Abru, albat, armug’on, bazmaro, balqimoq, bahoriston, boda, bo’ston, gavharafshon, giryon, gulbahor, guliston, gulro’, gulshan, debocha, dilafro’z, dilxona, dolg’a, durafshon, duto, jahonbaxsh, jondosh, jo’shmoq, jo’shqin, kabk, kuylamoq, libos, lolagun, lo’livash, maygun, mardonavor, mastona, mahvash, mahpora, moviy, moh, mujda kabi xoslangan
so‟zlar lug‟atlarda poetizmlar nomi bilan yuritiladi.
Ma‟lumki, yozuvchining til mahorati, eng avvalo, sinonimik birliklar ustida
ishlash mahoratidir. Sinonimik qatordan mos, kerakli birlikni tanlab olish
ekspressivlikni, subyektiv bahoni aniq ifoda etishning eng to‟g‟ri yo‟li bo‟lganligi
tufayli u badiiy adabiyotda zarur lingvistik vosita sanaladi. Buning ustiga tilda
sinonimik variantlar borligi uchun uslubiy me‟yorni belgilash imkoniyati mavjud.
Frazeologizmlar mohiyat e‟tibori bilan asosan so‟zlashuv va badiiy nutq
mevasidir. Ulardagi boshqa uslubga xos chegaralanishlar esa ma‟lum muddat
keyin yuzaga keladi. Masalan, birgina
o’lmoq ma‟nosini anglatadigan yuzga yaqin
frazeologizmlar sinonimik qatorining paydo bo‟lishi ularning vazifaviy
chegaralanish imkoniyatini tug‟diradi. Masalan bu tizimga kiradigan
olamdan o’tmoq, dunyodan o’tmoq, omonatini topshirmoq, qulog’i ostida qolmoq, jon bermoq shakllari so‟zlashuv uslubida ishlatilsa,
vafot etmoq, hayotdan ko’z yummoq, dunyodan ko’z yummoq, hayot bilan vidolashmoq kabilar ilmiy,
13. K a r i m o v S. O‟zbek tilining badiiy uslubi.- Samarqand, 1992, 77-96-betlar
14 B e g m a t o v E. O‟zbek tili leksikologiyasi, 186-bet.