Узбекистон Республикаси Олий ва Урта махсус



Yüklə 1 Mb.
səhifə2/5
tarix29.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104916
1   2   3   4   5
Entomopatogen preparatlar ishlab chiqarish biotexnologiyasi

Bacillus thuringiensis ning hamma kо‘rsatilgan sifatlari uni о‘simliklarni zararli hashoratlardan saqlash vositasi sifatida birinchi о‘ringa chiqardi. Entomopatogen bakteriyalarda virulentlik va ferment faolligining bog‘liqligi va shtammning yuqori virulentlikka ega bо‘lishida S-fosfalipaza fermenti alohida о‘rin tutishi aniqlangan. Bac.thuringiensis bakteriyasining maxsus S-fosfalipaza bilan patogenlik xususiyati orasidagi bog‘liqligi о‘rganilgan va S-fosfolipaza Bac.thuringiensis bakteriyalarining entomotsid ta’sirida asosiy faktor hisoblanadi degan xulosaga kelingan. Bu haqda Bolgariyalik olimlar A.Ivanov va boshqalar (1990) о‘z tadqiqotlarida Bac. thuringiensis bakteriyalarining S-fosfolipaza ajratishi, uning spetsifik xususiyati va n-nitrofenil-fosforilxolinni gidrolizlashi va entomopatogen xususiyati tо‘g‘risida ma’lumot berishgan.
Y-ekzotoksin- bu toksinning tabiati hozirgacha tо‘liq aniqlanmagan. Bu toksin entomocidus kulturasida uchraydi (Bac.thuringiensis VI serotip).
Kristall oqsilli b-endotoksin- yoki juft sporali kristalli endotoksin bakteriyaning spora hosil qilish jarayonida hujayraning bir qismida spora shakllangandan sо‘ng hosil bо‘ladi, hosil bо‘lgan kristall tо‘g‘ri sakkiz qirrali kо‘rinishga ega bо‘ladi. Kristallarni sintez qilish kulturaning statsionar fazasida taxminan uch soat davomida kechadi.

Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasi hosil qiladigan spora (s) - kristallari (c) shakllari

Hujayrada turli kо‘rinishdagi bir nechta kristallar hosil bо‘lishi mumkin (tо‘g‘ri bipiramidal, rombsimon, kubsimondan ovalsimongacha). Ularning о‘lchamlari 0,5-1,3 dan 1-3,5 mkm gacha va hattoki submikroskopik kо‘rinishigacha kichrayishi mumkin. Ular organik eritmalarda erimaydi, biroq sporadan ajralishi mumkin, pH kо‘rsatkichi yuqori ishqoriy (pH-11,5 dan yuqori) sharoitda yaxshi eriydi va qaytaruvchi ishqoriy bufer ishtirokida (pH 7,9-9,5) ularning erish darajasi ortadi. Kristallar 1000C haroratda 30-40 minut qizdirilganda о‘zining zaharlilik xususiyatini yо‘qotadi.


Ilmiy adabiyotlarda qayd qilinishicha kristallar oqsillardan tuzilgan bо‘lib ularning aminokislotalar tarkibi turli shtammlarda bir -biriga juda yaqindir. Kristall oqsillar kimyoviy tabiatiga kо‘ra sporalar qobiqlarining oqsili bilan yaqindir. Adabiyotlarda sporalar hujayra qobig‘ida ortiqcha ishlab chiqarilgan oqsildan hosil bо‘ladi degan nazariyalar ham mavjud.
Dunyoda ushbu preparatlarni ishlab chiqarishning 20 ga yaqin sanoat shakllari yaratilgan, bularni hammasining asosida Bac.thuringiensis ning u yoki bu turlari yotadi. Asosan sanoat asosida quyidagi turlardan foydalaniladi: Bacillus thuringiensis var. thuringiensis, kurstaki, galleriae, dendrolimus, israelensis.




Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin