Bankning aksiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlar Bank aksiyalari egasining nomi yozilgan hujjatsiz emissiyaviy qimmatli qog’ozlar bo’lib, ular turiga ko’ra oddiy va imtiyozli bo’ladi.
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi aksiyalar bo’lib, ular o’z egasiga dividendlar olish, Bankni boshqarishda ishtirok etish huququni beradi.
O’z egalariga dividendlarni, shuningdek Bank tugatilayotganda aksiyalarga qo’yilgan mablag’larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar Bank ustavining 20 (yigirma) foizdan ortiq bo’lmagan miqdorda, qoida tariqasida jismoniy shaxslar o’rtasida joylashtiriladi.
Bankning aksiyalarining nominal qiymati 19 (o’n to’qqiz) so’m tashkil qiladi.
Bankning foydasini taqsimlash va dividendlarni to’lash Bankning foydasi operatsiyon harajatlar, moddiy va ularga tenglashtirilgan harajatlar, shuningdek aktivlar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlar zahirasini chegirma qilgan holda bank faoliyatining barcha turlaridan keladigan tushumdan tashkil topadi.
Bank o’zining sof foydasini taqsimlashda to’liq xujalik mustaqilligiga ega.
Dividend jamiyat sof foydasining aksiadorlar o’rtasida taqsimlanadigan qismidir.
Aksiyalarning har bir turi bo’yicha dividendlar to’lash, dividendning miqdori, uning to’lash shakli va tartibi to’g’risidagi qaror Bank Kengashining tafsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida audetorlik hulosasi mavjud bo’lgan taqdirda, moliyaviy hisobot malumotlari asosida Aksiadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Dividendlar birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo’yicha, so’ngra oddiy aksiyalar bo’yca to’lanadi.
Bank dividendlarning miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda elon qilinadi.
Aksiadorlarning umumiy yig’ilishi, Bank Kengashi va Bank Boshqaruvi Bankning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Xayriya faoliyati 2021 yilda bank tomonidan hukumat qarorlari va farmoyishlari asosida jami 56,5 mlrd. so'm miqdorida homiylik mablag'lari ajratildi.
Ushbu homiylik mablag'lari mamlakatda qadimdan milliy qadriyat sifatida rivojlanib kelayotgan kulolchilik an'analarini asrab-avaylash, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida, qurilish materiallari va sanoat sohasida yangi tizimni joriy qilishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish ishlariga, bankka biriktirilgan tumanlarda istiqomat qilayotgan kam ta'minlangan oilalar, boquvchisini yo'qotganlar, nogironlar, yolg'iz qariyalar va imkoniyati cheklangan fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, uy-joylarini ta'mirlashga ko'maklashish hamda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida, Toshkent shahridagi mahallalar hududini obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish va mahallalar qiyofasini yaxshilash, Samarqand shahridagi Farhod qo'rg'onidan Hazora mahallasigacha bo'lgan temir yo'l atrofidagi asosiy yo'nalishga tushgan yo'llar atrofini obodonlashtirish, ko'chmas mulk ob'ektlarini milliy arxitekturaga moslashtirish ishlari uchun, Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash kabi maqsadlarga ajratilgan.