8-mart “Xalqaro hotin-qizlar bayrami” tadbir senarisi 1) Shumbola 8- mart prikol video proektrda qo’yiladi
Boshlovchi: Bahornining ilk kunlari bayramdir sizga
Bahor kabi beg’ubor mushtipar ayol,
Bo’ling doimo salomat siz bahtimizga,
Siz bilan hayot shirin,shirindir hayol.
Assalamu aleykum aziz ayollar sizlarni 8-mart butun jahon xotin qizlar bayrami bilan, Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq Filiali O’qituvchilari, talaba qizlari va hodimlarini chin dildan tabriklaymiz. Tadbirni ochib berish uchun sahnamizga filialimiz Direktorini Alisher Samadov Usmonovichni taklif etamiz.
Boshlovchi: Qalbingiz xamisha quvonchga tolsin!
Shodlik baxt doimo xamroxiz bolsin!
Xar bir kuningizga Ollox fayz bersin!
8 mart muborak bolsin!
Endilikda navbatni yigitlarimiz tomonidan tayorlangan viloyatlarimizning milliy raqslariga beramiz.
1) Xorazim (lazgi)
2)Buxoro, Navoi va Samarqand (Buxorocha)
3)Surxandaryo Qashqadaryo (surxoncha)
4) Jizzax, Sirdaryo Toshkent vilayati (milliy raqs)
5) Vodiy Andijon, Farg’ona va Namangan ( Anjon polka)
6)Toshkent shahri
Boshlovchi:Bahtlarning ulug’in sizga tilarman,
Jon desa siz uchun jonim berarman.
Unutmang yurakdan aytgan sozlarim ,
Sizni tanimdagi jon deb bilarman.
8-mart bayramingiz muborak.
Huddi shunday ko’tarinki kayfiyatda davom etamiz.Endigi navbatni hammamizga tanish bo’lgan “Kelinlar qo’zg’oloni” spektakilidan parchani filialimiz o’g’ilbollari ijrosida tadbiq etamiz.
Boshlovchi: Erta bahor gullagan binafsha misol,
Konglingiz doim begubor bolsin.
Yangi ochilgan gul "Lola" misol,
Lablarizda doim tabassumbolsin.
Dildan ezgu tilaklarim sizgadirtanxo.
Tadbirimiz a’lo tarizda otayotgani sizlarning tabasumlariz orqali bilishimiz mumkin. Keling endi navbatni go’zal taronaga bersak.Kutib oling _________________________________________
Boshlovchi: Muborak ayyomning tiniq tongiday,
Musaffo ranglarga tolganda borliq.
Xushboy tabiatning yeti rangiday,
Osmon gardishida qolganda yorliq.
Eng porloq tuygularni tilayman sizga,
Eng shirin orzularni tilayman sizga.
Yuqori kayfiyatda sizlar uchun tayorlangan chiqishlarimizni davom etiramiz. Sahnaga 11b 20 KT guruh talabalari tomonidan tayorlangan kiliblar kalleksiyasiga bersak.Marhamat tomosha qiling.
Boshlovchi: Go’dakligimdan katta qildingiz
Tebratib beshig alla aytingiz
Goxo kunlari, goxo saxarda
Gox kanda qildingiz choyiz saxarda
Dedingiz bolam tinglagin allam
Sening baxtinga tinch bo’lsin olam
“Ollox” – dedingiz tinglagin nolam
Xechqachon kasal bo’lmasin bolam.
8-mart kuni o’z onasiga bolaligida tabrik yozib, bog’dan gul terib tabriklamagan inson bolmasa kerak. Kattarib nima o’zgardiki shu beg’uborligimizda, bolaligimizda qilgan onamizga etiborni bera olmasak.Jannat onalar oyog’i ostidadur. Hozir etiboringizga 2 bosqich talabalari tomonidan tayorlangan sahna ko’rinishiga beramiz.
Boshlovchi: Har bir boshlanishning yakuni ham bo’ladi. Shu bilan biz o’z tadbirimizni go’zal tarona “Muqadassan ayol” taronasi bilan yakunlaymiz. Etiboringiz uchun Rahmat. Bayramingiz muborak bo’lsin.