««xalqaro audit»


 Xalqaro auditorlik standartlarini O’zbekistonda qo’llash muammolari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
««xalqaro audit»1

 
10.3. Xalqaro auditorlik standartlarini O’zbekistonda qo’llash muammolari 
Respublikamizda milliy auditorlik standartlarini tatbiq etishda xalqaro 
standartlarning qo’llanilish tartibi, rivojlangan mamlakatlardagi audit tizimining 
tashkil qilinish darajasiga muhim e’tibor qaratishni taqozo qiladi. 
AQShda sertifikatli buxgalterlar ishlab chiqarish sohasida, moliyaviy direktor, 
bosh buxgalter va ichki auditor lavozimlarida ishlashi mumkin. Mustaqil 
buxgalterlarning ko’pchiligi transmilliy auditorlik firmalarida, milliy auditorlik 
firmalari va individual faoliyat bilan shug’ullanadi. 


154 
Dunyo bo’yicha eng rivojlangan 4 ta yirik auditorlik firmalari mavjud bo’lib, uni 
«katta to’rtlik» deb atashadi. Bu firmalar ko’plab mamlakatlarga xizmat ko’rsatadi. 
AQShda buxgalter va auditorlik xizmati yo’nalishlari bo’yicha, kasb malakasi 
va tasdiqlovchi sertifikati bo’yicha farqlanadi. Ular oliy buxgalterlik malakasini 
olgandan so’ng mustaqil qquv-tajriba asosida kasbiy sertifikat olishlari kerak. Bu 
uchta yo’nalish bo’yicha beriladi. 
1. Moliyaviy buxgalter – Certified Public Accounting, CPA. 
2. Boshqaruv hisobi - Certified Management Accounting, CMA.
3. Ichki audit - Certified Internal Auditor, CIA. 
Respublikamizda audit ishlarini tashkil etishda asosan tashqi audit 
tomonidan o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlari ko’zda tutiladi. Bizningcha, 
O’zbekistonda ham buxgalter va auditorlarni tayyorlash, kasbi, ish staji, kasbiy 
malaka sertifikatiga bo’lgan talabni oshirish zarur. Auditorlik firmalari tomonidan 
bajariladigan ish, xizmatlarni tuzilishi bo’yicha quyidagicha taqqoslash mumkin. 
AQShdagi xalqaro va milliy auditorlik firmalarining asosiy faoliyati 55% 
audit qilish, 20% boshqaruv xarakteridagi maslahatlar xizmati, 20% soliq va soliqqa 
tortish bo’yicha maslahatlar berishdan asosiy daromad manbai hosil bo’ladi. 
O’zbekistonda esa xorijiy firmalar auditorlik faoliyatidan kelib tushadigan jami 
daromadning atigi 7%ini tashkil etib, uning asosiy qismi «Audit qilish», «Boshqaruv 
xarakteridagi maslahat xizmatlari»dan kelib tushadi. Shu sababli O’zbekiston 
Respublikasida yirik auditorlik firmalari «katta to’rtlik» xizmatidan foydalanish 
sohasini yanada kengaytirish kerak. Bu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, 
O’zbekistonda auditorlik firmalari faoliyatini takomillashtirish va ularni halqaro 
auditorlik standartlari talablari asosida tashkil etish zaruriyati kelib chiqdi. 
Chunki O’zbekistonda ham auditorlik firmalarini faoliyat turi, ustav kapitali, 
xodimlari soni, xizmat ko’rsatish sohasi yo’nalishlari bo’yicha guruhlarga ajratish 
mumkin. Bu bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 
sentyabrdagi №365-sonli qarori asosida tashkil qilish zarurdir. Hozirgi kunda 
O’zbekiston Respublikasida Audit sohasida qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarga, 
auditning milliy standartlari va auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlariga 


155 
asosan auditorlik firmalarini tashkiliy ro’yxatdan o’tkazish, litsenziyalash va 
auditorlarning malaka sertifikatlarini berish tartibini takomillashtirish zarurdir. 
O’zbekistonda 2003 yilgacha 505 ta auditorlik firmalari Moliya Vazirligi va Adliya 
Vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tgan. Auditorlik nazoratida ishlab chiqarish 
xarajatlari va mahsulot tannarxi qabul qilingan harakatdagi me’yoriy, huquqiy 
hujjatlarga hamda yqriqnomalarga mosligi tekshiriladi. 
Oxirgi 20-30 yilda auditorlar bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda katta 
mavqega erishganini, AQSh va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda o’z sohasida 
nufuzli erkin professionallar toifasiga kiradigan buxgalteriya hisobi hamda tahlil 
bo’yicha mutaxassislarning nisbatan kichik va keng ommaga uncha ma’lum 
bo’lmagan guruhi shu yillarda ancha e’tiborli professional birlashmalarga aylandi. 
Turli sabablarga ko’ra bu birlashmalar iqtisodiy axborotni tartibga solish va nazorat 
qilish tizimida markaziy o’rinni egalladi. Bu ham, o’z navbatida, auditorlarni eng 
yuqori darajadagi birja, bozor va siyosiy sohalarga yaqinlashtiradi.
Ushbu masalada O’zbekiston Respublikasida ham ko’pgina ishlar amalga 
oshrilmoqda, lekin bu ishlar etarli darajada emas. Shu sababli prof. M.To’laxodjaeva 
shunday deb ta’kidlagan edi: «Bizga ma’lumki, to’liq va to’g’ri axborot ish 
faoliyatining ma’lumotlarini keng ko’lamda bo’lishiga, axborotning yo’qligi esa 
nazoratsizlik va tartibsizlikka olib keladi»
1

Bizningcha, auditorlik munosabatlarini o’rganishda rivojlangan davlatlardagi 
tajribalar asos bo’lishi mumkin: 
- audit o’tkazish ob’ektlarini ajratib olish, ya’ni davlat tashkilotlari va xususiy 
korxonalardagi auditorlik xizmatlari; 
- auditning vazifalarini ajratib olish byudjet tushumlari va xarajatlari, 
hisobotlardagi moliyaviy natijalar ustidan nazorat qilish, zarur hollarda mulkning 
saqlanishini nazorati va hokazolar. 
- hududlarda xizmat qilayotgan auditorlik firmalarining ta’sir doirasini 
kuchaytirish. 
1
Тўлаходжаева М.М. Корхона молиявий аҳволи аудити –Т.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси, 1996, 196 б.


156 
Umuman, bu fikrlar mulk munosabatlariga va shu hisob munosabatlarining 
o’zgarishidan kelib chiqayotgan bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq javob beradi, deb 
o’ylaymiz. 
Auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha qaror ichki audit xizmati bilan 
auditorlik xizmati ko’rsatishga shartnoma tuzgan tegishli bo’linma rahbari tomonidan 
qabul qilinadi. 
Shuningdek, har bir auditorlik xizmati vaqtida: 
1. 
Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunga muvofiq kelishligi. 
2. 
Ishlab chiqarilgan va amaliyotda qo’llanilayotgan auditning umumiy 
standartlariga asoslanishi. 
3. 
Auditning milliy standartlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Shuni qayd etish kerakki, auditorlik firmalarining ish faoliyatini yaxshilash va 
sifat nazorati standartlariga to’la amal qilishni ta’minlash uchun ularni toifalarga 
ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning uchun ikkita sektsiya tashkil qilish 
tavsiya etiladi: 
1. Qimmatli qog’ozlar va birja muomalalari bo’yicha audit sektsiyasi. 
2. Kompaniyalarning audit sektsiyasi. 
Bunday sektsiyalar o’z-o’zini boshqarishda va nazorat qilishda katta rol 
o’ynaydi. Sektsiyalarga a’zo bo’lish uchun auditorlik firmalariga, albatta, ma’lum 
talablar qo’yiladi va bunday sektsiyaga a’zo auditorlik firmalarining mavqei ham 
oshib boradi. Auditorlik firmalari sektsiyalar ichida bir-birini tekshirish huquqiga ega 
bo’ladi va faqat tekshiruvdan muvaffaqiyatli chiqqan firma sektsiya a’zoligida qolishi 
mumkin. Bunday tekshiruvlar firmaga ham, auditorlarga ham foydali bo’lib, ularga 
ishonchni oshirib boradi. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin