Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mavzu: uslublar tasnifi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/22
tarix15.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#155662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
nutq uslublari

Rasmiy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, 
nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, 
ma‟lumotnoma, chaqiruv qog„ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e‟lon, 
tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday 
uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning 
asosiy belgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo„lishi. Bu uslubda ham 
so„zlar o„z ma‟nosida qo„llanadi, ko„pchilikka ma‟lum bo„lgan ayrim qisqartma 
so„zlar ishlatiladi, har bir sohaning o„ziga xos atamalaridan foydalaniladi, qaror 
qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi, yuklatilsin
tayinlansin kabi so„z va so„z birikmalari ko„plab uchraydi. Rasmiy-idoraviy 
uslubda ko„pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko„rsatma kabilarda esa buyruq 
gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo„laklarining odatdagi tartibda 
bo„lishiga rioya qilinadi: 
O„z lavozimini suiiste‟mol qilganligi uchun M. 
Ahmedovga hayfsan e‟lon qilinsin.
Rasmiy 
uslub 
 
hozirgi 
o‟zbek 
tilining 
davlat-ma‟muriy, 
huquqiy 
muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon bo‟ladigan 


ko‟rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas barcha 
rasmiy ish qog‟ozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bu uslubning og‟zaki va yozma 
ko‟rinishlari, binobarin, ushbu ko‟rinishlarining o‟z me‟yorlari mavjud. Jumladan, 
aniqlik. Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, izohtalab o‟rinlarga yo‟l 
qo‟yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi 
kerak: 
O‟zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‟zlab va 
O‟zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda uning asosida qabul qilingan 
qonunlar vakolat beradigan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.1
Qolip. Fikr – mulohaza, bayon asosan bir qolipda ifodalanadi. 
Solishtiramiz: 
O‟zbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‟shgan marhum 
adabiyot va san‟at namoyandalarini mukofotlash to‟g‟risida.
“Betakror iste‟dodi va o‟lmas ijodiy merosi bilan o‟zbek milliy 
madaniyatining rivojiga beqiyos hissa qo‟shgan, butun hayotini el-yurt 
taraqqiyoti, 
xalqimiz 
ma‟naviyatining 
yuksalishiga 
baxsh 
etgan 
vatandoshlarimizning xotirasini yod etib, ularni Vatan oldidagi unutilmas 
xizmatlarini inobatga olib, quyidagi marhum adib va san‟atkorlar «Buyuk 
xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlansin”
O‟zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e‟lon qilinganligining o‟n yilligi 
munosabati bilan amnistiya to‟g‟risida. 
“O‟zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e‟lon qilinganligining o‟n yilligi 
munosabati bilan insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, O‟zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasi 93-moddasining 20-bandiga asosan qaror qilaman”

Shu tarzda ariza, qaror, bildirishnoma, ma‟lumotnoma, shartnoma, 
tabriknoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning har birining o‟ziga xos 
bayon etish qolipi bo‟ladi. Ayni paytda, ularning har birining alohida so‟z va 
1 . O‟zR Konstitusiyasi, 7 - modda 
2. O‟zR Prezidentining 2001 yil 22 avgust Farmoni 


turg‟un birikmalari ham mavjud bo‟ladi. Masalan, huquqiy hujjatlar matniga ko‟z 
yugurtirsak, ularda boshqa vazifaviy uslublarda deyarli uchramaydigan atamalarga 
duch kelamiz:
 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin