107
hamda yig’ishni o’z ichiga oladi. Shu boisdan ham auditor korxonada birlamchi
hujjatlar to’ldirilishida belgilangan talablarga rioya qilinayotganligini, tegishli
rekvizitlar to’liq to’ldirilayotganligini tekshiradi. Ko’pincha korxonalarda hujjatlarni
to’ldirishda belgilangan rekvizitlar to’lig’icha to’ldirilmaslik holatlari uchrab turadi.
Shuningdek, hujjatlarni to’ldirishda xatoliklarga yo’l qo’yiladi. Shu boisdan har bir
korxonada hujjatlarning nusxalari hamda ularni to’ldirish tartibi, shuningdek,
buxgalterlar uchun me’yoriy va boshqa materiallar bo’lishi lozim.
Buxgalteriya hisobi tizimining samaradorligi hamda ma’lumotlarning o’z
vaqtida olinishi hujjatlarning aylanish grafigiga ham bog’liq. Auditor bunday paytda
hujjatlar aylanish grafigiga rioya qilinayotganligini tekshirish lozim. Hujjatlar
aylanishi grafigi ish o’rinlariga a’lo darajada xizmat ko’rsatishni hamda buxgalteriya
hisobi xodimlari ishi sifatini oshirishni ta’minlaydi.
Auditor korxonaning hisob tizimiga baho berayotganida nafaqat uning
boshlang’ich hujjatlarining tuzilishiga, balki buxgalteriya hisobi registrlari hamda
Bosh daftar yuritilishiga ham e’tibor qaratadi. Auditor buxgalteriya hisobi va Bosh
daftarning yuritishiga baho bera turib, korxonada buxgalteriya hisobining qaysi shakli
amal qilayotganligini aniqlaydi.
Korxonaning hisob tizimiga baho berishda ushbu korxonada hisobvaraqlar
rejasining qay darajada amal qilayotganligiga baho beradi.
Mijozning buxgalteriya hisobi tizimini baholashda auditor korxonada hisob
siyosatining to’g’ri tanlanganligiga hamda unga to’g’ri amal qilinayotganligiga
alohida ahamiyat qaratadi.
Dostları ilə paylaş: