32
xavfsizliklarini ham ta’minlashi lozim. Shuningdek, oldin tekshirilgan xo’jalik
yurituvchi sub’ekt faoliyati aynan bir xil asoslarga ko’ra oldingi tekshiruvni
o’tkazgan auditorlik tashkiloti tomonidan qayta tekshirishga ruxsat etilmaydi.
Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga
ko’ra o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlar jarayonida olingan ma’lumotlar faqat
mazkur organlar ruxsati bilan va ular ruxsat qilgan
hajmda oshkor qilinishi
mumkin.
Huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra o’tkazilgan
tekshiruvlar natijalari bo’yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O’zbekiston
Respublikasi jinoyat-protses-sual kodeksiga muvofiq taynlangan sud-buxgalteriya
ekspertizasi xulosasiga tenglashtiriladi.
Sud-buxgalteriya ekspertizasi ayrim o’ziga xos xususiyatlari bilan auditorlik
tekshiruvlaridan tubdan farq qiladi. Ko’p hollarda ekspertiza ekspert
muassasalarining maxsus xonalarida o’tkaziladi. Zarur hollarda ekspertiza
o’tkazish joyi ekspert tomonidan, ekspertizani tayinlagan organ bilan kelishilgan
holda aniqlanadi.
Xulosa tuzish uchun zarur bo’lgan dastlabki va yig’ma buxgalteriya hujjatlari,
hisob registrlari va hisobot shakllari ekspertiza obektlari bo’lib hisoblanadi.
Shuningdek, ekspertiza o’tkazish jarayonida
taftish dalolatnomasi, ekspert
xulosalari, ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlarning ko’rsatmalari va
ishdagi boshqa materiallarda keltirilgan ma’lumotlardan ham foydalanish
mumkin.
Sud-buxgalteriya ekspertizasini amalga oshirishda
quyidagilarni aniqlashga
doir masalalar hal etiladi:
tovar-moddiy zahiralar, pul mablag’larining kamomadi yoki oshiqcha chiqishi
va moddiy zarar summalari bilan bog’liq ma’lumotlarning haqqoniyligi;
tovar-moddiy zahiralarni qabul qilish, saqlash, sotish va pul mablag’larining
harakatiga doir muomalalarni rasmiylashtirishning to’g’riligini;
moliya-xo’jalik faoliyatiga doir muomalalarni hujjatlarda aks ettirishning
buxgalteriya hisobi xalqaro va milliy standartlari hamda boshqa tegishli
33
me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi;
tergov olib borilayotgan ishga aloqador shaxslar ko’rsatmalarining
buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga muvofiqligi;
materiallar, tayyor
mahsulotlar, tovarlar va pul mablag’-larini kirimi, chiqimi
hamda hisobdan o’chirilishining hujjatlar bilin asoslanganligi; hisobga
olinmay qolgan mahsulotlar hajmi va qiymatini texnologlar, tovarshunoslar va
boshqa mutaxassislar xulosalarini hisobga olgan holda aniqlash;
fuqarolik sudlov ishlari tartibida hal etiladigan da’volarga
doir summalar
miqdorining hujjatlar bilan asoslanganligi;
tovar-moddiy zahiralar va pul mablag’lari kamomadi yoki oshiqcha chiqishi
vujudga kelgan davrda moddiy javobgar hisoblangan shaxslar, hamda
ekspertiza jarayonida buxgalteriya hisobi va
nazorat talablariga rioya
qilinmaganligi aniqlanganda, buning uchun mas’ul shaxslar;
moddiy zarar etkazilishiga olib kelgan yoki uning o’z vaqtida aniqlanishiga
to’sqinlik qilgan, buxgalteriya hisobi va nazorat tizimining kamchiliklari.
Dostları ilə paylaş: