Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Muhimlik darajasi, uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   155
audit (3)

2. Muhimlik darajasi, uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar 
tizimini shakllantirish tartibi 
№ 9 – «Muhimlik va auditorlik riski» nomli AFMS ga muvofiq Muhimlik 
darajasi deganda moliyaviy hisobot-dagi xatoning, ushbu hisobotdan 
foydalanuvchi unga asosan to’g’ri xulosa va qaror qabul qilishiga monelik 


67 
qiladagan chegarasi tushuniladi (8 bandi).
Ushbu standartga asosan auditorlik tashkilotlari muhimlik darajasini aniqlash 
tartibini o’rnatadigan o’zlarining ichki ishchi standartlarini ishlab chiqishlari 
kerak. Ishchi standart yordamida esa asosiy ko’rsatkichlar tizimi shakllantiriladi 
va muhimlik darajasi aniqlanadi. Lekin, №9-AFMSda muhimlik darajasini 
aniqlash uchun tavsiya qiliznadigan asosiy ko’rsatkichlar, ularning xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar xususiyatlariga bog’liqligi va hisob-kitob qilib chiqarish 
tartibi tavsiya sifatida uslubiy jihatdan asoslab berilmagan.
Bizning fikrimizcha, standartning 9 bandida xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
moliyaviy hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni 
va ularga nisbatan qo’llani-ladigan foiz (%) ko’rsatkichlarini keltirish zarur. 
Muhimlik darajasining absolyut miqdorini topishda auditor audit qilinadigan 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim 
ko’rsatkichlarni asos qilib olishi zarur. Bunday ko’rsatkichlar keyinchalik shartli 
ravishda 
moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichlari
deb ataladi. Ular aniqlan-
ganidan so’ng tegishli tarzda hujjatlashtiriladi va tekshiruvda doimiy asos sifatida 
qo’llaniladi.
Auditorlik tashkilotlari eng muhim asosiy ko’rsatkichlarni, jumladan: 
buxgalteriya hisobi schyotlarining miqdor ko’rsatkichlari, balans moddalari yoki 
buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlaridan ma’lum bir ulushini olib, muhimlik 
darajasini hisoblab chiqarishlari lozim.
Muhimlik darajasi rejalashtirish bosqichida aniqlanib, u mijoz-korxonaning 
xususiyatlariga bog’liq. Jumladan, faoliyat tarmogi, tugallanmagan ishlab 
chiqarish, soliqqa tortilgungacha foyda summasi, balansning jami summasi, 
shartli majburiyatlarning mavjudligi, kreditorlik qarzlar, kapital summasi, 
hisobotda kutilmagan moddalarning paydo bo’lishi va boshqalar.
Lekin, ushbu ko’rsatkich (muhimlik darajasi) auditor tomonidan nafaqat 
auditni rejalashtirish bosqichida – auditorlik amallarining mazmuni, hajmi va vaqt 
sarfini aniqlash paytida, balki butun auditorlik tekshiruvini o’tkazish va auditorlik 
xulosasini tuzish jarayonida ham hisobga olinishi lozim.


68 
Yuqorida ta’kilanganidek, auditor audit o’tkazish chog’ida muhimlikning 
ikkita ya’ni sifat va miqdor tomonini nazarda tutishi zarur. Sifat nuqtai nazaridan 
auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan sodir etilayotgan muomalalarning 
O’zbekistonda amal qilayotgan me’yoriy hujjatlardan chetga chiqish hollari jiddiy 
yoki jiddiy emasligini aniqlash uchun o’zining professional fikr-mulohazalaridan 
foydalanadi. Miqdor nuqtai nazaridan, auditor aniqlangan tafovutlar har birining 
yoki jamlanmasining (belgilanmagan tafovutlarning taxminiy miqdorini ham 
hisobga olgan holda) miqdoriy mezon – Muhimlik darajasidan oshib 
ketmaganligini aniqlashi lozim.
Muhimlik darajasini aniqlashda, odatda, ikkita omil hisobga olinadi: xatoning 
absolyut va nisbiy miqdori. Xatoning absolyut miqdori – bu auditorning sub’ektiv 
fikri bo’lib, ma’lum summadagi xato summaning ahamiyatliligiga ko’ra boshqa 
vaziyatlarga bog’liq bo’lmagan holda jiddiy deb tan olinishi mumkin. Nisbiy 
miqdor esa qabul qilingan tegishli miqdoriy mezonga nisbatan foiz hisobida 
aniqlanadi.
Auditor muhimlik darajasini aniqlashda joriy yilning asosiy ko’rsatkichlari 
kabi, joriy va o’tgan yillarning o’rtacha ko’rsatkichlaridan ham, shuningdek 
ma’lum bir shaklga keltirilishi mumkin bo’lgan istalgan hisob-kitob amallaridan 
ham foydalanishi mumkin. Mazkur muayyan tekshiruv uchun muhimlik 
darajasining yagona ko’rsatkichi kabi, muhimlik darajasini belgilaydigan har xil 
ko’rsatkichlar yig’indisidan ham foydalanishiga ruxsat etiladi. Muhimlik 
darajasini aniqlashda qo’llaniladigan har xil ko’rsatkichlar yig’indisidan iborat 
to’plamdagi ko’rsatkichlarning har biri buxgalterlik hisobi schyotlarining ma’lum 
bir guruhini, balans moddasini, hisobot ko’rsatkichlarini baholash uchun 
mo’ljallangan bo’lishi lozim.
Eng muhim ko’rsatkichlar sifatida quyidagilarni olish va ularga nisbatan 
qo’llaniladigan foizlarni tavsiya sifatida belgilash mumkin. Ushbu ko’rsatkichlar 
quyidagi jadvalga tushirilib (2-grafa), qabul qilingan muhimlik darajasi (%) ga 
muvofiq (3-grafa) muhimlik darajasining absolyut miqdori (4-grafa) hisoblab 
chiqariladi.


69 
 
Moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha 
Muhimlik darajasini hisoblash jadvali. (namuna) 
Asosiy ko’rsatkichlar 
Aso
siy
ko
’r
satk
ich
q
iy
m
ati
%
Mu
h
im
lik
d
ar
ajasin

su
m
m
asi
,
m
.s

Mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan tushum (2-shakl, 010 satr) 
5% 
Sotilgan mahsulot(ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi (2-shakl, 
020-satr) 
3% 
Jami davr xarajatlari (2-shakl, 040-satr) 
3% 
Korxonaning xususiy kapitali (1-shakl, 460-satr) 
10% 
Balansning umumiy summasi (1-shakl aktividagi 380-satr yoki 
passivdagi 700-satr) 
5% 
Tugallanmagan ishlab chiqarish (1-shakl, 150-satr) 
3% 
Taqsimlanmagan foyda (1-shakl, 430-satr) 
2% 
Ko’rsatkichlarning bir qismi ushbu jadvalga kiritilmasligi mumkin. Masalan, 
mijoz-korxona joriy yil yakuni bo’yicha foyda olmagan yoki kam foyda olgan 
bo’lib, bu ko’rsatkich – korxonaning balans foydasi auditor fikriga ko’ra mazkur 
korxonada audit o’tkazish uchun ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Korxona agar 
foyda olmaydigan, notijorat korxona yoki tovar, ish va xizmatlar realizatsiyasidan 
olingan tushumdan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan tashkilot 
bo’lsa, unda sotish jarayoni bo’lmasligi mumkin.
Auditor jadvalning 4 grafasida chiqarilgan miqdor ko’r-satkichlarini tahlil 
qilib chiqishi kerak. U boshqalaridan katta va (yoki) kichik tomonga keskin farq 
qiladigan miqdorlarni chiqarib tashlashi mumkin. Qolgan ko’rsatkichlarga asosan 
o’rtacha miqdor hisoblab chiqarilib, uni keyinchalik ishlashga qulay bo’lishi 
uchun yaxlitlash lozim. Ammo yaxlitlanganidan so’ng uning miqdori o’rtacha 
miqdordan u yoki bu tomonga o’zgarishi 20% dan oshmasligi kerak. Ushbu 
ko’rsatkich muhimlik darajasini tavsiflaydigan yagona ko’rsatkich bo’lib, auditor 
ulardan o’z ish faoliyatida asos sifatida foydalanishi mumkin.
Ushbu ko’rsatkichlarni batafsilroq ko’rib chiqamiz.


70 
«Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi» eng muhim 
ko’rsatkichlardan hisoblanadi va «Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan 
tushum» ko’rsatkichiga qaraganda ko’proq o’zgarib turadi.
Bu ikkala ko’rsatkich ham asosan savdo, engil sanoat va oziq-ovqat sanoati 
korxonalarining moliyaviy hisobotlari uchun jiddiy ko’rsatkich bo’lishi mumkin. 
Qishloq xo’jalik korxonalarida esa balans aktividagi I bo’limning jami (120-satr), 
II bo’limning jami (380-satr) va passivdagi II bo’lim jami (690-satr) eng jiddiy 
asosiy ko’rsatkichlar bo’lishi mumkin. Balans aktividagi I bo’limni jiddiy 
ko’rsatkich deb olishning sababi amaliyotda ko’pchilik qishloq xo’jalik 
korxonalarida uzoq muddatli aktivlar haqqoniy qayta baholanmagan va bozor 
bahosidan keskin farq qiladigan holatlar uchraydi.
II-«Joriy aktivlar» bo’limini auditda jiddiy ko’rsatkich sifatida qo’llash agrar 
sektor korxonalarida asosan «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasi (150-
satr) bilan bog’liq. Chunki, amaliyotda ko’pchilik qishloq xo’jalik korxonalarida 
ayrim sub’ektiv sabablarga ko’ra joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga 
tegishli xarajatlar, go’yoki tugallanmagan ishlab chiqarish hisoblanib, balans 
aktivida sun’iy ravishda oshirilgan nohaq summani yuzaga keltiradi. №4-«Tovar-
moddiy zahiralar» va №21- «Xo’jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy-
xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schetlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha 
yo’riqnoma» nomli BHMS larga muvofiq esa tugallanmagan ishlab chiqarish 
ham tovar-moddiy zahiralar qoldig’i hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, 
haqiqatda yo’q narsa korxona mablag’i sifatida ko’rsatiladi. Bu hol birinchidan, 
auditorlik faoliyatida jiddiy ko’rsatkich hisoblansa, ikkinchidan korxona 
moliyaviy holatini baholaydigan mezonlarning buzilishiga olib keladi.
Shuningdek, korxonalari balansi aktividagi II bo’lim va passividagi II 
bo’limni auditni rejalashtirishda jiddiy ko’rsatkich deb qabul qilish ko’pincha 
debitor va kreditor qarzlarning haqqoniylik darajasi bilan bog’liq.
O’z mablag’larining manbai (passivdagi I bo’lim jami –460 satr)ni muhimlik 
mezoni sifatida qo’llash esa jamoa xo’jaliklari negizida tashkil etilgan shirkat 
xo’jaliklari va yangidan tashkil etilgan fermer xo’jaliklariga xos bo’lishi mumkin.


71 
Yuqorida bayon etilgan shart-sharoitlar, xususan, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning qaysi tarmoqqa tegishliligi, mulkchilik shakli, tashkiliy-iqtisodiy 
tavsiflari va boshqalardan kelib chiqib, auditorlik tashkiloti auditni rejalashtirish 
uchun muhim ko’rsatkichlarni tanlash va muhimlik darajasini hisob-kitob qilish 
uchun o’zining ichki standartlarini (uslub va shakllarini) ishlab chiqishi zarur.
Muhimlik darajasini aniqlash amallari, barcha arifmetik hisob-kitoblar, 
o’rtacha miqdor chiqarish, yaxlitlash va auditor qaysi bir miqdorni hisob-kitobdan 
chiqarib tashlashi uchun asos bo’lgan sabablar tekshirishning ishchi hujjatlarida 
aks ettirilishi lozim. Muhimlik darajasining muayyan miqdori auditni 
rejalashtirish bosqichining yakunida auditorlik tashkiloti tomonidan ma’qullanishi 
lozim.
Auditorlik faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishdan oldin muhimlik 
darajasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Muhimlik darajasini aniqlashning 
yuqorida ko’rib chiqilgan tartibi tavsiya tavsifiga ega bo’lib, namuna sifatida 
berilgan. Auditorlik tashkilotlari № 9–AFMS talablaridan kelib chiqib, mijoz-
korxona faoliyatiga mos muhimlik darajasini aniqlash tartibini ishlab chiqishlari 
lozim. Bunda ular tavsiya qilingan jadvaldagi tartibga quyidagi o’zgartishlarni 
kiritishlari mumkin: 
a) 3-ustundagi koeffitsientlarni o’zgartirish; 
b) 1-ustunda keltirilgan ko’rsatkichlarni almashtirish, yangilarini kiritish yoki 
ayrimlarni chiqarib tashlash; 
v) muhimlik ko’rsatkichini aniqlashda o’rtacha miqdor chiqarish tartibini 
o’zgartish; 
g) o’tgan yillardagi moliyaviy ko’rsatkichlarni inobatga olish va ularning 
o’zgarish dinamikasini hisobga olgan holda ish tutish; 
d) bitta muhimlik ko’rsatkichini emas, balki balansning har xil moddalari 
uchun bir necha ko’rsatkichlarni olish; 
e) jadvalni mustaqil ishlab chiqish va muhimlik darajasini hisob-kitob qilish 
bo’yicha o’zining sxemasini kiritish.
Muhimlik darajasi ko’rsatkichlari va uning yagona (umumlashtiruvchi) 


72 
ko’rsatkichini aniqlash, uning ahamiyati to’g’risida bayon etilgan fikr-
mulohazalarni mustahkamlash uchun jadvalda tavsiya etilgan uslub bo’yicha 
quyida muhimlik darajasini hisob-kitob qilishning bir necha usullarini keltiramiz: 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin