158
Keyingi vaqtlarda auditorlik faoliyatining xalqaro ko’lamda rang-barang bo’la
borishi jarayoni kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning so’ng o’n
yilligida auditorlik xizmatining yangi turi – guvohlik beruvchi audit turi shakllandi.
Auditorlik xizmatining ushbu turi, ayniqsa, bank sohasida keng ko’lamda
tarqalmoqda. Bank muassasalari mijozga kredit berishda auditorlik kompaniyalarini
guvohlik beruvi shaxs tomon sifatida qaramoqda. Bunda auditorlik kompaniyasi
bankdan kredit olgan mijozning kredit shartnomasini bajarish holatini kuzatib boradi.
Hozircha xalqaro standartlar auditorlik tadbirlarini batafsil bayon qilishi va
misollar keltirilishi bilan auditorlik faoliyatining milliy standartlaridan farq qiladi.
Shu sababli xalqaro standartlarni o’rganish sifatli o’tkazilgan auditlarning
ko’payishiga va jamoatchilik orasida auditor kasbi nufuzining ortishiga
ko’maklashadi.
Keyingi vaqtlarda auditorlik faoliyatining xalqaro ko’lamda rang-barang bo’la
borishi jarayoni kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar, xususan, AQShda 20-
asrning so’ng o’n yilligida auditorlik xizmatining yangi turi – guvohlik beruvchi audit
turi shakllandi. Auditorlik xizmatining ushbu turi, ayniqsa, bank sohasida keng
ko’lamda tarqalmoqda. Bank muassasalari mijozga kredit berishda auditorlik
kompaniyalarini guvohlik beruvi shaxs tomon sifatida qaramoqda. Bunda auditorlik
kompaniyasi bankdan kredit olgan mijozning kredit shartnomasini bajarish holatini
kuzatib boradi.
Auditorlik xizmatining ushbu turini tartibga solish uchun AQShda maxsus
standartlar ishlab chiqildi. AICPA tomonidan ishlab chiqilgan ushbu standartlar
auditning umumqabul qilingan standartlariga mos kelishi lozim.
Quyidagi jadvallarda guvohlik beruvchi auditorlik standartlari bilan auditning
umumqabul qilingan standartlarining o’zaro taqqoslanishi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: