2
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad –talabalarda iqtisodiyotni zamonaviy axborot -kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilanmuloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etishning imkoniyatlari, afzalliklari, dasturiy va texnologik ta’minoti, zamonaviy texnik vositalar, operatsion tizimlar va zamonaviy dasturlarda axborotlarni qayta ishlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama tanishtirishdan iborat.
Fanning vazifasi – nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, kata hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va unda bulutli texnologiyalarni qo’llash, axborot tizimlari va texnologiyalari xavfsizligini ta’minlashning strategik yo’nalishlari, raqamli iqtisodiyotning blokcheyn texnologiyalari bilan amallarni bajarish, biznes muhitlarda biznes axborot tizimlarining faoliyat yuritishi, elektron biznesni yuritish yo’llari va ulardan samarali foydalanishning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu.“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” faniga kirish
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar faninig ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Fanning tarkibiy tuzilmasi. Raqamli iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning roli va vazifalari.
2-mavzu. Axborot texnologiyalarning infratuzilmasi
Axborot texnologiyalari infratuzilmasining komponentlari. Iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalaniladigan axborotlarni kiritish, chiqarish va saqlashning zamonaviy qurilmalarning turlari. Biznesda qo’llaniladigan kompyuterlar turlari. Texnik vositalarni rivojlanish tendensiyalari.
3-mavzu. Iqtisodiyotda foydalanadigan dasturiy mahsulotlar
Iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalanadigan dasturiy mahsulotlarning tasnifi va vazifalari. Microsoft Windows, Apple Macintosh, Unix va Linux operatsion tizimlarining umumiy ta’rifi. Mobil operatsion tizim Android, Windows va iOS ta’rifi. Biznesda foydalaniladigan amaliy dasturlar. Dasturiy mahsulotlarni rivojlanish tendensiyalari.
|