57
Auditorlik
firmasining
mijozga
yuborgan
xat-majburiyati
auditorlik
tekshiruvining yakuniy bosqichida – mijozning moliyaviy hisobotlari to’g’riligi
borasida yakuniy fikr aytishda ba’zi-bir kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam
beradi.
Xat-majburiyatning mundarijasi quyidagilardan iborat bo’ladi:
-
audit ob’ektlarini yozish (buxgalteriya hisobi,
ichki nazorat tizimi,
moliyaviy hisobot);
-
audit chegaralarini belgilash, ya’ni amaldagi qonuniy hujjatlar bo’yicha
ish ko’rishi, auditorlik firmasining qoidalariga bo’ysunish;
-
Auditorlik xulosasi turlarini sanash, auditorlik
xulosasi tarkibiy
qismlarini bayon qilish;
-
hisobda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan xatolarni hisobga olgan holda
tavakkalchilik darajasini belgilash;
-
auditga ma’no kasb etadigan hisob hujjatlari va axborotlar bilan
ta’minlash;
-
iqtisodiy sub’ekt xodimlari tomonidan yordam berishni ta’minlash;
-
tijorat sirini saqlash bo’yicha auditorning majburiyati.
Quyidagilar xat-majburiyatda albatta ko’rilishi kerak:
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi, ichki nazorat tizimi,
moliyaviy hisoboti holatini tekshirishning maqsadi;
-
iqtisodiy sub’ektning tekshiruvga taqdim etilgan hujjatlarining
ishonchliligini ta’minlashdagi majburiyati;
-
tekshiruv davomida auditorning foydalaniladigan
qonuniy aktlari va
normativ hujjatlari;
-
qilingan ish natijasi bo’yicha auditorlik hisobotining shakli.
Odatda xat-majburiyat mijozga birlamchi auditdan oldin jo’natiladi. Qayta
audit o’tkazilganda quyidagi hollardagina xat-majburiyat mijozga jo’natiladi:
-
mijoz audit ob’ektlarini, audit ko’lamini, auditorlik faoliyatining
chegarasini, taqdim qilingan hujjat bo’yicha o’zining javobgarlik darajasini noto’g’ri
tushunganida;
58
-
audit o’tkazish muddati, haq to’lash
hajmi va boshqa shartlar
o’zgarganida;
-
mijoz korxona rahbariyatida yoki hisobot tuzishda ma’sul bo’lgan
xodimlar tarkibida o’zgarish bo’lganida;
-
tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ekt faoliyatining turi va ko’lami sezilarli
darajada o’zgarganda.
Dostları ilə paylaş: