««xalqaro audit»



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
««xalqaro audit»1

Tayanch so’z va iboralar: 
 
1. Xalqaro auditorlik 
standartlari 
 
2. Umumiy malaka va 
etika standartlari 
3. Ob’ektlarining ish 
standartlari 
 
 
4. Xulosa standartlari 
 
 
 
 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Audit standartlari deganda nimani tushunasiz? 
2. Xalqaro audit standartlarini ishlab chiqish va tatbiq etish jarayoni deganda 
nimani tushunasiz? 
3. Audit standartlarining asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 
4. Audit standartlarining turlari: umumiy standartlar, ishchi standartlar, hisobot 
standartlari, maxsus standartlar xususida nimalarni bilasiz? 
 


43 
5-BOB. AUDITNING AXLOQ KODEKSI 
5.1. Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi 
Etika – bu biror-bir kishining yoki biror-bir professional guruhining axloq 
me’yorlari tizimidir. Auditorlik Axlok kodeksiga rioya qilish har bir auditorning, 
auditorlik firmasi xodimlarini va rahbarlarining oliy burchidir. 
Axloq me’yorlariga rioya etish oliy sifat, professional majburiyat va ma’naviy 
axloqiylikning ta’minlaydi va shu bilan birga, jamiyatda auditor kasbiga hurmat va 
ishonch tuyg’usi ortadi. 
Jahon miqyosida auditorlik etikasining vujudga kelishi va rivojlanishiga 
AICPA (Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti), GAAS (Dunyoda amal 
qilayotgan auditorlar standarti) va SEC (qimmatli qog’oz va birja operatsiyalarining 
baho komiteti)lari katta ta’sir ko’rsatib keladi. 
AICPAning «Kasbiy etika asoslari» auditorlarning ish faoliyatlariga katta ta’sir 
ko’rsatadi. Mazkur kodeks 4 qismdan iborat: kontseptsiya, o’zini tutish qoidalari, 
tushuntirishlar va etik me’yorlar. 
Kasbiy etika kontseptsiyasi auditorda mujassamlashuvi lozim bo’lgan bir necha 
xususiyatlar (sifatlar), ya’ni etik printsiplar tahlilidan iborat. Ular quyidagilardir: 
1. 
Mustaqillik, halollik va ob’ektivlik. Mustaqillik printsipiga ko’ra, auditor 
o’z faoliyatida mijoz, u yoki bu bank egasi, yoki boshqa shaxs manfaatlariga qarab 
ish tutmasligi lozim.
Mustaqillik auditorning eng muhim xususiyatlaridan biridir. 
Auditor faqatgina o’z xizmati vazifasini bajarishi davomida audit predmetiga 
nisbatan mustaqillikni saqlashigina emas, balki moliyaviy hisobdan foydalanuvchilar 
ham auditorning mustaqilligiga ishonishlari muhimdir. Ushbu ikki maqsad haqiqiy va 
tashqi mustaqillik deyiladi.
Halollik va ob’ektivlik printsipiga ko’ra, auditor dalillarni qasddan buzib 
ko’rsatmasligi, boshqalar fikrini o’zining fikriga bo’ysundirmasligi lozim. 
2. Audit sohasida chuqur huquqiy va iqtisodiy bilim malakasiga va yuqori 
texnik mahoratga ega bo’lish. Bu printsipga ko’ra, auditor o’z faoliyati davomida 
quyidagi standartlarga muvofiq ish yuritishi lozim: 


44 
- kasbiy chuqur malakalilik. Auditor buyurtmalarni kasbiy kompetentlik bilan 
bajarishiga ishongan taqdirdagina qabul qilishi lozim; 
- topshiriqni bajarish vaqtida auditor zarur kasbiy sinchkovlikni namoyon qilishi 
zarur; 
- auditor topshiriqning bajarilishini zaruriy tarzda rejalashtirish va nazorat qilishi 
zarur; 
- auditor bajarayotgan topshiriq bo’yicha xulosa va tavsiyalarni qonuniy va ilmiy 
asoslash uchun etarlicha ma’lumotlar to’plashi kerak. 
3. 
Mijozlar oldidagi majburiyat. Auditor o’zining mijozlari bilan sofdil va 
ochiq bo’lishi hamda ularga mumkin qadar yaxshiroq xizmat ko’rsatishi zarur; 
4. 
Kasbdoshlari oldidagi majburiyat. Auditor uyushma kasb vakillari bilan 
xushmuomala, mehribon bo’lishi, hamkorlik uchun sharoit yaratishi zarur; 
5. 
Boshqa majburiyatlar. Auditor o’z kasbi ustuvorligini yuqori ko’tarishi 
va bu kasb egalari qobiliyatlarini jamiyat manfaatlari uchun xizmat qilishga imkon 
beradigan darajada tutishi zarur. 
O’zini tutish qoidalari. AICPAning «Kasbiy etika kodeksi»dagi mazkur qismga 
har bir auditor bajarishi, zarur bo’lgan, aniq belgilab berilgan qoidalar kiritilgan. 
Jumladan, ular quyidagilardir: mustaqillik, halollik va ob’ektivlik; umumiy 
standartlar; audit standartlari; buxgalteriya hisobi tamoyillari; boshqa texnik 
standartlar; mijozlarning konferentsiya ma’lumotlari; ish uchun mukofotlash; reklama 
va ta’sir etishning boshqa usullari; birgalikda olib borib bo’lmaydigan mashg’ulotlar.
Axloq me’yorlariga rioya qilmaydigan auditorlar jamoasiga hurmatsizlik, 
ma’naviy hamda moddiy zarar etkazadi. 
Kodeksga muvofiq auditor kasbining maqsadi, asosan jamiyat ehtiyojlarini qondirish 
uchun, eng yuqori samaradorlikka erishish uchun oliy darajadagi professionalizm 
me’yorlariga mos ishlashdan iborat.
Auditorlar o’z mahoratidan foydalangan holda mijoz va ish beruvchi 
ko’rsatmalarini, agar ular qiziqqonliksiz, ob’ektiv va jamiyat amaliyotida bo’lganida 
mustaqillik talablariga mos ravishda puxta bajarishlari lozim. Bundan tashqari, ular 
texnik va professional standartlarga mos bo’lishlari lozim. 


45 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin