"Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnali maxsus son, 2022
159
Jamoa bo‘lib ishlashda hamkorlik va o‘zaro hurmat qoidalariga amal qilishni o‘rganishadi.
Ularda o‘z-o‘zini baholash, teran fikrlash kabi kompetentsiyalar shakllanadi.
So‘nggi yillarda tadqiqotchi va olimlar tomonidan darslarni noan’anaviy usullar, ilg‘or
pedagogik texnologiyalar va AKTdan foydalanib o‘tishning qulayligi va samaradorligini amalda
ko‘rsatish maqsadida juda muhim ilmiy izlanishlar va tadqiqot
ishlari olib borilyapti va
urinishlar o‘zining sezilarli darajadagi natijalarini ko‘rsatmoqda. Quyidagi maqolalarda ham bir
qator mavzularni qiziqarli o‘tish bo‘yicha bir qator tavsiyalar ishlab chiqilgan [6-11].
[6] maqolada matematika fanini o‘qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalar va AKTdan
foydalanishning qulay va samarali usullari haqida, ayniqsa murakkab va yuqori darajali
tenglamalar sistemasini yechishda Excel amaliy dasturidan foydalanish
usullari va qulayliklari
haqida fikr yuritilgan.
[7] maqolada ko‘pgina darslarda, ayniqsa matematika darslarida har qanday
murakkablikdagi masalalarni yechishda kompyuterdan foydalanish qulay va osonligi, hisoblash
jarayonlarida vaqtning tejalishi, aniq yechimga erishish kabi fikrlar EHM yordamida π sonining
qiymatini hisoblash orqali aniq va yaqqol tushintirilgan.
[8] tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha o‘quvchilar yuqori
darajali tenglamalarni
yechishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yishadi. Ushbu maqolada bu mavzuga doir turli xil
topshiriqlarni bajarishning oson va qulay usullari aytilib, ular misollar yordamida tushintirib
o‘tilgan va mavzuga doir barcha turdagi misollarni yechish uchun kerakli qoidalar va formulalar
tavsiya etilgan.
[9] maqolada AKTning ta’lim jarayonida tutgan o‘rni haqida ba’zi mulohazalar
yoritilgan. «Oliy matematika» fanida «Hosila» mavzusini o‘qitishda
axborot kommunikatsion
texnologiyalardan samarali foydalanish usullari haqida qisqacha ma’lumot berilgan. Fanni
o‘qitishning maqsad va vazifalariga ham to‘xtalib o‘tilgan. AKTdan foydalanishning qulayliklari
yoritilgan.
[10] maqolada innovatsion texnologiyalar yordamida sonning logarifmi va asosiy
qoidalari mavzusini o‘tish bo‘ycha maktab o‘qituvchilari uchun har bir guruhga nazariy
darslarda o‘tilgan mavzulardan misollar keltirilib, bumerang texnologiyasidan
foydalanish
ko‘rsatib berilgan.
[11] maqolada bir qator nazariy va mantiqiy asoslar taqdim etilgan, ularsiz ko‘rsatkichli
tenglamalar va tengsizliklarni to‘g‘ri yechish imkonsizligi ta’kidlangan. Ko‘rsatkichli
tenglamalarning tipik variantlari va tengsizliklar, shuningdek, bunday muammolarni hal qilish
bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
[12] www.buxdu.uz saytining https://uniwork.buxdu.uz platformasida ham o‘nli kasrlarni
qo‘shish va ayirish mavzusini interfaol usullar va aktdan foydalanib o‘tish
haqida bir qator
foydali tavsiyalar berilgan.
Dostları ilə paylaş: