141
fikrni ifodalash uchun etarlicha auditorlik dalillarini olishi mumkin bo’lmasa,
auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvi hajmini cheklash - xo’jalik yurituvchi sub’ekt vakillari
yoki uchinchi shaxslarning boshlab yuborilgan auditorlik
tekshiruvini auditor
auditorlik xulosasini tayyorlash uchun zarur deb hisoblagan hajmda o’tkazishga
to’sqinlik qilishga yo’naltirilgan ochiqdan-ochiq harakatlari yoki harakatsizliklaridir.
Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish ariza shaklida bo’lishi va
"Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi to’g’risidagi
ariza" deb nomlanishi kerak.
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuziladi, shundan ikki nusxa auditorlik
tekshiruvi buyurtmachisiga taqdim etiladi.
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga tushunarli
bo’lishi, auditorning ishonchi komil emasligi va (yoki) rozi emasligi yuzaga keltirgan
cheklashlarga doir ko’rsatmalarni o’z ichiga olishi kerak.
Auditorlik xulosasi ochiq axborot hisoblanadi, undan moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilarning hammasi foydalana olsin.
Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xo’jalik
yurituvchi sub’ekt tomonidan e’lon qilinishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvini o’tkazmasdan tuzilgan yoki auditorlik tekshiruvi
natijalari bo’yicha tuzilgan, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor (auditorlar)
olgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning hujjatlari mazmuniga
muvofiq kelmaydigan
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan yolg’on hisobot va xulosa deb
hisoblanadi.
Qasddan yolg’on auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish qonun
hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan auditorlik tashkiloti o’rtasida yuzaga kelgan
nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
O’zbekiston Respublikasida mazkur holatga qisqacha to’xtalib o’tsak. Mavjud
auditorlik xulosalarini umumlashtirish natijalari bo’yicha yig’ma axborot soliq
organlari tomonidan belgilangan tartibda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni
nazorat
142
organlari tomonidan tekshirishning kelgusi yildagi reja-jadvalini tuzish uchun
Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga joriy
yilning 1 oktyabrigacha taqdim etiladi.
Quyidagilar oxirgi tekshirish o’tkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin soliq
organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan moliya-xo’jalik faoliyati
tekshirilmaydigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ro’yxatga kiritishning shartlari
hisoblanadi:
xo’jalik yurituvchi sub’ektda oldingi ikki yil uchun har yilgi ijobiy auditorlik
xulosalarining mavjudligi;
oxirgi ikki yil mobaynida byudjetga to’lovlar bo’yicha muddati o’tkazib
yuborilgan qarzlarning yo’qligi;
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliya-xo’jalik faoliyati soliq organlari
va boshqa nazorat organlari tomonidan tekshirishdan
ozod etilgan davrga ijobiy
auditorlik xulosalarining taqdim etilishi.
Salbiy auditorlik xulosasiga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt nazorat
organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirish reja-jadvaliga
belgilangan tartibda kiritilishi kerak.
Mazkur Nizom qoidalarining buzilishi uchun soliq organlari va boshqa nazorat
organlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda
o’tkazilgan tekshirishda auditorlik xulosasining xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya-
xo’jalik faoliyatining natijalariga muvofiq
emasligi aniqlangan taqdirda, ushbu
auditorlik xulosasi oldindan noto’g’ri deb hisoblanadi, auditorlik tashkiloti,
shuningdek, bunda aybdor bo’lgan shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka
tortiladi. Bunda soliq organlari tegishli auditorlik tashkilotlari
tomonidan amaldagi
qonun hujjatlari qoidalarining buzilishi holatlari aniqlanganligi to’g’risida qn kun
muddatda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qilishlari shart.
Noto’g’ri auditorlik xulosasini tuzganlikda aybdor bo’lgan auditorlik tashkiloti
va shaxslarning javobgarlikka tortilganligi xo’jalik yurituvchi sub’ektni soliqlar va
143
boshqa majburiy to’lovlarni to’lashning belgilangan tartibini buzganlik uchun qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalardan ozod etmaydi.
Dostları ilə paylaş: