Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning nazariya va amaliyotini о‘rganish paytida biz jahon xо‘jaligi degan tushunchaga duch kelamiz. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning obyektiv asosi bо‘lgan jahon xо‘jaligi XIM nazariya va amaliyoti tadqiqotining maxsus о‘rganish obyekti emas. Ammo u, XIM muammolarini kо‘rib chiqishda muhim komponent hisoblanadi.

Tashqi bozorga yuz tutgan kо‘plab qarama-qarshiliklar va turlicha tendensiyalarni saqlab qolgan holda XXI asr bо‘sag‘asidagi jahon xо‘jaligi XX asr о‘rtasidagi jahon xо‘jaligidan solishtirib bо‘lmaydigan darajada kо‘proq ajralmas, integratsiyalashgan va dinamikdir.

Zamonaviy Jahon xо‘jaligining xarakteri qanaqa, uning о‘ziga xosligi nimada, kо‘rsatkichlari va rivojlanish omillari qanaqa?
XXI asr bо‘sag‘asidagi Jahon xо‘jaligi - о‘z miqyosiga kо‘ra globaldir; u tо‘liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi.