Zamburug‘lar asosida olinadigan entomopatogen preparatlar Zamburug‘li entomopatogen preparatlar zararli xasharotlarda mikoz kasalligini tug‘dirish orqali ularning nobud bо‘lishiga olib keladi. Entomopatogen bakteriyalar va viruslarga nisbatan zamburug‘lar quyidagi о‘ziga xos xususiyatlarga ega :
nobud bо‘lish ovqat hazm qilish yо‘llari orqali emas, balki bevosita kutikula orqali ruy beradi;
xasharotlar о‘zining g‘umboy va imago rivojlanishi fazasida nobud bо‘ladiki, bu boshqa mikroorganizmlar bilan bо‘ladigan о‘zaro munosabatlarda kuzatilmaydi;
zamburug‘lar nisbatan tez о‘sishi va juda katta reproduktiv qobiliyatiga egaligi bilan xarakterlanadi, entomopatogen faolligini pasaytmasdan spora holatida uzoq vaqtgacha tabiatda saqlanishi mumkin;
ayrim xasharotlar turlarin nobud qilishda yuqori darajada spetsifik bо‘lib, binobarin ularning virulentligi sezilarli darajada ishlatiladigan zamburug‘larni shtammiga bog‘liq bо‘ladi.
Zamburug‘li preparatning xashoratga ta’siri sporalarning tana bо‘shlig‘iga teri orqali kirishidan boshlanadi. Xasharot tanasiga tushgan zamburug‘ sporasi о‘sib gifaga aylanadi, keyin mitseliyga, qaysiki ulardan gifali tanachalar entomopatogen zamburug‘larning infeksiyali birligini tashkil qiluvchi kopidiyalar ajralib chiqadi. Kopidiyalar о‘sib chiqqandan keyin to xasharotlar nobud bо‘lishigacha bо‘ladigan oraliq vaqt xasharotlar katta-kichikligiga qarab 2-8 sutkagacha davom etishi mumkin.
Beauveria avlodiga mansub zamburug‘lardan preparatlar olish ularning B.bassiana vuill (60 dan ortiq turdagi xasharotlarni nobud qiladi) va B.tenella Del. (10 dan ortiq turdagi xasharotlarni nobud qiladi) turlari asosida sanoat miqyosida preparatlarni ishlab chiqarishga asoslangan.
Hozirgi paytda B.bassiana(Bals).Vuill. ni gafolitseti konidiosporasini tashkil qiluvchi zamburug‘li entomopatogen preparat-boverin ishlab chiqarish keng yо‘lga qо‘yilgan.
Tayyor holdagi bu preparat oq yoki kremsimon kо‘rinishidagi poroshok bо‘lib, 1 gr. preparatda 1,5 dan 6 mlrd. gacha konidiosporalar mavjud. Sporalar bilan bir qatorda boverin faolligi zamburug‘da sintez qilinadigan toksin- boveritsin bilan ham belgilanadi. Bu preparatni qо‘llash dexqonchilikda qо‘llaniladigan kimyoviy preparatlarni 90% gacha qisqartirishga imkon beradi. Shu bilan birga preparat insonlar, issiq qonli hayvonlar uchun zararsizdir.
Boverinni sanoat asosida olish uchun ishlab chiqarish shtammini ham suyuq oziqada, ham qattiq oziqa muhitida о‘stirish mumkin. Konidiosporalar ishlab chiqarishda texnologik-iqtisodiy kо‘rsatkichlar suyuq oziqada о‘stirish bilan qattiq oziqa yuzasida о‘stirish usullarida deyarli о‘xshash bо‘ladi. Biroq, konidiosporalarni suyuq oziqa fazasida о‘stirish orqali olish oddiy ish emas, buning о‘ziga xos texnik noqulayliklari mavjud.
B.bassiana Vuill zamburug‘ini suyuqlik usuli orqali о‘stirilganda ular vegetativ kо‘payib, havo konidiosporalardan farq qiluvchi gonidiya (blastospora, silindraspora) deb nomlanuvchi gifali tana hosil qiladi. Hashoratlarga ta’siri yuzasidan gonidiyalar, konidiyalardan qolishmaydi, ammo ishlab chiqarish sharoitida gonidiyalar asosida yuqori faollikka ega preparatlar olish imkoni yо‘q, chunki ular konidiylarga nisbatan quritish bosqichidagi yuqori haroratga о‘ta darajada sezgir va chidamsizdir. An’anaviy yuqori haroratda purkab quritgich moslamalarda boverin ishlab chiqarishda preparatlar quritilganda 90% gonidiospora va 20-50% konidiospora nobud bо‘ladi.
Shuning uchun quritilgandan sо‘ng sporalar yashovchanligi va ularning virulentligiga kо‘ra boverin ishlab chiqarishda e’tibor konidiospora miqdorini maksimal darajada olishga yо‘naltirilgan. B.bassiana Vuill zamburug‘ini suyuq oziqada о‘stirish orqali konidiospora olish muammosi oziqa muhiti va fermentatsiya sharoitini tanlash muammosi hal qilinganda yechildi.
Suyuq oziqada о‘stirish usuli orqali boverin olish texnologiyasi Bu usulda boverin olish qat’iy aseptik sharoitda olib boriladi. Bunda eng asosiy va zarur bosqichlardan biri bu ekish materialini olish texnologiyasini tanlash hisoblanadi. Agarli kosyaklarda Sabur yoki pivo suslosi oziqa muhitlarida saqlanayotgan tabiiy shtamm dastlab kolbalarda 25-2800C haroratda 3-4 kun mobaynida suyuq oziqa muhitida aralashtirgichda о‘stirib olinadi. Olingan konidiosporalar liofilizatsiya usulida quritiladi. Bunday ekish materialini 1 yilgacha о‘zining yashovchanligi va virulentligini yо‘qotmasdan saqlash mumkin.
Fermentyorga oziqa muhitiga ekish materialini ekish ikki bosqichda: dastlab kulturalarni kolbalarda о‘stirib olish, keyin inokulyatorda yoki tо‘g‘ridan tо‘g‘ri inokulyatorda о‘stirish. Orqali olib boriladi Asosiy uskunada ekilganda ekish materiali oziqa muhitining 2-10% nisbatda hajmni tashkil etishi talab etiladi. Sanoat asosida о‘stirishning barcha bosqichlarida bir xil oziqa muhiti, tarkibi va harorat turli xil shtammlarga muvofiq ravishda qо‘llaniladi.
Oziqa muhiti tarkibida odatda: (%) lizirlanmagan oziqa achitqisi-2; kraxmall-1; natriy xlor-0,2; marganets xlor-0,001; kalsiy xlor -0,005 miqdorda bо‘ladi. Oziqa muhitiga barcha komponentlar solingandan sо‘ng, oziqa muhiti rN kо‘rsatkichi 4,5-5,6 gacha bо‘lishi kuzatiladi. Sporali ekish materialini о‘stirish 25-280C haroratda 25-28 soat mobaynida olib boriladi.
О‘stirishning davomi shu haroratda asosiy fermentyorda 3-4 kun olib boriladi. Zamburug‘larni ekish moslamasida va ishlab chiqarish fermentyorlarida о‘stirish doimiy aralashtirish va doimiy bir xil aeratsiya sharoitida olib boriladi. Bunga sabab foydalanilayotgan shtammga bog‘liq holda havo о‘zlashtirilishi keskin о‘zgarib turadi: bir minutda oziqa muhiti 1 hajmdan 2,5 hajmgacha о‘zgarishi mumkin.
Asosiy moslamada ishlab chiqarishda oziqa muhiti aminli azot saqlashi katta ta’sir kо‘rsatadi, uning yetishmasligi kulturaning о‘sish tezligini keskin sekinlashtiradi va konidiosporalar hosil bо‘lish foizini pasaytirib, gonidiy hosil bо‘lishini keskin oshirish qobiliyatiga ega. Oziqa muhitida aminli azotning mо‘tadil miqdori 10-15 mg foiz hisoblanadi. Suyuqlikda zamburug‘ni о‘stirishning birinchi 1-1,5 sutkasi davomida oziqa achitqisi tо‘liq lizis bо‘ladi, zamburug‘ esa bu vaqtda о‘zining barcha о‘sish fazalarini bosib о‘tgan bо‘ladi (mitselialli, gonidialli, konidialli).
Oziqada oqsil mahsulotlari saqlanishi konidiy hosil bо‘lishining bir qadar yaxshilanishini ta’minlaydi. Zamburug‘ni tо‘liq voyaga yetishi yakunlanganda mitseliy lizisi va konidiy tо‘planishni ta’minlashga olib keladigan maksimal darajada fermentlar ajratadi. Kultural suyuqlikda konidiosporalar hosil bо‘lishi produsent-shtamm tabiatiga va uni о‘stirish sharoitiga bog‘liq holda 1 ml da 0,3 dan 1,3 mlrd. gacha о‘zgarib turishi mumkin.
Bunda bu kultura 90-92% konidiospora, 3-5% miqdorda gonidiy hosil qiladi, mitselliy tо‘liq bо‘lmaydi. Tayyor kultural suyuqlik separatsiya yoki filtratsiya usulida chо‘ktiriladi. Filtrlangandan keyin 70-80% namlikdagi, 6-8 mlrd. spora titri bо‘lgan pasta olinadi va u yuqori haroratda purkab, quritish moslamasiga о‘tkaziladi.
Quritilgan sporalar kichik zarrachasimon kukun kо‘rinishda 10% namlikda bо‘lib 1 grammda 8-109 gacha hujayra titri saqlaydi. Olingan kukunning LK50 kо‘rsatkichi aniqlangandan sо‘ng (letal miqdori, test-hashoratni 50% nobud qilishi zarur) muvofiq ravishda kaolinda standartlanadi. Tayyor preparatga ba’zan qо‘shimchalar yopishuvchi xususiyat beradi.