24
olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning
amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini
tekshirish.
Qonunda belgilangan ushbu huquqlar tekshiruv jarayonida zarur bo’lgan,
mijoz-korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni hech qanday
to’sqinliksiz to’liq hajmda olish imkonini beradi. Shuningdek, auditor ushbu
hujjatlarda aks ettirilgan mol-mulklarning haqiqatda mav-judligini va
majburiyatlar holatini tegishli usullar (inventarizatsiya qilish, qarama-qarshi
tekshiruv va h. k.) bilan tekshirish huquqiga ega. Mijoz-korxona esa auditor talab
qilgan barcha hujjatlarni to’liq hajmda taqdim etishi, mol-mulklar mavjudligi va
majburiyatlar holatini tekshirishga zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.
Auditorlik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo’yicha
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va yozma
tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo’lgan qo’shimcha
ma’lumotlarni olish.
Auditor tekshiruv jarayonida aniqlangan xato-kamchiliklar, xususan
kamchiliklar va ularning sabablari hamda moddiy javobgar shaxslardan yozma va
og’zaki tushuntirish oladi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvini boshlashdan oldin
ham moddiy javobgar shaxslar (kassir, omborchi va b.)dan belgilangan tartibda
tilxat oladi.
Shu bilan birga auditor zarur hollarda uchinchi shaxslar tomonidan yozma
tasdiqlangan axborotni xo’jalik yurituvchi sub’ektdan olishga ham haqli.
Ishonchli auditorlik xulosasi tuzishi uchun barcha axborotlar xo’jalik
yurituvchi sub’ekt tomonidan taqdim etilmagan hollarda auditor tekshiruv
o’tkazishdan bosh tortishi «Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzishdan
voz kechish to’g’risidagi arizasi» bilan rasmiylashtirishi mumkin.
Bulardan tashqari auditorlik tashkiloti zaruratdan kelib chiqib tekshiruvda
ishtirok etishga boshqa auditorlar va mutaxassislarni ham belgilangan tartibda
jalb etish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: