Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mavzu: uslublar tasnifi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/22
tarix15.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#155662
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
nutq uslublari



XALQARO JURNALISTIKA NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI 
 
 
 
MAVZU:
 
USLUBLAR TASNIFI 
 
BAJARDI:
202-guruh talabasi Muxtor ABDULLAYEV 
ILMIY RAHBAR:
F.F.N. katta o’qituvchi Feruza HAYITOVA 


REJA: 
I. Kirish: 
 
 
 
1) Uslub haqida umumiy ma’lumot 
II. Asosiy qism: 
1)
 
Rasmiy uslub 
2)
 
Ilmiy uslub 
3)
 
Ommabop (publisistik) uslub 
4)
 
Badiiy uslub 
5)
 
So’zlashuv uslubi 
6)
 
 Uslubni yaratuvchi vositalar 
III. Xulosa.


 
 
KIRISH
O‟zbek tilshunosligining nisbatan yangi sohasi sanaladigan stilistika - 
uslubshunoslik til birliklarining aloqa vositasi sifatida muomala jarayonida turli 
soha va vaziyatda qo‟llanishi, nutqni tashkil qilish qonuniyatlari, til tizimidagi 
barcha vositalarning nutq jarayonidagi imkoniyatlari va ma‟no nozikliklarini 
aniqlash bilan shug‟ullanadi. «Stilistika – tilda mavjud bo‟lgan barcha vositalar – 
leksik, grammatik, fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish zarurligini, 
ma‟lum bir tipdagi forma, so‟z va konstruksiyalardan qaysi birini qo‟llash muvofiq 
ekanini, yaxshi va eng muvofiq vositasini tavsiya etadi, norma qilib belgilaydi, 
nutqning turli stilistik qatlamlarida qo‟llanadigan vositalarni belgilab beradi, 
Shunga ko‟ra, stilistika so‟z san‟ati, ifoda vositalar haqidagi alohida bir fandir» 
Tildagi ana shunday muammolar bilan shug‟ullanadigan uslubshunoslikning 
quyidagi yo‟nalishlari mavjud: 
1. Tilning leksik resurslarini o‟rganuvchi yo‟nalish. 
2. Funksional stilistika – vazifaviy uslubshunoslik. 
3. Badiiy adabiyot uslublari. 
4. Amaliy uslubshunoslik. 
Mavzu nuqtai nazaridan bu o‟rinda bizni vazifaviy uslubshunoslik 
qiziqtiradi. Kishilar o‟z ijtimoiy faoliyatlarida tildagi barcha vositalardan – fonetik, 
grammatik, leksik, frazeologik birliklardan foydalanganlarida, avvalo ularni o‟z 
ehtiyojlaridan kelib chiqib, nutq mavzusiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va 
qo‟llaydilar. Tilimizdagi vositalarning bir nechalab ko‟rinishlarga ega bo‟lishi, 
sinonimik rang-baranglik shunday yo‟l tutishga imkon beradi. Mana shu tanlash 


nutq jarayonida til birliklarining o‟ziga xos uslubiy chegaralanishini taqozo qiladi. 
Til birliklarini ijtimoiy muhitda tanlab ishlatish zarurati va ularni tilshunoslikda 
ilmiy-amaliy 
tahlil 
qilish 
uslubshunoslikda 
yangi 
sohani 
– vazifaviy 
uslubshunoslikni vujudga keltirdi. 
O‟zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish ikki omilga – til va 
tildan tashqarida bo‟lgan omillarga tayanadi. Bu uslublarning N.A.Baskakov, 
A.Sulaymonov, 
A.Shomaqsudov, 
G‟.Abdurahmonov, 
B.O‟rinboyev, 
S.Muhamedovlar tomonidan tavsiya etilgan variantlari mavjud bo‟lib, ularda 
asosan beshta uslub – so‟zlashuv, ommabop, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar 
e‟tirof etiladi. 
Ular haqida bilimga ega bo‟lish o‟quvchilarga ona tilimizning nutq 
jarayonidagi imkoniyatlarini o‟rganishga ko‟maklashadi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin