YENGIL SANOAT VA TOʻQIMACHILIK FAKULTETI
77-21 GURUH QXMT YONALISHI TALABASI
ABDULLAYEV MIRJALOLNING
AGROBIOTEXNOLOGIYA FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU:
O`SIMLIKLARNI HIMOYA QILISHDA BIOTEXNALOGIYASI
REJA:
KIRISH
O`simliklarning himoya qilish
II.ASOSIY QISM
1.O‘simliklarning zararkunanda hasharotlariga qarshi kurashda bakteriya, zamburug‘ va virusli entomopatogen preparatlar.
2.Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini kasalliklariga qarshi kurashda mikrob-antagonistlarini qo‘llash.
3.Mikrob antagonistlari turlari. Mikrob antagonistlarini fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari.
4.O‘simliklarning asosiy spetsifik kasalliklariga nisbatan mikrob antagonistlarning ta’siri.
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik ekinlarining katta qismi- 30% ga yaqini zararkunanda va hasharotlar hisobiga nobud bo‘ladi. O‘simliklar himoyasi bo‘yicha mutaxassislarni madaniy ekinlarning kasallik, zararkunandalari va begona o‘tlariga qarshi kurash borasidagi barcha urinishlari kutilgan natijalarni bermayapti, Shuning uchun o‘simliklarni himoya qilishdagi dolzarb muammolarni hal etishda tubdan yangilangan usullar va yo‘nalishlarni izlash lozim. Bunday muammolarning yechimini topishda biotexnologiyaning o‘rni g‘oyatda muhimdir. Masalan, ajratib olingan to‘qima va organlar kulturasidan foydalanish, o‘simlikshunoslikda katta hajmdagi sog‘lomlashtirilgan ekish materiallarini olish imkonini beradi. Biotexnologiyaning mazkur soha bo‘yicha erishgan yutuqlari bilan bir qatorda, qishloq xo‘jalik ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoya qilishda an’anaviy biologik va kimyoviy kurash choralarini ham inkor etib bo’lmaydi. Hozirgi zamon biotexnologiyasining rivojlanishi tufayli insektisid viruslarni ishlab chiqarish va ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ularni keng hajmda ishlab chiqarish va hayvon hujayralarida o‘stirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, o‘simliklarni biologik yo‘l bilan himoya qilish deganda tirik organizmlar yoki ularning faoliyati mahsulotlaridan zararkunanda organizmlar yetkazadigan zararning oldini olish va kamaytirish maqsadida foydalanish tushuniladi. O‘simliklarni himoya qilishda turli xil zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish natijasida hasharotlarda ularga nisbatan ko‘nikish paydo bo‘ladi. Bundan tashqari kimyoviy preparatlar maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatmasdan, foydali hasharotlar va mikroorganizmlarga bir xilda zararli ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarni himoya qilishda kimyoviy usullarni qo‘llashning asosiy kamchiliklarini bartaraf etishda biotexnologik usullariga katta e’tibor qaratilmoqda. Biotexnologiya o‘simliklarni himoya qilishda viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda hayvonlar va hasharotlar, shuningdek, tirik organizmlarning biologik faol moddalari (antibiotiklar, gormonlar, feromonlar va h.k) ishlab chiqarish texnologiyalari bilan shug‘ullanadi. Shunday qilib, mutaxassislarni o‘simliklarni himoya qilish borasida tegishli vositalardan foydalanish muammosi qiziqtirsa, biotexnologlarni ularni ishlab chiqarishni qanday tashkil etish muammosi qiziqtiradi. Bu yerda shuni ham qayd etish lozimki, bakteriya va zamburug‘larni o‘simliklarni himoya qilish maqsadida yetishtirish, turli xil moddalar, masalan, antibiotiklarni olish borasidagi ishlanmalardan tubdan farq qilmaydi. Shu bilan birga biotexnologiya va gen muhandisligi o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |