««xalqaro audit»



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
««xalqaro audit»1

Tayanch so’z va iboralar: 
 
1. Audit
 
2. Auditorlik faoliyati 
3. «Xalqaro audit tizimi» 
fanining predmeti 
 
4. «Xalqaro audit tizimi» 
fanining metodi 
5. Operatsion audit 
 
6. Moliyaviy hisobot 
auditi 
7. Mos keluvchanlik 
auditi 
 
 
 
 
Takrorlash uchun savollar: 
1. «Xalqaro audit tizimi» fani va uning ahamiyati nimada deb o’ylaysiz? 
2. Fanning qanaqa ob’ektlarini bilasiz? 
3. «Xalqaro audit tizimi» fanining qanday usullari mavjud? 
4. «Xalqaro audit tizimi» fanida analiz, sintez, induktsiya, deduktsiya va 
boshqa usullar qay tartibda qo’llaniladi?
5. «Xalqaro audit tizimi» fanining «Amaliy audit», «Moliyaviy hisob-2», 
«Boshqaruv hisobi-2», «Soliqlar va to’lovlar auditining xususiyatlari», «Buxgalteriya 
hisobining xalqaro standartlari» fanlari bilan qanday aloqasi mavjud? 
 


13 
2-BOB. XALQARO AUDIT TIZIMI VA UNING MODELLARI 
2.1. Xorijda auditorlik faoliyatining hozirgi holati 
Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan Evropa va Amerika mamlakatlarida auditorlik 
faoliyati ko’p asrlik tajribaga ega. Audit rivojlangan huquqiy iqtisodiyot va 
zamonaviy huquqiy jamiyat sifatida aynan Evropada shakllangan (uning tarixi juda 
katta bo’lib, alohida tadqiqot obekti bo’lishi mumkin). 
Auditning xalqaro nazariyasi va amaliyoti raqobatli kurash sharoitida yuzaga 
kelgan. Xalqaro amaliyotda bularning barchasi tegishli tadqiqotlar va keng ommaviy 
muhokamalar bilan birga olib borilgan. Natijada, hozirgi davrga kelib auditning 
mustahkam xalqaro huquqiy asosi yaratildi, uni tashkil etishning batafsil shakllari 
ishlab chiqildi, auditorlar uchun keng ko’lamdagi uslubiy materiallar nashr 
qilinmoqda va doimiy ravishda to’ldirib borilmoqda. Ularda auditorlik faoliyatining 
asosiy tushunchalari, terminlari va kategoriyalari ta’riflangan va turkumlangan. 
Respublikamizdagi auditorlik tashkilotlarining to’plangan tajribalarini o’rganish 
shuni ko’rsatmoqdaki, u yaqqol ifodalangan milliy xususiyatlarga ega. Shu bilan 
birga, xorijiy manbalardagi qoidalar O’zbekistonda auditorlik faoliyatining barpo 
bo’lishi va rivojlantirilishi uchun foydali hamda qiziqarli ekanligini ta’kidlash joizdir. 
Chunonchi, bizning respublikamizda ham xalqaro tajribani hisobga olgan holda 
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 1999-2003 yillarda 18 ta 
auditorlik faoliyati milliy standarti (AFMS) ishlab chiqildi va Adliya vazirligida 
ro’yxatdan o’tkazilib, auditorlik amaliyotida qo’llanilmoqda hamda ularni ishlab 
chiqish davom etmoqda. 
Xorijiy olimlar auditning dastavval G’arbda ham faqat buxgalteriya hujjatlari 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin