104
Ajratib bo’lmaydigan va nazorat tavakkalchiliklari yuqori bo’lgan holda,
aniqlanmaslik tavakkalchiligi auditorlik tavakalchiligini
maqbul past darajasigacha
kamaytirishi mumkin..
Aniqlanmaslik tavakkalchiligini pasaytirish maqsadida auditor quyidagilarni
bajarishi lozim:
- qo’llaniladigan auditning taomillarini takomillashtirish va bunda ularning
sonining ko’payishi hamda mohiyati o’zgarishini ko’zda tutish;
- tekshiruvga sarflanadigan vaqtni kamaytirish;
- auditning tanlab olish hajmlarini o’stirish.
Auditni rejalashtirish vaqtida auditor moliyaviy
hisobotni sezilarli buzib
ko’rsatishlarga qanday harakat va hatti-harakatlar olib kelishini ko’rib chiqadi.
Alohida schetlar hamda bitimlar turlari bo’yicha qoldiqlarning muhimligini auditning
baholanishi auditorga qaysi masalalar hamda moddalarni o’rganish, qaysi tanlab
olishdan foydalanish va qanday tahlil usullarini o’tkazish kerakligini hal qilishga
yordam beradi. Bu auditorga umumiy audit tavakkalchiligini
maqbul past
darajagacha kamaytirishga xizmat qiladi.
Muhimlik hamda auditorlik tavakkalchiligining darajasi o’rtasida teskari
bog’lanish mavjud: muhimlikning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, auditorlik
tavakkalchiligi shunchalik past bo’ladi va teskarisi.
Audit tekshiruvini rejalashtirishdan keyin
auditor muhimlikning maqbul
darajasi pastroq deb qaror qabul qilgan holda auditorlik tavakkalchiligi o’sadi.
Auditor buni quyidagi yo’llar bilan aniqlashi lozim:
- mumkin bo’lgan joyda baholanayotgan nazorat tavakkalchilik darajasining
pasayishi hamda pasaytirilgan darajani nazoratning chuqurlashtirilgan yoki
qo’shimcha testlarini bajarish yo’li bilan saqlanib turish;
- aniqlanish tavakkalchiligini xolis (asosiy)
taomillarning xarakteri, vaqti
hamda darajasini takomillashtirish yo’li bilan pasaytirish.
Bankda shuni ko’zda tutish lozimki, ajratib bo’lmaydigan
tavakkalchilik
ko’rsatkichlari doimiy bo’lib qoladi hamda tekshiruvning umumiy rejasini tayyorlash
105
jarayonida hisobga olinmagan mavjud bo’lgan dalillar aniqlangan holdagina
o’zgarishi mumkinligini ko’zda tutmoq lozim.
Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvolini ekspertiza qilish bosqichida,
so’ngra tekshiruvni o’tkazishda auditor har gal bir, ya’ni auditorlik tavakkalchiligini
qanday chamalash va uni qanday qilib eng kam darajaga keltirish muammosiga duch
keladi.
Auditorlik tavakkalchiligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: