101
Auditorlik tavakkalchiligi – bu auditor tomonidan bir taraflama aniqlanadigan,
auditning tekshiruvi natijalariga ko’ra moliyaviy hisobot uning haqiqiyligi
tasdiqlanganidan keyin aniqlanmagan muhim buzib ko’rsatishlarga ega bo’lishi
mukinligi ehtimolini tan olish, yoki haqiqatda moliyaviy hisobotda bunday buzib
ko’rsatishlar yo’q bo’lishiga qaramasdan mazkur hisobotda muhim buzib
ko’rsatishlar mavjudligini tan olishdir.
Moliyaviy hisobot auditi bevosita quyidagi omillarga bog’liq: tadbirkorlik
tavakkalchiligi va auditorlik tavakkalchiligi.
Tadbirkorlik tavakkalchiligi auditorlik xulosasi ijobiy bo’lgan holatda ham
mavjud bo’ladi. U quyidagi omillarga bog’liq:
-
auditorlik raqobatbardoshlilik;
-
auditorlik faoliyatini yaxshi reklama qilmaslik;
-
auditorga bo’lgan munosabat bo’yicha sud ishlari bo’lish ehtimoli;
-
mijozning moliyaviy holati;
-
mijoz operatsiyalarining xarakteri;
-
mijoz korxona rahbariyati va hisob xodimlarining malakaliligi;
-
auditni o’tkazish muddati.
Auditorlik tavakkalchiligi quyidagilar bilan izohlanadi: auditor mijozning
moliyaviy hisobotini to’g’ri tuzilgan deb o’z xulosasida yozadi. Ammo u ba’zi-bir
moddiy xatolardan iborat bo’ladi.
Auditni o’tkazish davrida auditor auditorlik tavakkalchiligining eng past
darajagacha kamaytirish uchun zarur bo’lgan tadbirlarni o’tkazishi lozim.
Auditorlik tavakkalchiligi o’z ichiga quyidagi komponentlarni oladi:
1.
Ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilik;
2.
Nazorat tavakkalchilik;
3.
Moliyaviy hisobotda xatolar hamda buzib ko’rsatishlarni aniqlamaslik
tavakkalchiligi.
Dostları ilə paylaş: