Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   155
audit (3)

 
4.
 
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish 
 
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish audit o’tkazish va professional 
xizmat ko’rsatish chogida audit standartlari va O’zbekiston Respublikasida 
auditorlik faoliyatini tartibga soladigan boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga 
rioya qilinishini tekshirish uchun qo’llaniladigan tashkiliy tadbirlar, uslublar va 
amallar tizimidan iborat. 
Har bir auditorlik tashkiloti ishlar sifati ustidan nazorat o’rnatish printsiplari 


57 
va qoidalari, hamda ularni qo’llash amallarini ishlab chiqishlari va qabul qilishlari 
lozim. Bu audit jarayonida umumqabul qilingan tekshiruv standartlari bilan 
qarama-qarshiliklar vujudga kelmasligi uchun zarur. 
Auditorlik faoliyatining yuqori sifati uning dastlabki, joriy va keyingi nazorati 
ta’minlashi lozim. 
Dastlabki nazorat auditorlar va auditorlik tashkilotlarini attestatsiyadan 
o’tkazish va litsenziyalash bosqichda bajariladi. 
Joriy nazorat ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: alohida auditorlik 
tekshiruvlarini nazorat qilish va auditning umumiy nazorat qilish. 
Alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish auditorlarning mustaqilligi, 
professionalligi va kompetentligini ta’minlashni; ularning ishlarini joriy nazorat 
qilishni; mijoz-korxonalar buxgalteriya hisobining eng muammoli masalalarini 
bilish; bajarilgan ishlarning standartlarga mos kelishini, hujjatlashtirishning 
etarliligini, audit maqsadiga erishilganlikni tekshirishni nazarda tutadi. 
Auditning sifatini umumiy nazorat qilish auditorning ma’lum shaxsiy 
xususiyatlariga (halollik, obektivlik, mustaqillik, professionallik, kompetentlilik) 
auditorlik guruhi a’zolari o’rtasida ishlarning asosli taqsimlanganligi; sifat 
standartlariga rioya qilinishi bo’yicha auditorlarning ishlari ustidan nazorat; 
sifatni nazorat qilish siyosati va amallarining samaradorligi ustidan nazorat 
o’rnatishiga asoslanadi. 
Joriy nazorat quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: auditor assistentlar ishlari 
ustidan nazorat, auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari ustidan nazorat, va 
boshqalar. 
Auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari ustidan nazorati, birinchidan, 
tekshiruv o’tkazish dasturining asoslanganligini muhokama qilish, ikkinchidan, 
auditning tashkiliy-ahloqiy printsiplariga qat’iy rioya qilish, uchinchidan, asosiy 
auditor tomonidan xulosa berilganidan so’ng auditorlik tashkilotining boshqa 
auditori tomonidan mijoz-korxona hisobotining ayrim ko’rsatkichlari(hisob 
bo’limlari)ni tanlab qayta tekshirish yordamida amalga oshiriladi. 
Auditorlik tashkiloti ichida ishlar sifatini nazorat qilishga talablar va muayyan 


58 
auditorlik tekshiruvi chogida ishning talab darajasida ekanligini ta’minlash №5-
«Auditor ishining sifatini nazorat qilish»nomli AFMSda aks ettirilgan. Unga 
muvofiq auditor ishlarining sifatini nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga 
oshiriladi:
­
Asosiy auditorning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi. 
­
Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati. 
­
Tashqi nazorat. 
Asosiy auditorning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi. Asosiy auditor 
audit o’tkazish jarayonida yordamchilar tomonidan bajariladigan ishlarni doimiy 
ravishda nazorat qilib va yo’naltirib turishi lozim. 
Auditor yordamchisi deganda professionallik darajasi bo’yicha asosiy 
auditordan farq qiladigan xodim tushuniladi. 
Asosiy auditorning yordamchisidan farqi, u auditning bajarilishi uchun to’liq 
javobgardir. 
Yordamchilarga ish topshirilayotganida, ular javobgarliklari va bajarishlari 
lozim bo’lgan ishlarning maqsadlari to’g’risida, xo’jalik yurituvchi subekt 
faoliyati va auditorlik amallarning mohiyati, o’tkazish vaqti va miqyosiga ta’sir 
ko’rsatishi mumkin bo’lgan, hisob va auditga oid muammolar haqida tegishli 
tarzda tushuntirishlar berilishi lozim. 
Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati. Auditorlik 
tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati quyidagilarga amalga oshiriladi: 

Mijoz-korxonada audit o’tkazish umumiy rejasi va dasturining 
asoslanganligini muhokama qilish va tekshirish; 

Tashkiliy-axloqiy auditorlik printsiplariga (xususan, mijoz-korxonaga 
professional xizmat ko’rsatgan (maslahat bergan yoki uning buxgalterlik hisobini 
yo’lga qo’ygan) auditor, yana o’sha korxonani tekshirishga yuborilmasligi va 
sh.o’.) qat’iy rioya qilinishi; 

Asosiy auditor tomonidan tekshiruv o’tkazilib, auditorlik xulosasi 
berilganidan so’ng auditorlik tashkilotining boshqa auditori tomonidan mijoz-
korxona hisobotining ishonchliligini qaytadan, mijoz uchun bepul, tekshiruvdan 


59 
o’tkazish. 
Tashqi nazorat amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiq davlat 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Auditor ishlari sifatini nazorat qilish ikkita asosiy yo’nalishga ega: 
­
ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish. 
­
sifatni umumiy nazorat qilish. 
Ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish quyidagi tushunchalarni o’z 
ichiga oladi:
-Vakolatlarni berish. Auditorlarning mustaqilligini, professionalligini va 
kompetentliligini ta’minlash; auditorlar uchun zarur hisoblangan faoliyat 
erkinliklarini ta’minlash; auditning yozma dasturidan foydalanishi. 
-Nazorat. Auditorlar ishlarining joriy nazoratini ta’minlash; tegishli tarzda 
(adekvat) ish tutish uchun xo’jalik yurituvchi subekt buxgalterlik hisobining eng 
muammoli masalalarini bilish. 
-Tekshirish. Auditorlar tomonidan bajarilgan barcha ishlarni, ular 
bajarilishining standartlarga muvofiqligi, hujjatlarning etarliligi va auditorlik 
tekshiruvlar maqsadiga erishishni ta’minlash uchun tekshirish. 
Audit sifatini umumiy nazorat qilish quyidagi elementlarning mavjudligiga 
tayanadi: 
-Mustaqillik. Qoida va amallar barcha pog’onalar xizmatchilarining 
mustaqilligi saqlanganligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu 
talabni bajarishi uchun auditorlik tashkiloti yilda bir marta o’z mijozlarining 
ro’yxatini tarqati-shi va o’z xizmatchilaridan mustaqillik to’grisidagi arizani 
imzolashlarini talab qilishi mumkin. 
-Xizmatchilarga topshiriqlar. Qoida va amallar ishlarning maxsus tayyorgarlik 
va tajribaga ega shaxslar tomonidan bajarilishi haqida asosli ishonchni 
ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun auditorlik tashkiloti ishlarni 
oldindan, o’z xizmatchilari uchun mos topshiriqlarni aniqlay oladigan qilib 
rejalashtirishi kerak. 
-Konsultatsiyalar. Qoida va amallar auditorlik tashkilotlarining xizmatchilari 


60 
texnik masalalar bo’yicha bilimdon va obro’li kishilardan yordam olishga 
intilishlari asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun 
auditorlik tashkiloti muayyan shaxslarni audit, buxgalteriya hisobini yuritish va 
moliyaviy hisobot, soliqqa tortish va konsultatsiya xizmatlari kabi sohalarda 
auditorlik tashkilotining eksperti qilib tayinlashi mumkin.
-Nazorat. Qoida va amallar auditorlik tashkilotining joriy faoliyati unda 
o’rnatilgan sifat standartlariga javob berishi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari 
lozim. Auditorlik tashkilotining nazorat amallarini o’rnatishi uchun javobgarligi, 
audit o’tkazuvchi, rejalashtirish va kontrakt bo’yicha muayyan majburiyatlarni
bajaruvchi muayyan shaxslar javobgarligidan alohida ajratilgan. Ushbu nazorat 
talabini bajarish uchun auditorlik tashkiloti barcha ish hujjatlarini, hisobotlarni 
talab qilishlari va ularni tekshirish uchun tegishli nazorat qiluvchi va texnik 
xodimlarga taqdim qilishi mumkin. 
-Ishga yollash. Qoida va amallar ishga yollangan xizmatchilarning malakali 
mutaxassislar ekanligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu 
nazorat talabini bajarish uchun auditorlik tashkiloti minimal malakaviy talablarni 
o’rnatishi mumkin (masalan, buxgalteriya yozuvlarini buxgalteriya ixtisosligi 
bo’yicha bilim darajasi yaxshi, o’rtacha yoki o’rtacha bo’lgan kollej bitiruvchisi 
yuritishi mumkin). 
-Professionallik darajasini oshirish. Qoida va amallar auditorlik tashkilotining 
xizmatchilari o’z xizmat majburiyatlarini bajarishlari uchun etarli bilimlarga 
egaligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talablarni bajarish 
uchun auditorlik tashkiloti professional ta’limni davom ettirish va o’z malakasini 
oshirishni xoxlovchi xizmatchilarga yordam ko’rsatish uchun sharoitlar yaratishi 
mumkin. 
-Lavozimini ko’tarish. Qoida va amallar xizmati bo’yicha ko’tarilayotgan 
xodimlarning yangi lavozim egallashlari mumkin ekanligi haqida asosli ishonchni 
ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun xodimlarni, ular tomonidan 
har gal majburiyatlarini bajarganlaridan so’ng baholash va ularning lavozimini 
eng bo’lmaganda yilda bir marta ko’tarishga maslahat berish zarur. 


61 
-Mijozlarning ma’qulligi va ular bilan munosabatlarning davomiyligi. Qoida 
va amallar auditorlik tashkiloti rahbariyati vijdonini yo’qotgan xo’jalik yurituvchi 
subekt bilan bog’lanib qolmasligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. 
Auditorlik tashkilotining ushbu talabni bajarishi uchun bo’lg’usi mijoz bilan ish 
olib borgan taftishchi, bank xodimi, yurist va boshqa shaxslardan ma’lumot 
olinishi kerak. 
-Tekshirib (nazorat o’tkazib) turish. Qoidalar va amallar auditor ishlarining 
sifatini nazorat qilish samarali o’tkazilayotganligi haqida asosli ishonchni 
ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun har bir xizmatchining 
majburiyatlarini tanlash, ushbu majburiyatlarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan, 
boshqa hamkorlar yoki xizmatchilar tomonidan o’tkazilgan bo’lishi lozim. 
Ma’muriy ishlar va xodimlar yuritadigan ishlarni ham nazorat asosida 
tekshirilishi zarur. Auditorlik tashkiloti tomonidan nazorat qilib turish natijalarini 
hujjatlar bilan tasdiq-laydigan tavsiyalar bildirilishi kerak. Hujjatlar shakli va 
hajmi auditorlik tashkilotining katta-kichikligi, faoliyat ko’rsatuvchi bo’limlar 
soni, faoliyat tavsifi va boshqa omillarga bog’liq. 
Hamkor yoki hamkorlar, xo’jalik yurituvchi subekt hajmiga ko’ra, mazkur 
auditorlik tashkilotida amal qilayotgan, sifat ustidan nazorat qilish tizimining 
samaradorligi uchun javobgar bo’lishlari lozim. Bunday nazorat qoidalari va 
amallari, ushbu qoidalar va amallar bilan xizmatchilarni xabardor qilish amaliyoti 
va majburiyatlarni taqsimlash o’z vazifalariga oldingiday javob beradi. 
-Nazorat qoidalari va amallarini belgilash. Auditor ishlari sifatini nazorat 
qilish qoidalari va amallarining tavsifi va miqyoslari quyidagi shart-sharoitlarga 
bog’liq: 
­
auditorlik tashkilotining hajmiga; 
­
auditorlik tashkiloti xizmatchilari va funktsional bo’linmalarining 
mustaqillik darajasiga; 
­
amaliy faoliyat mohiyatiga, uning: ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari auditi; 
yopiq aktsiyadorlik jamiyatlari auditi; buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyati 
tahlili sohasidagi xizmatlar; foyda solig’ining hajmini aniqlashga doir xizmatlar; 


62 
o’zaro audit o’tkazish bo’yicha majburiyatlar kabi komponentlarini e’tiborga 
olgan holda; 
­
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini ishlab 
chiqish va qo’llash bilan bog’liq bo’lgan, olingan
foydaga nisbatan xarajatlar darajasiga. 
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini o’rnatishda 
auditorlik tashkiloti tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi zarur: 
­
auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va usullarini amalga 
oshirish bo’yicha malakali xizmatchilar o’rtasida vazifalarini taqsimlash; 
­
auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini 
xizmatchilar e’tiboriga etkazish; 
­
qoidalar va amallar, ularni qo’llash uslublariga va xizmatchilarga etkazish 
amaliyotiga oldingiday mos kelish-kelmasligini aniqlash uchun auditor ishlari 
sifatini nazorat qilish tizimining samaradorligini tekshirish. 
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallari yozma shaklda 
ifodalangan bo’lishi shart emas. Ular xodimlarni ishga qabul qilishda og’zaki 
etkazilishi va auditorlik tashkilotining umumiy majlisida yilda bir marta 
takrorlanishi mumkin. 
Ayni paytda auditorlik tashkiloti o’z qoidalari va amallari-ni hujjatlar bilan 
mustahkamlashi tavsiya qilinadi. Hujjatlashtirish turlari va hajmi, eng avvalo 
auditorlik tashkilotining hajmi va uning faoliyati xususiyatiga bog’liq. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin