Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mavzu: uslublar tasnifi


kiritish, qabul qilish, belgilash, tasdiqlash, tartibga solish



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/22
tarix15.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#155662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
nutq uslublari

kiritish, qabul qilish, belgilash, tasdiqlash, tartibga solish
3. 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O‟zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi 
asoslari to‟g‟risida» gi Qonunning 16 - moddasidan 


o’zgartirish, joriy qilish, komissiyasini tuzish, saylov kunini tayinlash, saylash, 
ozod etish, ratifikasiya qilish, ta’sis etish, amalga oshirish
singari fe‟lli birikmalar 
ishlatilgan. Ushbu hujjatda 
amalga oshiriladi, asos bo’ladi, tashkil etadi, 
belgilanadi, asoslanadi, hisoblanadi, himoya qilinadi, amalga oshiradi, tan 
olinadi, ish ko’radi, ado etadi, kafolatlanadi, taqiqlanadi, tavsiya etiladi
singari 
fe‟llarning faol ishlatilishi ham yuqoridagi fikrning tasdig‟idir. Yana : 
O‟zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ma‟ruzasidagi konseptual qoidalar va 
xulosalar ma‟qullansin
 
hamda ular Oliy Majlisning kelgusi faoliyatida inobatga 
olinsin. Ma‟ruzaning … dasturiy xulosalari prokuratura, boshqa huquqni 
muhofaza qilish organlari, sudlar faoliyati uchun asos qilib olinsin. O‟zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga … mustaqillik va demokratiya qo‟lga kiritgan 
yutuqlarni himoya qilish, ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi hamda totuvligini 
ta‟minlash ishlarini kuchaytirish
tavsiya etilsin.

Shu o‟rinda rasmiy uslubda yozilgan matnlar uchun barcha morfologik 
vositalar va kategoriyalarning qo‟llanilishi bir xil darajada emasligini ta‟kidlash 
ham maqsadga muvofiq. Masalan, sonlar va olmoshlar bu uslubda boshqa so‟z 
turkumlariga qaraganda ikkinchi darajali omil hisoblanadi. 
Rasmiy uslubning sintaktik alomatlari ham matnda darhol ko‟zga tashlanadi. 
Unda darak gaplar, uning ayniqsa qo‟shma gap shakli ko‟p ishlatiladi. Yoyiq va 
murakkab so‟z birikmalari mahsuldor hisoblanadi, murakkab tipdagi nomlar keng 
qo‟llaniladi. Gap tuzilishida o‟zbek tilidagi odatdagi me‟yorga amal qilinadi va 
yuqorida sanalgan jihatlari bilan ilmiy uslubga o‟xshab ketadi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin