О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 4-kurs 015-53-guruh talabasi Eshmurodov Jaloliddinning Biotexnologiya fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Bajardi: Eshmurodov J
Qabul qildi: Suyunova G
Qarshi 2019- yil Mavzu:Entomopatogen preparatlar ishlab chiqarish biotexnologiyasi Reja: Kirish 1. Bakterial entomopatogen preparatlar
2. Entobakterin ishlab chiqarish texnologiyasi
3. Zamburug‘lar asosida olinadigan entomopatogen
preparatlar
4. Virusli entomopatogen preparatlar
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Hozirgi vaqtda o‘simlik zararkunanda hasharotlariga qarshi ko‘plab mikroorganizmlar majmuasi ajratib o‘rganilgan va bular asosida mikrob biopreparatlari tayyorlashning ilmiy asosi yaratilgan. Sanoat asosida ko‘plab preparatlar ishlab chiqarilmoqda va amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Shunday preparatlarni tayyorlash uchun bakteriyalar, zamburug‘lar va viruslardan foydalaniladi. Preparatlarni ishlab chiqarish texnologiyasi ham xilma xildir. Ularni ishlab chiqarishda mikroorganizmlarning fiziologiyasi va biokimyoviy xususiyatlari hamda preparat nima maqsadda qo‘llanilishi e’tiborga olinadi.
.
Bakterial entomopatogen preparatlar
Mikrob preparatlarini ishlab-chiqarishda quyidagi bir necha talablar qо‘yiladi:
ularning spetsifikligi, faqat ma’lum turdagi zarakunandalarga ta’sir qilib foydali xashoratlarga beziyonligi;
yuqori samarali ta’sir kuchiga ega bо‘lishi;
ishlab chiqarish va qо‘llashning qulayligi;
odam va hayvonlarga nisbatan xavfsiz bо‘lishi;
preparatning foydali xususiyatlarining uzoq saqlanishi;
uning yaxshi namlanishi va eritmasining barqarorligi;
о‘simlik bargiga va boshqa organlariga yopishqoqligi va u yerda uzoq vaqt saqlanishi va xakazo.
Dunyoda 50 ga yaqin о‘simliklarni zarakunanda xashoratlardan himoya qilish uchun mikrobiologik preparatlar yaratilgan. Shulardan kо‘pchilik preparatlar sporali entomopatogen Bacillus thuringiensis bakteriyasi asosida ishlab chiqariladi. Bakteriyalar - eng katta va keng tarqalgan mikroorganizmlar guruhi hisoblanadi. Bularning ichida Bac.thuringiensis entomopatogen bakteriyasi katta ahamiyatga egadir. Bu bakteriya birinchi marotaba XIX asrning 60-yillarida ipak qurtining kasallanganida Paster tomonidan kо‘zatilgan. U uni odatdagidan boshqa yadro hosil qiluvchi, qurtlarda kasallik qо‘zg‘atuvchi bakteriya sifatida yozadi va unga Bacillus bombicis deb nom beradi.
Keyingi vaqtlarda aniqlanishicha u yadro emas, balki oqsil kristalli-endotoksin ekanligi aniqlangan. 1911 yil Berliner bu bakteriya haqida tо‘liq ma’lumot berdi va uni Bacillus thuringiensis Berliner deb Tyuring (Germaniyada) viloyatining nomi bilan atadi, chunki u tegirmon kapalagidan (Ephistia kuchniella) ajratib olingan edi. Keyinchalik bu bakteriyaning namunaviy shtammlaridan ayrim xususiyatlari bilan farq qiladigan kо‘plab shtammlar ajratildi.
Bu batsilla boshqa bir qancha entomopatogen bakteriyalar qatori Bacillaceae oilasiga kiradi. Bacillus turkumi tayoqchasimon, spora hosil qiluvchi, grammusbat turlarni birlashtiradi, kо‘pchiligi harakatchan (xivchinlari mavjud) fakultativ va obligat (haqiqiy) aeroblardir. Kо‘pchiligi tuproqda tarqalgan. Bacillus thuringiensis о‘zining kо‘pchilik xossasi jihatidan Bac.cereus ga yaqindir. Shuning uchun ular bir guruhga birlashtiriladi.
Sun’iy yaratilgan muhitda va xashorat ichida yaxshi rivojlanadi. Bacillus thuringiensis ga qiziqish yildan yilga ortmoqda, chunki bakteriya juda kо‘p muhim xususiyatlarga ega: tez kо‘payadi; juda kо‘plab oziqa muhitlarida spora hosil qiladi; vegetativ о‘sishi tugagandan sо‘ng, faqat spora hosil qilibgina qolmasdan, zararkunanda xashoratlarni nobud qiladigan asosiy qurol-kristall holdagi endotoksin ham sintez qiladi.
Bu bakteriyaning ayrim shtammlari kristall holdagi endotoksindan tashqari о‘zining о‘sadigan muhitiga yuqori haroratga chidamli b-ekzotoksin va fermentlar chiqaradi. Bular hashoratlar uchun о‘ta zararlidir. Bu bakteriya turli xil texnologik monupulyatsiyalarga chidamli, separatsiyaga, vakuum-bug‘latishga, quritishning turli xil usullariga, substrat-tashuvchilar b(akteriyani о‘ziga biriktirib turuvchi vosita) bilan aralashtirishga va boshqalarga qulaydir. Quritilgan holatda tayyor preparat о‘zining dastlabki xususiyatini yо‘qotmasdan bir necha yillargacha (1-10 yillargacha) yaxshi saqlanadi.