O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SH.N.FAYZIEV , R.D.DUSMURATOV, A.A.KARIMOV, I.N.KUZIEV,
A.Z.AVLOKULOV
AUDIT
Toshkent-2014
2
Audit /darslik/ Sh.N.Fayziev , R.D.Dusmuratov, A.A.Karimov, I.N.Kuziev,
A.Z.Avlokulov -T.: _____-, 2014. 430 bet.
Ushbu darslik «Buxgalteriya hisobi va audit», yo’nalishlari talabalari
uchun mo’ljallangan bo’lib, unda «Audit» fanining nazariy asoslari bayon
qilingan. Ushbu darslikda auditorlik faoliyatining tashkiliy va huquqiy asoslari,
audit standartlari, auditorlik faoliyatini rejalashtirish va audit amallari hamda
boshqa shu kabi mavzular yoritib berilgan.
Taqrizchilar:
SH.Ilhomov – i.f.n., dotsent, Toshkent Davlat Iqtisodiyot
universiteti «Iqtisodii tahlil va audit» kafedrasi
Sh.K.Shayakubov - i.f.n., docent, Toshkent moliya
instituti "Audit" kafedrasi,
R.M.Haidarov - O’zbekiston Respublikasi Auditorlar
palatasi raisi
3
KIRISH
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barcha sohalari samarali
rivojlanishi uchun xo’jalik sub’ektlari hamkorlikda faoliyat yuritishlari zarur
hisoblanadi. Ushbu holatda esa, xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy holatini bilishi
uchun nazorat tizimining auditorlik faoliyatidan foydalanish zaruriyati yuzaga
keladi. Bular natijasida «Audit» fanini bo’lajak iktisodchi mutaxassislarga
o’qitish dolzarbligi kelib chiqadi.
«Audit» fanini o’qitishdan maqsad, talabalarga auditorlik tashkiloti
tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobi, moliyaviy
hisoboti va boshqa moliyaviy axborotlari to’g’riligi va qonun hujjatlarga mosligi
to’g’risida xolis va asosli fikr shakllantirish uchun zarur bo’lgan auditorlik
amallarini bajarish bo’yicha nazariy bilim berishdan iborat.
Ushbu fanni o’qitishning vazifalari: auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi
me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan chuqur tanishtirish; xo’jalik yurituvchi sub’ekt
faoliyati bilan tanishish, shartnoma tuzish, dastlabki kelishuvlarni amalga
oshirish, auditni dastlabki rejasi va dasturini tuzish; auditorlik hujjatlari va
dalillarini to’plash; moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi va
qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida tekshirish usullarini o’rgatish;
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tayyorlash va tuzish va h.k.
4
Dostları ilə paylaş: |