79
7.
Yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan auditorlik tashkiloti xodimlariga
zarur choralarni ko’rish.
Auditorlik tashkiloti rahbari olib borilishi aniq bo’lgan tekshiruv uchun hamda
auditning umumiy rejasida aks ettirilishi lozim bo’lgan rahbarni va bosh auditorni
oldindan tasdiqlangan bo’lishi kerak. Tekshiruv rahbari
va bosh auditor tekshiruv
ishtirokchilarining professional mahoratini tahlil qilishi va har bir ishtirokchining
bilim va malakasidan kelib chiqqan holda ishlarini taqsimlashi zarur. Tekshiruv
rahbari audit jarayonida auditorlik tashkiloti tomonidan belgilangan ish sifati nazorati
vositalarini qo’llashga majbur. Bosh auditor va tekshiruv ishtirokchilariga
topshirilgan har qanday ishlar shunday tarzda
amalga oshirilishi kerakki, uni
buyurgan rahbar ijrochilarning ana shu ishlarga bilim va malakalarini etarli
ekanligiga ishonchi bo’lsin. Shuningdek, boshqaruv topshiriqlarini tayyorlashda
umumiy reja va audit o’tkazishga sarflanadigan vaqtni e’tiborga olish zarur.
Ijrochilarga yo’naltirilgan topshiriklarni etkazishning asosiy
vazifasi audit dasturi
hisoblanadi. Ijrochilar ishining joriy nazorati boshqaruv topshiriqlari va bajarilgan
ishlar tekshiruvi kabi elementlardan iborat.
Joriy nazoratni olib boruvchi professional xodimlar quyidagi funktsiyalarni
bajaradi:
yuklatilgan topshiriqlarga ijrochilarning bilim va malakasi etarliligini
tekshiradi;
yuklatilgan topshiriqlarni ijrochilarga tushunarli ekanligini tekshiradi;
bajarilayotgan ishlar auditning umumiy rejasi
va dasturiga muvofiqligini
aniqlaydi;
audit jarayonida aniqlangan, buxgalteriya hisobi va audit yuzasidan kelib
chiqqan muammolarni aniqlash.
Bajarilgan ishlar natijalarini tekshirish har bir ijrochi va xodimlar tomonidan
amalga oshiriladi. Ish natijalari tekshiruvini amalga oshiruvchi xodimlar tekshirilgan
ish hujjatlariga o’zlarining imzolari yoki shartli belgilarini qo’yishlari lozim.
Zarur
hollarda esa tekshiruvchilar tekshiriluvchi harakatlariga baho, tavsiya yoki izohlar
berishi mumkin. Auditorlik tashkiloti rahbari bajarilgan ish natijalari tekshiruvini
80
faqatgina audit o’tkazgan guruh xodimlariga emas, balki boshqa zarur malakaga ega
bo’lgan mutaxassislarga ham topshirishi mumkin. Auditorlik
tashkilotidagi bunday
mustaqil va parallel tekshiruv, yirik va murakkab xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditi
sharoitida tavsiya etiladi
.
Dostları ilə paylaş: