foydalanuvchining shaxsi, buning ustiga, nutqiy vaziyat yagona bir me‟yorni
tayin
etishga imkon bermaydi.
Shunday bo‟lsa-da, so‟zlashuv uslubining o‟ziga xos me‟yorlari haqida
mulohaza yuritish uchun ham tilimizda dalillar yetarli. Ammo nima bo‟lganda ham
bu me‟yorlarni so‟zlashuv uslubi uchun muhim bo‟lgan til va tildan tashqari
omillarning uyg‟unligidan axtarish bizni asl maqsadga yaqinlashtiradi.
Xo‟sh, so‟zlashuv uslubi qanday o‟ziga xosliklarga ega?
Birinchidan, nutq
elliptik xarakterda bo‟ladi. Lekin bunday holatda ham tinglovchiga fikr tushunarli
bo‟ladi. Chunki u oldin aytilgan fikrning mantiqiy davomi bo‟ladi.
Masalan,
qorami? ko’kmi?
shaklida beriladigan savolni ikki xil vazifada olib
ko‟raylik. Agar biz uni uy bekasi tilidan eshitsak,
Dostları ilə paylaş: