29
yurituvchi sub’ektlar oldingi yil uchun yillik moliyaviy hisobotlarini joriy yilning
1 mayigacha auditorlik tekshiruvidan o’tkazadilar. Auditorlik tekshiruvi
yakunlanganidan so’ng xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik xulosasining
belgilangan tartibda tasdiqlangan bir nusxaini 15 kun ichida tegishli soliq
organlariga topshirishi lozim. Agar auditorlik xulosasining bunday nusxasini
soliq organiga o’z vaqtida taqdim etilmasa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt soliq
organiga buning sababi ko’rsatilgan tushuntirish xati taqdim etadi.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarga soliq organi tomonidan jarima solinadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt
rahbari esa majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlaganligi uchun qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Undirilgan jarima jarima
solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida to’lanib,
to’liq miqdorda respublika byudjetiga o’tkaziladi. Agar jarima o’z vaqtida
to’lanmasa, soliq qonunchiligiga muvofiq peniya hisoblangan holda so’zsiz
undirib olinadi.
Jarima undirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektni majburiy auditorlik
tekshiruvdan o’tishdan ozod qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: