ma’muriy javobgarlik, fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, gumondor, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, jabrlanuvchi bilan yarashuv va boshqalar.
Ish qog‟ozlari va hujjatlarning xilma-xilligiga qarab ularga oid atamalarning
me‟yorlashuvi va chegaralanuvi ham kuzatiladi. Qiyos uchun diplomatik
munosabatlar doirasidagi so‟z va iboralarga ko‟z yugurtiraylik :
ahdlashuvchi oliy tomonlar, elchi, elchixona, muxtor elchi, muxtor vakil, ishonchli vakil, nota, ratifikasiya, shartnoma, bayonot, qo’shma bayonot, deklarasiya, tashrif, qarorgoh
kabilar.
Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so‟zlashuvga xos so‟zlar, emotsional-
ekspressiv bo‟yoqqa ega bo‟lgan so‟zlarning ishlatilishi me‟yor sanalmaydi va shu
jihati bilan boshqa uslublardan keskin farq qiladi.
Rasmiy uslubning grammatik me‟yori ham alohida xususiyatlarga ega.
Masalan, ot so‟z turkumiga oid so‟zlar ko‟p ishlatiladi. Noaniqliklarga yo‟l
qo‟yilmaslik maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi:
O‟zbekiston “Respublikasi o‟z taraqqiyot yo‟lini, o‟z nomini aniqlaydi, o‟z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‟i, madhiyasini ta‟sis etadi, o‟z davlat tilini belgilaydi. O‟zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir”. 3
Bu uslubda fe‟lning harakat nomi shakli faol qo‟llaniladi, gapning kesimi
ko‟pincha hozirgi zamonning majhul nisbatida ifodalanadi, hujjatning xarakteriga
qarab shart mayli shakliga tez-tez murojaat etiladi. Masalan, «O‟zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasining «O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
mutlaq
vakolatlari»
haqidagi
78
–
moddasida
o’zgartish va qo’shimchalar