Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   155
audit (3)

Takrorlash uchun savollar: 
 
1.
Auditorlik kasbiga qanday malakaviy talablar qo’yilgan?
2.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi qanday amalga oshiriladi?
3.
Litsenziyaning amal qilish muddatini to’xtatish, bekor qilish, to’xtatib turish 
yoki amal qilishini tiklash qay holatlarda amalga oshiriladi?
4.
Auditning Axloq kodeksi to’g’risida nimalar bilasiz?


63 
5.
Vijdonlilik va ob’ektivlik deganda nimalar tushunasiz?
6.
Auditor kasbining professional kompetentliligi deganda nimalarni tushunasiz?
7.
Qanday ma’lumotlar maxfiy saqlanadi?
8.
Auditorlik tashkiloti va auditorlarning mustaqilligi nimalarda namoyon 
bo’ladi? 
9.
Auditor ishlarining sifati qanday nazorat qilinadi? 


64 
5
5
-
-
B
B
O
O
B
B
.
.
 
 AUDITDA MUHIMLIK TUSHUNCHASI VA AUDITORLIK 
TAVAKKALCHILIGI 
 
1.
 
Muhimlik tushunchasi va uning auditdagi ahamiyati 
O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida 
(yangi tahrirdagi) auditorlik faoliyati «...tadbirkorlik faoliyati...» ekanligi 
ta’kidlangan (2-modda). Demak, bu faoliyat auditorlik tashkiloti va mijoz-
korxona o’rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Auditorlik 
tashkiloti o’z shartnoma majburiyatlarini bajarishda, amalda tekshiruv 
ob’ektlarini to’liq (100%) qamrab olaolmaydi. Natijada, moliyaviy hisobot 
ko’rsatkichlarining mutlaqo (shak-shubhasiz) haqqoniy ekanligini kafolatlay 
olmagani holda, ma’lum darajadagi tavakkalchilik bilan ularni tasdiqlaydi. Shu 
boisdan, auditor ishida doimo ma’lum darajada tavakkalchilik xavf-xatari mavjud 
bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, auditor xulosasida bayon etilgan fikr har doim ham 
mutlaqo to’g’ri bo’lishi mumkin emas. Ammo, deyarli hamma vaqt axborotdan 
foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi lozim. Bunday foydalilikning 
ta’minlanishi ma’lum darajadagi muhimlik va risk bilan bog’liq va ularni to’g’ri 
baholashni talab etadi.
Umumiy auditorlik amaliyotida muhimlik chegaralarini quyidagicha belgilash 
qabul qilingan: 
0 < J < 1 (yoki foiz hisobida 0< J% <100) 
Ushbu chegara oralig’idagi ehtimollik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
hisobotlarining ishonchliligiga ta’sir ko’rsatadigan xatolar mavjudligini aniqlash, 
tegishli auditorlik qarorlarini qabul qilish uchun ushbu xatolarni baholash 
mumkinligi(yoki mumkin emasligi)ni ifodalaydi. Bu Muhimlikni sifat jihatdan 
tavsiflaydigan tarkibiy qismdir. Muhimlikning miqdoriy jihatini tavsiflaydigan 
tarkibiy qismi esa uning ma’lum darajalari orqali ifodalanadi.
Agar xato buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarini sezilarli darajada 


65 
chalkashtirsa va mazkur hisobot ko’rsatki-chidan foydalanuvchining shu 
hisobotga asosan qabul qilgan qaroriga ta’sir ko’rsatsa, uning aniqlanmasligi 
(bilmasdan o’tkazib yuborilishi) jiddiy hisoblanadi. Buxgalteriya hisobotida 
yig’indisi katta summani tashkil etadigan bir nechta sezilarsiz xatolar bo’ladigan 
vaziyatlar ham uchraydi. Auditor bitta jiddiy bo’lmagan xatoni aniqlab, bu haqda 
auditorlik xulosasida bildirishi va salbiy auditorlik xulosasi tuzishi ham mumkin. 
Haqiqatda esa, buxgalteriya hisobotida jamlanganida jiddiy tus oladigan bir 
nechta ahamiyatsiz xatolar bo’lishi mumkin.
Muhimlikni aniqlash auditning amaliyotida №9 – “Muhimlik va auditorlik 
tavakkalchiligi” nomli AFMS bilan tartibga solinadi. Ushbu standartga muvofiq 
“Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligiga sezilarli 
darajada ta’sir ko’rsatadigan holatlar auditda jiddiy deb tan olinadi”.

Standartda ta’kidlanishicha, barcha jiddiy holatlarda moliyaviy hisobotning 


ishonchliligi deganda undagi ko’rsatkichlar aniqligining shunday darajasi 
tushuniladiki, bu hisobotdan malakali foydalanuvchilar to’g’ri xulosalarga kelish 
va to’g’ri qarorlar qabul qilish imkoniga ega bo’ladi.
Ma’lumki, 
respublikamizda 
islohotlarning 
chuqurlashtirilishi 
va 
iqtisodiyotning erkinlashuvi natijasida buxgalteriya hisoboti axborotlaridan 
foydalanuvchilarning turlari ko’paymoqda. Ularning har qaysisi uchun Muhimlik 
darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, aktsiyadorlar uchun korxona 
faoliyatining natijalari, xo’jalik mablag’la-rining haqqoniyligi va foydaning 
dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. Investorlar uchun esa 
korxonaning moliyaviy barqarorligi, ishlab chiqariladigan mahsulotlarga 
talabning o’zgarishi, qo’yilmalarning rentabelligi va investitsion loyihalarning 
haqqoniyligi to’g’risidagi axborotlar muhim bo’lishi mumkin.
Auditorlar eng muhim, kam uchraydigan va xatolari bor hisobot moddalari va 
schetlarni aniqlash chog’ida Muhimlik tushunchasidan auditni rejalashtirishning 
asosi sifatida foydalanadilar. Bunday moddalar va schetlarga alohida e’tibor 
qaratish zarur. Shuningdek, to’plangan auditorlik dalil-isbotlarini baholashda va 
qanday auditorlik xulosasi tuzish to’g’risida bir qarorga kelishda ham muhimlik 


66 
darajasidan foydalaniladi.
Demak, Muhimlik tushunchasi auditor tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin 
bo’lgan xatoning hajmini va o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvining ko’lamini 
aniqlash hamda tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki 
salbiy) uchun birlamchi va asos bo’luvchi manba hisoblanadi.
№70-«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik 
xulosasi» nomli AFMSdagi ijobiy auditorlik xulosasi standart shaklining 
yakunlovchi qismida «…xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy hisoboti uning 
moliyaviy holatini ishonarli aks ettiradi...» deyilgan.
Ushbu jumla axborotdan foydalanuvchilarga auditorlik xulosasida bildirilgan 
fikrning jiddiy hisoblangan moliyaviy axborotlargagina taalluqli ekanligi 
to’g’risida ma’lumot beradi. “Muhimlik” tushunchasi shuning uchun zarurki, 
hech qaysi auditor moliyaviy hisobotning 100% to’g’ri ekanligiga kafolat bera 
olmaydi.
Jiddiy xatolarning auditor tomonidan aniqlanishi ko’plab omillarga bog’liq. 
Jumladan, ham korxona rahbariya-ti, ham auditor tomonidan mavjud jiddiy 
xatolarning baholanishi; tekshiruvlar vaqti va qiymatining chegaralanganligi; 
mijozning xatolarni auditor aniqlashini “kutib o’tirishi”; auditorning mustaqillik 
darajasi; uning vijdonliligi; tashqi auditorning ichki nazorat tizimiga ishonchi; 
korxonada qabul qilingan hisob siyosati va undagi ayrim qoidalarning tafsiloti
hisob siyosatining me’yoriy hujjatlar talablariga mosligi.
Auditor quyidagi hollarda muhimlikni ko’rib chiqishi lozim: 

auditorlik amallarining xususiyatlari, vaqti va chuqurli-gini aniqlashda; 

xatolar ta’sirini aniqlashda.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin