uslubiy
betaraf
so‘zlar
hisoblanadi:
suv, tog‟, bola, xat.
Bu so„zlar ko„chma ma‟noda qo„llansa,
ma‟lum bir uslubga tegishli bo„lishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, uslublarni bilish va o‟rganish barcha uchun
birdek muhimdir. Chunki nutqimizning chiroyli, mazmundor chiqishida uslubning
o‟rni beqiyos. Adabiy kechalarni rasmiy uchrashuvga aylantirmaslik uchun adabiy
me‟yorlar asosida so‟zlashishimiz lozim, yoki ilmiy kengashlarda so‟zlashuv
uslubida maruza qilish ham kulgili holat bo‟ladi. Har bir shaxs eng kamida o‟z
sohasi tilini, uslubini o‟rganib qo‟ygani foydadan holi bo‟lmaydi. Masalan biz
jurnalistika sohasi vakillari albatta publitsistik uslubni chuqur egallagan
bo‟lishimiz kerak, bundan tashqari, jurnalistika barcha sohalar bilan bog‟liqligini
hisobga olgan holda boshqa uslublarni ham o‟rganish zarar qilmaydi. Chunki
faoliyat davomida ilmiy kengashlardan tortib senatimiz yig‟ilishlari-yu badiiy
asarlar tahlili bilan shug‟ullanishga to‟g‟ri keladi. Shunday ekan uslublar haqida
chuqur bilimga ega bo‟lish zaruratdir.
1.
M u h a m ye d o v S.
O‟zbek tili funksional stillarini belgilash to‟g‟risida //
O‟zbek tili va adabiyoti, 1983.
2.
Q o’ n g’ u r o v R.Q., K a r i m o v S.A., Q u r b o n o v T.I.
O‟zbek tilining
funksional stillari. – Samarqand, 1984.
3.
M.A.Hamroyev.
“O„zbek tilidan ma‟ruzalar majmuasi”
4.
O’ r i n b o ye v B.
O‟zbek tilining so‟zlashuv nutqi sintaksisi masalalari. –
Toshkent: Fan, 1975.
Dostları ilə paylaş: |