murojaatlarini o’rganish hisoblanadi.
Aytib o’tish lozimki, audit natijalarining sifatli nazoratini faqat ish tugagandan
so’ng emas, balki ish jarayonida ham o’tkazib turish kerak.
Audit o’tkazish jarayonida ishning sifat nazorati uchun javobgar xodimlar
doimiy ravishda quyidagi harakatlarni bajarishi lozim:
umumiy reja va audit dasturini bajarilishi jarayonini kuzatish;
ichki xo’jalik xatari, nazorat vositalari xatari va aniqlamaslik xatari
darajasini baholash;
audit jarayonida olingan audtorlik isbotini hujjatlashtirilishini kuzatish;
tekshiruvlar jarayonida shakllangan xulosalarning to’g’riligini tekshirish;
77
audit paytida topilgan farqlanishlarni topish va baholash.
Auditorlik tashkilotining professional hodimlarining audit jarayonida
bajaradigan vazifalari quyidagi kategoriyalarga bo’linadi:
A) Auditorlik tashkilotining rahbarlari;
B) Auditorlik tekshiruvining rahbarlari;
V) Bosh auditorlar;
G) Auditorlik tekshiruvining ishtirokchilari.
Dostları ilə paylaş: |