««xalqaro audit»


Auditorlik xisobotining kirish qismi



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61
««xalqaro audit»1

Auditorlik xisobotining kirish qismi. Auditorlik hisobotining kirish qismida 
auditorlik tashkiloti rekvizitlari, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirishga 
litsenziyaning raqami va sanasi, auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan 
boshqa shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini 
o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi 
keltiriladi. 
Auditorlik xisobotining taxliliy qismi. Auditorlik hisobotining tahliliy qismi 
standartga havola qilishi va unda quyidagilar bo’lishi shart: 
xo’jalik yurituvchi sub’ektda ichki nazorat holatini tekshirish natijalari (batafsil 
bayoni); 
buxgalteriya hisobi holati va moliyaviy hisobotni tekshirish natijalari; 
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish paytida qonunchilik talablariga 
rioya etilishini tekshirish natijalari; 
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda to’lashning 
to’g’riligini tekshirish natijalari; 
aktivlarning butligini tekshirish natijalari. 
Xo’jalik yurtiuvchi sub’ekt ichki nazoratining holatini tekshirish natijalari 
to’g’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: 
ichki nazorat tizimining xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining miqyoslari va 
xususiyatiga muvofiqligi umumiy bahosi; 
auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlangan ichki nazorat tizimining xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt faoliyatining miqyoslari va xususiyatiga jiddiy nomuvofiqliklari 
bayoni. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti 
holatini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi 
kerak: 
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan 
tartibiga rioya qilinishini baholash; 


145 
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va 
moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibini jiddiy buzishlar bayoni. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini 
amalga oshirish paytida qonunlarga rioya etishini tekshirish natijalari to’g’risidagi 
axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: 
Xo’jalik 
yurituvchi 
sub’ekt 
amalga 
oshirgan 
moliyaviy-xo’jalik 
operatsiyalarining qonunchilikka muvofiqligini baholash; 
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga 
oshirgan moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarning qonunchilikka jiddiy nomuvofiqliklari 
bayoni. 
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblashi va to’lashning to’g’riligini 
tekshirish natijalari to’g’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: 
tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlar to’g’riligining bahosi; 
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lashning belgilangan 
tartibini buzish faktlari, soliq solinadigan bazani belgilash paytidagi chetga chiqishlar 
bayoni. 
Aktivlar butligini tekshirish natijalari aktivlarni inventarlashga asoslanishi va 
o’z ichiga ularning haqiqatda mavjudligi va butligi to’g’risidagi ma’lumotlarni olishi 
kerak. 
Auditorlik xisobotining yakuniy qismi. Auditorlik hisobotining yakuniy qismi 
auditorlik tashkilotining aniqlangan chetga chiqishlar va huquq buzilishlarini bartaraf 
etishga doir tavsiyalarini, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-
xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflari va maslahatlarini o’zi 
ichiga olishi kerak. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin