««xalqaro audit»



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
««xalqaro audit»1

 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
1. Auditorlik xulosasi 
 
2. Auditorlik hisoboti 
3. Ijobiy xulosa 
 
 
4. Salbiy xulosa 
 


146 
 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Auditorlik xulosasi va hisoboti qanday rasmiylashtiriladi? 
2. Auditorlik hisobotining tuzilishi qanday ko’rinishga ega bo’ladi? 
3. Auditorlik hisoboti uchun javobgarlik deganda nimani tushunasiz? 
4. Auditorlik xulosasining tuzilishi qanday ko’rinishga ega bo’ladi? 
5. Auditorlik xulosalarining qanday turlari mavjud? 
6. Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish deganda nimani tushunasiz? 
7. Auditorlik xulosasi uchun javobgarlik deganda nimani tushunasiz? 


147 
10-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AUDIT TIZIMINI XALQARO 
MIQYoSDA INTEGRATsIYaLASh MASALALARI 
10.1. Auditorlik milliy standartlarining turlari va ularning me’yoriy-huquqiy 
asoslari 
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy integratsiyasiga asta-
sekin qo’shila borishi barcha sohada bo’lgani kabi auditorlik faoliyatida ham tub 
o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Shu boisdan, auditni xalqaro 
talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun tobora dolzarb 
ishga aylanmoqda.
Bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga 
yanada chuqurroq kirib borishi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy 
munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro 
standatlarga moslashtirishni taqozo qilmoqda. Bu borada auditorlik faoliyatining 
milliy standartlari ishlab chiqilmoqda.
Hozirgi kunga kelib quyidagi auditning milliy standartlari tasdiqlangan: 
Auditni rejalashtirish 
Audit ishi sifatini nazorat qilish 
Auditorlik tekshiruvini hujjatlashtirish 
Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi 
Moliyaviy hisobotda bo’lgan boshqa axborot 
Ma’lumotlarning kompyuter ishlovi (MKI) sharoitida audit 
Tahliliy taomillar 
Auditorlik tanlash 
Ekspert xizmatidan foydalanish 
Moliyaviy hisobotning chalkashliklari aniqlanganida auditorlik tashkilotining 
ish tutishi 
Auditorlik tekshiruvini o’tkazishda me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etishni 
tekshirish
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan tanishish 


148 
Auditorlik dalillari 
Aloqador shaxslar o’rtasida bitimlar bo’yicha auditorlik dalillarini olish 
taomillari 
Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar
Boshqa auditor ishi natijalaridan foydalanish 
Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik xulosasi 
Maxsus savolni tekshirish 
natijalari bo’yicha auditor hisoboti 
Auditorlik tashkilotlarining kasbga doir xizmatlari 
O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining 3, 4, 5, 6, 9, 10, 11, 13, 14, 
16-son milliy standartlari «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston 
Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 10 
iyundagi «Oliy Majlisning XIV sessiyasida O’zbekiston Republikasi Prezidentining 
ma’ruzasida keltirilgan asosiy qoidalarni amalga oshirilishi chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi 296-son qarori asosida ishlab chiqilgan va ular O’zbekiston 
Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy jihatdan tartibga solish unsuri bo’lib 
hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining 25, 31, 50, 55, 56, 60, 70, 
80, 90-son milliy standartlari «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston 
Respublikasi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 
senyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari rolini 
oshirish to’g’risida» 365-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan va ular O’zbekiston 
Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish elementi hisoblanadi. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin