Xalqaro marketing muhiti
Xalqaro marketing muhitini o‘rganish.
Jahon hamjamiyatida yuz berayotgan jarayonlar asta-sekinlik bilan yanada integrastiyalashgan bir tizimga aylanib bormoqda, bunda turli xildagi davlat 10 tuzilmalarining siyosiy integrastiyasi o’z intensivligi bo’yicha iqtisodiy integrastiyadan orqada qolmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi eksport va import, xalqaro kimoshdi savdolari, chet el korxonalariga qilingan pul ko’rinishidagi investitsiyalar, va nihoyat tovar va xizmatlarning jahon bozori mavjudligidan iborat bo’ladi. Ushbu bozorda transmilliy korporastiyalar alohida o’ringa ega. Ular ko’pgina mamlakatlarda faoliyat yuritib, chet eldagi ishlab chiqarish va realizastiya bo’limlaridan foydalangan holda, deyarli butun jahon bozorida ishlaydilar. Bularning barchasi, o’z mamlakati tashqarisida tovar va xizmatlarni realizastiya qilish bo’yicha alohida tadbirlar majmui, ya’ni xalqaro marketing lozimligini nazarda tutadi. Ularning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati sohasi chet el mamlakatlariga ham keng yoyilgan bo’ladi, hamda sho’’ba korxonalari, texnologik kooperastiya va ixtisoslashuv, resurslar bazasining umumiyligi, boshqaruvning markazlashuvi va qattiq nazorat bilan tavsiflanadi.
Xalqaro doiradagi marketing juda ham murakkabdir, chunki u nafaqat sotish (realizastiya) balki korxona faoliyatining boshqa sohalarini ham qamrab oladi, shu jumladan ishlab chiqarish, ta’minot, moliya va h. Bundan tashqari, korxona faoliyat olib borishni nazarda tutgan mamlakatda shakllangan ijtimoiy - iqtisodiy va milliy – madaniy sharoitni chuqur tushunish talab qilinadi. Taqsimot kanallari, tashish va saqlash usullari, huquqiy va yuridik ta’minot, bojxona qoidalari va boshqalarda jiddiy farqlar bo’lishi mumkin. har bir mamlakatda reklama vositalari sohasida, madaniyat, din, an’analar nuqtai-nazaridan u yoki bu alohida hodisalarning muvofiqligi hamda xarajatlarni aniqlash tizimi, kvotalar va valyuta nazoratining o’ziga yarasha milliy xususiyatlari mavjud. Shuningdek ilmiy-texnikaviy turdagi omillar ham muhim ahamiyatga ega, ularga sanoat, texnologiyalarning rivojlanish darajasi, yangiliklar, tovar va xizmatlar modifikastiyasi, ishchi kuchi malakasi va boshqalarni kiritish mumkin
Xalqaro marketing kontseptsiyasi. Marketing muhitining asosiy ishtirokchilari 1950 yillar o’rtasida shakllangan marketing kontseptsiyasi uchta yondashuv: ishlab chiqarish kontseptsiyasi; tovar kontseptsiyasi va sotuvlarga yo’naltirilganlik kontseptsiyalarining eng yaxshi jihatlarini o’z ichiga olgan. U moddiy boyliklarni yaratish va ularni maqsadli bozorlargacha etkazishda, tashkilot o’z raqobotdoshlariga nisbatan samaraliroq strategiya va siyosatni olib borishi lozimligini nazarda tutadi. Sotuvga yo’nalitirilganlik va marketing kontseptsiyalari o’rtasidagi farqni Garvard universiteti professori Teodor Levitt quyidagicha ifodalagan: «Sotuvga yo’naltirilganlik kontseptsiyasida sotuvchi ehtiyojlari e’tibor markazida turadi, marketing kontseptsiyasida esa-xaridor ehtiyojlari. Birinchisida asosiy g’oya bu tovarni pulga aylantirish bo’lsa, ikkinchisida tovar vositasi bilan xaridor ehtiyojini qondirishdir». Marketingning asosiy kontseptsiyalari va vazifalarini bilish uni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi, shuning uchun ushbu kontseptsiyalar va vazifalar bilan batafsilroq tanishish lozim bo’ladi. Vazifalar muhiti, ishlab chiqarish, taqsimot va bozor taklifini ilgari surishda band bo’lgan bevosita ishtirokchilarni o’z ichiga oladi (kompaniyaning o’zi, ta’minotchilar, distribyuterlar, dilerlar va maqsadli iste’molchilar). Ta’minotchilar guruhiga marketing tadqiqotlari agentliklari, reklama agentliklari, Internet sayt ijodkorlari, banklar va sug’urta kompaniyalari transport va telekommunikastiyaviy kompaniyalar kabi, xom-ashyo va xizmat ishlab chiqaruvchilar kiradi. Keng tashqi muhit oltita tarkibiy qismdan iborat: demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnologik, siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-madaniy. Bularning barchasi vazifalar muhitida faoliyat yurituvchi sub’ektlarga o’z ta’sirini o’tkazishga qodirlar, shuning uchun ham kompaniya menejerlari tashqi muhit rivojlanish tendentsiyalari va undagi o’zgarishlarga alohida e’tibor qaratadilar.
1.Tashqi bozorlarni o’rganishda marketing tadqiqotlari Xalqaro marketingni tashkil etishda eng muhim vazifa bu barcha sohalarda, mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, ruhiy va boshqa farqlarni hisobga olishdir. Shuning uchun, ushbu farqlarni hamda u yoki bu mamlakat bozorini batafsil o’rgangan holda, korxona iste’molchiga taklif etishi mumkin bo’lgan tovarlar assortimenti va xizmatlar tuzilmasini aniqlash mumkin. Eksport marketingi sohasida qabul qilinadigan echimlar, quyidagi savollarga javob topishi lozim: - korxona, umuman, tashqi bozorga chiqish lozimmi, lozim bo’lsa, aynan qaysi bozorga?; - tashqi bozorlarga chiqishning eng ta’sirchan yo’llari qaysilar (eksport, listenziyalar, chet elda ishlab chiqarishni tashkil etish va hokazo)?; - muayyan sharoitlarga eng mos tushadigan marketing tadbirlari majmuini qanday rejalashtirish kerak? Ushbu savollarga optimal javoblarni topish uchun, birinchi navbatda xalqaro bozorning marketing tadqiqotlarini amalga oshirish lozim. Tajribalar shundan dalolat beradiki, eksportga mahsulotini chiqarish niyatida bo’lgan korxona, birinchi navbatda shunday tashqi bozorni topishi lozimki, uning mahsulotiga bo’lgan talablar ichki bozor talablariga ko’p jihatlari bilan o’xshash bo’lsin, ikkinchidan, tashqi bozorlarning turlicha sharoitlarga moslasha olishi lozim, uchinchidan, tegishli ishlab chiqarish quvvatlariga hamda xalqaro bozorning o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ishlay oladigan mutaxassislarga ega bo’lishi lozim. Xalqaro bozorni o’rganish, analitik va dala tadqiqotlarini o’tkazishni nazarda tutadi. Analitik tadqiqotlar ikkilamchi axborot (ma’lumotnomalar, maxsus jurnallar, statistik ma’lumotlar) asosida amalga oshiriladi. Ular jahon bozorining holati talabini va rivojlanishi, ayrim hududlar bozorlarining hamda asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanish tendentsiyalari, bojxona qonunchiligining xususiyatlari, bozorlarning hududiy joylashuvi va ularga kirib borish imkoniyati, transportning turli xillarida xalqaro yuk tashishlar qiymati va boshqalar to’g’risida umumiy tushuncha berishi mumkin. Bunday tadqiqotlarni o’tkazish nisbatan arzon bo’lib, odatda ichki imkoniyatlar bilan maksimal qisqa muddatda bajariladi. Ammo axborotlar umumiy xarakterga ega bo’lganligi uchun uni aniqlashtirish maqsadida dala tadqiqotlari – bozorni o’rganishning eng samarali va eng murakkab va qimmat usuli - qo’llaniladi. Uning ustunliklari shundaki, dala tadqiqotlarida potenstial iste’molchilar bilan shaxsan aloqalar o’rnatish, mahsulot namunalarini o’rganish, asosiy raqobat va raqobatdosh korxonalarning o’ziga xos xususiyatlarini 74 aniqlash mumkin. Bu erda bozor to’g’risida birlamchi va aniq axborotni olish mumkin, ammo xarajatlar juda ham yuqori malakali ishchilarni talab qiladi. Korxona, xalqaro bozorni o’rganish natijasida marketing bo’limi mutaxassislari yordamida import qiluvchi mamlakatning ishlab chiqarish va demografik bazasi, bozorni tartibga solish vositalari, bojxona qoidalari, bojlar, soliqlar, import cheklanishlari, eksport qilinayotgan tovarga kutilayotgan talab hajmi, narxlar darajasi, tovarni taqsimlash kanallari, reklama faoliyati shakllari, mahsulotlar qadog’ining turlari, tovarni etkazish shartlari va xarajatlari, raqobat va konyunktura holati to’g’risida tizimlashtirilgan axborot oladi. Ushbu ma’lumotlar eksport qiluvchi korxonaga yaxshi asoslangan holda marketing rejasini tuzish imkoniyatini beradi. Unda butun xalqaro bozor yoki alohida mamlakat bozorining potenstial segmenti, tegishli marketing – miks, savdolarni amalga oshirish muddatlari, mahalliy vositachilar kutilayotgan xarajatlar va foyda hajmi, moliyaviy va boshqa tavakallchiliklar darajasi belgilangan bo’ladi. Eksport bozorini ikkita yo’nalish bo’yicha segmentlash mumkin: makrodaraja - berilgan mamlakat yoki hududning jo’g’rofik joylashuvi, iqlimi, davlat tuzilishi, aholi zichligi, jinslar nisbati, aholining yoshi bo’yicha tarkibi, ta’lim tizimi, madaniy, etik va boshqa me’yor va an’analari kabi belgilari qo’llaniladi; mikrodaraja - bu erda daromadlarni taqsimlash, mulkiy holat, iste’molchi odatlari va ustuvorliklari kabi belgilar ko’rib chiqiladi. 8.2. Xalqaro marketingda tovar siyosatining xususiyatlari Xalqaro marketingdagi tovar siyosatining xususiyatlari, birinchi navbatda, tovarlarni tashqi bozorlardagi talablarga maksimal moslashuviga yo’naltirilganligidan iboratdir. Bu esa asosiy mahsulotning texnik va iste’molchi parametrlarini o’zgartirish, talab qilinayotgan qadoq va dizaynni ishlab chiqish, hamda tovarlarga xizmat ko’rsatishni tegishli tizimini taqdim etish ehtiyojini tug’diradi. Tovarlarni xalqaro bozorlarga moslash zaruriyati, iste’molchilarning ehtiyojlari va didi, ularni to’lov qobiliyati, ta’mirlash va xizmat ko’rsatish tashkilotlari mavjudligidan kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, importyor - mamlakatning qonunlari va odatlari – milliy an’analar, iqlim sharoitlari, texnik talablar, ta’riflar va boshqalar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Kadoqlarning reklama shakli turli mamlakatlarning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olishi lozim: misol uchun, hajm - aholi to’lov qobiliyatiga, ranglar - milliy an’analarga, yozuvlar - aholi savodxonligiga bog’liq bo’ladi (aholi savodxonligi past mamlakatlarda yozuvlar emas balki rasmlar katta ahamiyatga ega). Agarda eksport qilingan tovarga tegishli xizmat ko’rsatish (ehtiyot qismlar, servis, ta’mir va h.lar) bo’lmasa, tub aholi, bunday xizmat ko’rsatish kafolatlangan 75 boshqa o’xshash tovarlarni ma’qul ko’radi. Bundan kelib chiqadiki, marketing bo’yicha mutaxassislar tomonidan, mahalliy korxonalar bazasida xizmat ko’rsatishni tashkil etish yoki o’z kuchlari bilan servis ta’mir xizmatlarini ko’rsatish masalasi ko’rib chiqilishi kerak. 8.3. Tovarlar harakatining kanallari eksportning tashkiliy shakllarini tanlash. Eksport marketingida savdoni ragbatlantirish. Tovarlar harakati kanallari, xalqaro marketingda alohida o’ringa ega. Amaliyotda, korxona faoliyat yurituvchi bozor ustidan nazorat o’rnatish imkonini nazarda tutadigan, tovar harakatining bir qator tashkiliy shakllari ishlab chiqilgan. Tovarlar harakatining quyidagi kanallari mavjud: - tovarni o’z mamlakatidagi vositachilarga sotish, ular uni o’z navbatida chet el iste’molchilariga sotib yuboradilar (egri eksport); - tovarni chet eldagi iste’molchilarga sotish, u so’nggi iste’molchi ham, vositachi ham bo’lishi mumkin; - tovarlarni, integrastiya va birgalikda faoliyat asosida yoki mustaqil ravishda chet elda ishlab chiqarish va sotish (albatta o’ziga yarasha tavakkalchilik bilan). Boshqa mamlakatga bo’lgan tovar harakati kanallarini tanlash korxona maqsadlari va savdolarini nazorat qilish istagi, faoliyat miqyosi tovar turiga bog’liq bo’ladi. Shuningdek, kanallar soni, potenstial savdolar hajmi, tovar harakatini tashkil etishga qilingan investitsiyalar va xarajatlar, malakali savdo xodimlari mavjudligi va boshqalar ham hisobga olinadi. Umumlashtirilgan holda, eksportning turli tashkiliy shakllarini tanlash quyidagi sharoitlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin: - bozor sharoitlari – ochiq yoki yopiq, etakchi yoki qoloq tuzilmaga egaligi, liberal yoki nomarkazlashgan iqtisodiyot sharoitida faoliyat yuritishi; - tovar bilan bog’liq sharoitlar – tovar firma mahsulotimi yoki oddiy tovarmi, texnik xizmat ko’rsatish kafolati bormi yoki yo’qmi, oson yoki qiyin eksport qilinadimi; - korxona faoliyati bilan bog’liq sharoitlar – cheklangan yoki keng qamrovli maqsadlar, xalqaro bozor sharoitlarida faoliyat ko’rsatish tajribasi mavjudligi, resurs salohiyatining rivojlanganligi darajasi (moliyaviy mablag’lar, kadrlar tarkibi, ishlab chiqarish quvvatlari va h.). Eksport narxlarini belgilashda, ular, birinchidan, ichki bozorda odatda e’tiborga olinmaydigan xarajatlar ta’siri ostida shakllanishi, ikkinchidan, ko’pgina hollarda narxlarni davlat tomonidan tartibga solishning nazorat ostida bo’lishini hisobga olish lozim. Misol uchun, tovarlarni xalqaro bozor talablariga javob berishi uchun modifikastiyalashtirish, vositachilarga haq to’lash, fraxt xarajatlari, yuklarni 76 tashish va sug’urtalash, valyuta o’tkazish, bojlar va xarajatlar. Narx eksport qiluvchi mamlakat valyutasida yoki chet el valyutasida shakllanishi mumkin. Hukumat tomonidan narxlarni boshqarishga to’xtaladigan bo’linsa, bunga narxlarni nazorat qilishni turli uslublar, diskriminastiyaviy narxlarni joriy etish, belgilangan narxlar darajasini aniqlash va hokazolarni kiritishimiz mumkin. Bularning hammasi foydani ta’minlash va turli xil xarajatlarni qoplash uchun marketing strategiyasida eksport narx darajasining batafsil hisob -kitobini o’tkazishni talab qiladi. Xalqaro bozorda reklamani qo’llash, iqtisodiy, ijtimoiy, til, madaniy, texnik, huquqiy farqlar bilan bog’liq ko’pgina muammolarni tug’diradi. Bunga qaramasdan xalqaro reklama kodeksi mavjud bo’lib, import va eksport bilan shug’ullanuvchi korxona va firmalarning marketing bo’yicha mutaxasisslari unga rioya qilgan holda ish yuritadilar. Xalqaro kommunikastiya vositalarini standartlashtirishning ham qator qoidalari ishlab chiqilgan. Ular xususan reklama aloqasini ishlab chiqish, to’g’ri keladigan reklama vositasi va reklama agentligini tanlashga tegishlidir. Reklama tarqatishning standartlashtirilgan vositalari bo’lib xalqaro va milliy kommunikastiya vositalari xizmat qiladi. Ularni «kam xarajat bilan yuqori samaraga erishish» tamoyili asosida tanlaydilar. Bunda eksportyor milliy yoki, ushbu mamlakatda vakolatxonasiga ega bo’lgan, xalqaro reklama agentligi xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Bu bozorni qamrab olish kattaligi, eksport qiluvchining reklama xarajatlari imkoniyatlariga va boshqa sharoitlarga bog’liq. Eksport marketingida savdoni rag’batlantirish siyosati va yaxshi fikr yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu yosh eksportyor-korxonaga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirish imkoniyatini beradi. Yaxshi imidj, mahsulotni xalqaro bozorlarda muvaffaqqiyatli reklama qilishga yordam beradi. Bu maqsad bilan, press – konferenstiyalarni o’tkazish va chet el ommaviy axborot vositalari uchun press – relizlarni nashr qilish keng qo’llaniladi. Yarmarka va ko’rgazmalarni tashkil etish, tashqi bozorlarda tovarlarni ilgari surishga katta yordam beradi. Yarmarkalar – bu bitim imzolash joyi, ko’rgazmalar esa reklama maqsadlarida tovarlarni ko’rsatish tadbiridir. Ammo so’nggi vaqtda, bu ikkita tushuncha ma’no jihatidan ham, funkstiyalari jihatidan ham yanada birlashib bormoqda. Milliy va xalqaro hamda ixtisoslashtirilgan yarmarkalar muhim ahamiyatga ega. U erda texnik va bozor axborotini olish, yangiliklar bilan tanishish, potenstial hamkorlar bilan aloqalarni o’rnatish mumkin. Marketing bo’yicha mutaxassislar, yarmarkalar zamonaviy axborot markazlari sifatida qabul qilinadi va ularning vazifasi, bozor uchun tayyor bo’lmagan mahsulotlarni namoyish etish orqali iste’molchilarning texnik axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish va rivojlanishning kon’yunktura yo’nalishlarini belgilashdir, deb 77 hisoblaydilar. Shuning uchun ham yarmarka axborot bilan ta’minlansa, ko’rgazma – namoyish qiladi. Aynan ko’rgazmalarda mamlakatning eksport salohiyati namoyish etiladi. Ko’rgazmalar, iqtisodiy funkstiya bilan birgalikda, chet el sayyohlarini jalb qilishni va madaniy aloqalarni rivojlantirish funkstiyalarini ham bajaradi. Ko’rgazma va yarmarkalarning yangi turlari va shakllari paydo bo’lmoqda. Raqobat sharoitida, ularning tashqi bozordagi roli oshib bormoqda. Maxsus yaratilayotgan tijorat markazlarining faoliyati taqdimotining butunlay yangicha va zamonaviy usullari bilan farqlanadi. Ular tovarlarning keng doirasi bo’yicha ish olib boradilar va xalqaro savdo aloqalarini mustahkamlashga yordam beradilar. 8.4. Xalqaro marketingning chet el bozorlariga kirib borish strategiyalari. Tashqi bozorga chiqish zaruriyati kompaniya umumiy strategiyasining tarkibiy qismi bo’lib ulgurgandan so’ng, ushbu jarayonning keyingi bosqichi-bozorga kirish strategiyasining optimal variantini tanlashdan iboratdir. Muayyan vaziyatdan kelib chiqqan holda, bunday tanlov turli omillar bilan aniqlanadi: kompaniya patentlar bilan himoyalangan, unikal mahsulotga ega bo’lishidan tortib to yangi chet el bozorlarini o’zlashtirishga qaratilgan chet el operastiyalarni amalga oshirishdan moliyaviy mablag’largacha. Chet el bozoriga kirib borishning har bir tashqi iqtisodiy strategiyasi o’z ustunliklari, kamchiliklari va cheklanishlariga ega bo’ladi. Mumkin bo’lgan strategik variantlarning xilma-xilligi, quyidagi jadvalda ko’rsatilgan turlarda mujassamlangan (8.4.1-jadval). Eksport-import operastiyalari mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va/yoki sotish uchun chet elga olib chiqishdan iborat (teskari yo’nalishda bo’lsa import deb ataladi). Eksport qiluvchi kompaniya eksportni o’z kuchi bilan to’g’ridan tug’ri hamda eksport yoki import qiluvchi mamlakatda joylashgan savdo eksport kompaniyalari, distribyutorlar va savdo agentlari kabi vositachilar orqali amalga oshirishi mumkin. Eksport operastiyalarini mustaqil amalga oshirishning asosiy ustunligi faoliyatning barcha bosqichlarida to’liq nazoratni saqlab qolish va vositachilik xaqlarini tejashdan iboratdir. Bu usul ko’pgina kamchiliklarga ham ega bo’lib, eksport qiluvchi kompaniyadan chet el bozorlaridagi qimmatbaho ishtirokni, distribyutorlar tarmog’ini yaratish va ularning ishini muvofiqlashtirishni, har tomonlama bilimlarni va katta moliyaviy resurslarni talab qiladi. Listenziyalarni sotish. Kompaniya patentga ega bo’lgan taqdirda, patentlangan mahsulot yoki texnologiya asosida chet elda ishlab chiqarishni mustaqil tashkil etish o’rniga, u o’z listenziyasini chet el kompaniyasiga sotib yuborishi 78 mumkin. Bunday holat listenziya qiymatiga teng bo’lgan bir martalik to’lovni, va sotuvlar yoki boshqa ko’rsatkichlarning foizdagi ulushiga teng bo’lgan davriy royalti to’lovlarini nazarda tutadi. Obektlarni to’liq hajmda barpo etish. Ayrim hollarda chet el mamlakatlari yoki kompaniyalari, etarlicha valyuta mablag’lariga ega bo’lib, o’z kuchi bilan korxonani barpo etish yoki texnologiyani olib kirishni istamaydilar. Bunda biror bir chet el firmasiga buyurtma beriladi va u xodimlarni o’rgatish va ob’yektni to’la hajmda barpo etishni o’z zimmasiga oladi. 8.4.1-jadval Tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishga etaklovchi omillar: kompaniyalar darajasida Etaklovchi omil Izoh Kompaniyalar savdo qiladigan bozorlar doirasining kengayishi Ikkilangan samara olish imkoniyati: (1) sotuvlar hajmi oshishining har bir birligidan qo’shimcha daromad olish; (2) kompaniya umumiy bozori hajmi kengayishida, miqyosdagi tejamkorlik hisobiga, bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan joriy xarajatlarni kumulyativ pasayishi Chet eldagi arzon xom ashyo, materiallar va ehtiyot qismlar bozoriga chiqish imkoniyati Arzonroq materiallar va ehtiyot qismlar, ularni O’zbekistonga import qilish xarajatlariga qaramasdan, joriy xarajatlarning kamayishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, jahon bozorlarida mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish uchun chet el quvvatlarini barpo etishni tashkil etish Chet ellik arzon ishchi kuchi bozorlariga chiqish imkoniyati Siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar bo’sag’asida turgan va rivojlanayotgan davlatlardagi milliy malakali mutaxassislar xizmatidan foydalanish hisobiga ustunliklarga ega bo’lish 79 Ichki bozorni mahsulot va xizmatlar bilan me’yoridan ortiq to’lib ketishi Ichki bozorni me’yoridan ortiq to’lib ketishi, yuqori raqobat va ishlab chiqarishni tezda o’zgartira olmaslik natijasida kompaniya o’z operastiyalarini chet elga ko’chirishga majbur bo’lishi mumkin Ichki bozordagi raqobat kurashining keskinlashuvi Keskin raqobat natijasida kompaniya o’z faoliyatini chet elga ko’chirishga majbur bo’lishi mumkin Ichki qonunchilik va ma’muriy cheklashlardan qochish uchun o’z faoliyatini chet elga o’tkazish Keskin ichki ma’muriy-huquqiy cheklashlar, faoliyat yuritish muhitini shu darajada noqulay qilishi mumkinki, buning natijasida faoliyatni davom ettirishning yagona yo’li, biznesni tashkiliy xuquqiy muhit qulay bo’lgan boshqa davlatga ko’chirish bo’lib qoladi Salbiy ichki imidj tufayli barcha biznes operastiyalarini chet elga o’tkazish Biznes – kompaniyalar ichki ma’muriy xuquqiy me’yorlarga rioya qilsalar ham, negativ etik imidj xavfi paydo bo’lishi mumkin (misol uchun, tabiatga yoki insonlar sog’lig’iga zarar etkazishi mumkin bo’lgan faoliyat) va uning oqibatida faoliyat boshqa mamlakatga ko’chirilishi mumkin Me’yoridan yuqori joriy xarajatlardan qutulish uchun faoliyatni chet elga ko’chirish Ko’pgina sabablar tufayli (yuqori soliqlar, korrupstiya, jinoyatchilik, samarasiz infratuzilma va h.) muayyan mamlakatda faoliyat yuritish xarajatlari me’yoridan ortiq yuqori bo’lishi mukin. Ushbu muammmoning echimi sifatida faoliyatni boshqa mamlakatga ko’chirish qaralishi mumkin Kontrakt bo’yicha so’nggi yig’ish ishlari. Agarda kompaniya ishlab chiqarishni tashkil etish uchun chet el bozoriga chiqish istagida investitsiyalarni amalga oshira olmasa, u mahalliy korxona bilan so’nggi yig’ish ishlari to’g’risida shartnoma imzolashi mumkin. Bunda chet eldan faqat materiallar va ehtiyoj qismlar olib 80 kelinadi (ularning bir qismi mahalliy bo’lishi ham mumkin) va buyurtmachi kompaniya ishlab chiqarish quvvatlarini to’la invaestistiyalashda ishtirok etmaydi. Bu moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni va tavakkalchilikni kamaytiradi. Chet el vakolatxonasi. 100%lik chet el filialini ochish o’rniga, kompaniya chet el vakolatxonasini ochish bilan cheklanishi mumkin. Vakolatxonaga kompaniyaning chet el bozoridagi ishtirokini ta’minlab turish vazifasi yuklatiladi. Ko’pgina hollarda strategik monitoring o’tkazish va kompaniya shtab kvartirasiga axborot taqdim etishdan tashqari, chet el vakolatxonasi jamiyat bilan munosabatlarni rivojlantirish (public relations) va qiziqish uyg’otadigan mahalliy shaxslar va tashkilotlar bilan ish aloqalarini ta’minlab turish bilan ham shug’ullanadi. Zaruriyat tug’ilganda chet el vakolatxonasi 100%lik filialga aylantirilishi mumkin. 100% lik chet el filiali. Yuridik shaxs vakolatlariga va keng ko’lamdagi asosiy (ishlab chiqarish, marketing) va yordamchi (axborot ta’minoti, moliyaviy va buxgalterlik xizmati ko’rsatish) funkstiyalariga to’liq ega bo’lgan filial hisoblanadi. Chet el mamlakatlarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi, har bir obro’- e’tiborga ega korxona ushbu mamlakatlarda o’zining 100%lik firmalariga ega bo’ladi. Qo’shma korxona (QK). QK turli mamlakatlardagi ikki yoki undan ortiq kompaniyalarning (ayrim hollarda QK bo’yicha hamkorlar sifatida hukumat yoki notijorat tashkilotlari ham bo’lishi mumkin) biznes loyihani amalga oshirishda o’zaro hamkorlik qilish to’g’risidagi kelishuv asosida tashkil etiladi. QK ikkita variant bo’yicha tashkil etilishi mumkin. 8.4.2-jadval Tashqi iqtisodiy faoliyatning muqobil kirish strategiyalari, ularning ustunlik va kamchiliklari Strategik muqobil variantlar Nisbiy ustunliklar Nisbiy kamchiliklar Eksport operastiyalari Tashkiliy moliyaviy muammolar. Firma yirikroq va murakkabrok investitsiyaviy tashqi iqtisodiy loyihalarda ishtirok etishdan oldin tajriba yig’adi Ko’shimcha xarajatlar (transport, sug’urtalash va h.). Xalqaro savdo to’siqlarini engish zaruriyati (tariflar va h.). Mahsulotni eksport bozoriga topshirishda uning ustidan marketing nazoratini qisman yoki to’liq yo’qotish 81 Litsenziyalarni sotish, franchayzlar Past tavakkalchilik va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojning kamligi sharoitida chet el bozor-lariga kirish imkoniyati. Savdo to’siqlarining kamligi Sifat va u bilan bog’liq texnologik talablar buzilishi ustidan nazoratni yo’qotish xavfi. Texnologik sirlar va «nouxau»larni yo’qotish havfi. To’g’ri raqobatga duch kelish xavfi Ob’ektlarni to’liqligicha barpo etish Ushbu shakldan, mahalliy hukumat tomonidan ruxsat etilmagan, chet el investitsiyalarni boshqa shakli o’rniga foydalanish imkoniyati. Hukumatning, investitsiyaviy tavakkalchiliklarini pasaytiradigan kafolatlari ham bo’lishi mumkin Loyihaning bir martalik xarakteri. Potenstial chet ellik raqobatdoshni yaratish xavfi Kontrakt bo’yicha so’ngi yig’ish ishlari Past tavakkalchilik va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojning kamligi sharoitida chet el bozorlariga chiqish imkoniyati. Keyinchalik, tashqi iqtisodiy faoliyatning uzoq muddatli shakllariga o’tish imkoniyati Sifat va u bilan bog’liq texnologik talablar buzilishi ustidan nazoratni yo’qotish xavfi. Ko’shimcha tarif xarajatlari, tashish va ehtiyot qismlarga bo’lgan qo’shimcha xarajatlar. Chet el bozorlaridagi minimal strategik ishtirok Chet el vakolatxonasi Tavakkalchiliksiz va minimal moliyaviy resurslar bilan strategik monitoringni amalga oshirish va tashkiliy ishtirokni ushlab turish Chet el bozorlaridagi ishtirok cheklanganligi. Funkstiyalar vakolatxona va komunikastiyalar bilan cheklangan bo’ladi Chet eldagi 100 % lik filial (yangi korxona qurish yoki mavjud korxonani sotib olish) Chet el bozorlaridagi to’liq ishtirok. Biznes, daromadlar va menejment ustidan to’liq nazorat To’liq tavakkalchilik va moliyaviy resurslarga bo’lgan yuqori ehtiyoj. Notanish muhitda (huquq, 82 texnik standartlar, iqtisodiyot, til, mada-niyat va h.) faoliyat yuritish zaru-riyati Ko’shma korxona (QK) QK bo’yicha hamkorlarning kuchli tomonlarini integrastiyalash hisobiga sinergetik samaraga ega bo’lish. Boshqa strategiyalar mahalliy qonunchilik bilan cheklangan, chet el bozorlariga kirish imkoniyati. Individual tavakkalchilikning pasayishi. Mahalliy biznes faoliyati bilan tanish, shaxsiy aloqalar va resurslar manbalariga ega bo’lgan mahalliy kompaniya bilan hamkorlik qilish ustuvorligi. Huquqiy, tashkiliy va madaniy farqlar bilan bog’liq bo’lgan, hamkorlarning strategik menejment va qaror qabul qilish borasidagi o’zaro kelishmovchilik muammolari. Tavakkalchilik pasayishi bilan QK ishtirokchilarining indivudial daromadlari ham kamayadi. Texnologik sirlar ustidan nazoratni yo’qotish xavfi. 1. Investistiyaviy QK (eguity joint venture), bunda, ishtirokchilar yangi kompaniyani shakllantiradilar, umumiy ustav kapitalga mablag’ kiritadilar va daromad hamda tavakkalchiliklarni ustav kapitaldagi ulushiga proporstional holda taqsimlaydilar. 2. Shartnomaviy QK (contractual joint venture), bunda, hamkorlikdagi faoliyat, hamkorlar tomonidan korxona ustav jamg’armasiga kiritilgan moddiy va nomoddiy (intangible) qismlarni hisob-kitobiga ko’proq asoslangan bo’ladi. Bunday nomoddiy kapitalga misol qilib strategik muhim lobbistik aloqalarni, davlat subsidiyalarini olish imkoniyati va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Shartnomaviy QK shaklidagi o’zaro hamkorlikda odatda rasmiyatchilik kamroq bo’lib, u strategik o’zaro kelishilgan bitimlar va faoliyatni muvofiqlashtirib borish rukni ostida kechadi. Xalqaro QK tashkil etish quyidagi hollarda maqsadga muvofiq bo’ladi: - mahalliy mamlakat qonunchiligi, o’z bozoriga chet el firmalari boshqa shaklda kirib kelishiga ruxsat bermagan taqdirda; 83 - kompaniya chet el mamlakatida biznes loyihani amalga oshirish uchun etarlicha resurslarga ega bo’lmay, mahalliy firma bilan hamkorlikda etmayotgan resurslarga ega bo’lishni nazarda tutganda; - strategik tavakkalchilik darajasi yuqori bo’lib, kompaniya bu tavakkalchilikni mahalliy hamkor bilan o’zaro taqsimlash istagida bo’lganda; - kompaniya sinergetik samara olish niyatida bo’lganda. Misol uchun kompaniya yuqori tijorat salohiyatiga ega bo’lgan mahsulotni taklif qiladi, ammo ushbu mamlakatda rivojlangan savdo tarmog’iga ega emas. Bunda o’z savdo tarmog’ini shakllantirish o’rniga, o’zaro manfaatdorlik shartlarida savdo marketing funkstiyalarini o’z zimmasiga oladigan, mahalliy hamkor bilan QK tuzish maqsadga muvofiq bo’ladi. QKlarning ko’pgina ustunliklari bilan bir qatorda etarlicha kamchiliklari ham mavjud, QK ishtirokchilari qanchalik ko’p bo’lsa ularning o’zaro til topishi ham shunchalik qiyin bo’ladi. Joriy davrdagi siyosiy-iqtisodiy vaziyat tufayli O’zbekiston va o’zbek kompaniyalari jahon raqobat kurashida hatti-harakatlarning etarlicha erkinligiga ega emaslar. Mamlakatning jahon iqtisodiyoti, savdosi va investitsiyalaridagi ulushi juda ham cheklanganligi va 70 yil davom etgan izolyastiya, o’zbek kompaniyalarining rivojlanish strategiyasi asosan mamlakat ichkarisiga qaratilgan bo’lishiga olib keldi. Nazorat uchun savollar: 1. Kompaniyani boshqarishda marketing asosida yondashuv nimaga asoslanadi? 2. Marketing asosida boshqarish etaplarining tavsiflarini tushuntirib bering. 3. Marketingni axborot tizimi deganda nimani tushunasiz? 4. Marketing axboroti kompaniyaga qanday imkoniyatlarni ta’minlab beradi? 84 9-Bob. Xalqaro bozorning sig’imi va raqobatdoshligi 9.1. Bozorning marketing tadqiqot Marketing tadqiqotlarining ko’pgina yo’nalishlaridan, biz, bozor sig’imi va raqobat muhitini baholash oldingi bo’limlarda umumiy shaklda ko’rib chiqilganligiga qaramasdan bu masalalar muhim ahamiyat kasb etganligi tufayli ularni batafsilroq ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bozor hajmi va raqobat muhitini baholash xalqaro bozor sharoitlari va korxona (korporastiya) tashqi muhitini o’rganish orqali amalga oshiriladi. (9.1.1.-rasm). Gap shundaki, marketing qarorlari mantiqan marketing tahliliga suyangan bo’lsa, ularning ilmiy asoslanganligi yanada oshadi. Marketing tahlilida esa, bozor jozibadorligining bahosi, markaziy o’rinlardan birini egallagan. Bozor sig’imi va raqobat muhitini baholash uchun, marketing tadqiqotlarining qanday uslublaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi? Bu talab qilinayotgan axborot tarkibiga bog’liq bo’ladi, u esa o’z navbatida «sig’im» va «bozor raqobat muhiti» tushunchalari mohiyatini qanday tushunishdan kelib chiqadi. Marketing bo’yicha ilmiy adabiyotlarda turli xil tushunchalar keltirilgan. Ayrim mualliflar (I. Kretov, A. Kovalev, V. Voylenko) bozor sig’imini – ma’lum bir muddatda bozorga taklif qilinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori – sifatida ko’radilar. Boshqa bir mualliflar esa bozor sig’imini nafaqat tovarlar taklifi, balki ularni mumkin bo’lgan realizastiyasi hajmi sifatida ham ta’riflaydilar. Misol uchun, I. Belyaevskiy bozorning ishlab chiqarish va iste’mol salohiyatlarini baholashni taklif qiladi. Bozorning ishlab chiqarish salohiyati (taklif nuqtai nazaridan bozor hajmi) – bu muayyan davr davomida bozorda taklif etilayotgan tovarlar miqdori. Bozorning iste’mol salohiyati (talab nuqtai nazaridan bozor hajmi) – bozorning muayyan tovar miqdorini o’ziga olish qobiliyati. Iste’mol salohiyati, odatda, jismoniy birlik yoki pul qiymatida ifodalangan holda, ma’lum bir davr uchun (odatda 1 yil) muayyan tovarlar bozorlari bo’yicha hisoblanadi. Aynan ushbu ko’rsatkich sotuvning mumkin bo’l
Xalqaro savdo tizimi. Valyuta nazorati. Iqtisodiy muhiti. Xom ashyo eksport qiluvchi mamlakatlar.
Sanoati rivojlanayotgan mamlakaglar. Daromad taqsimoti. Xo‘jalik strukturasi. Siyosiy-xuquqiy muhiti. Siyosiy barqarorlik. Davlat mashinasi. Valyuta cheklovlari.
Xorijiy mamlakatning xuquqiy strukturasi. Xalqaro huquq. Madaniy muhitini o‘rganish. Din va uning jamiyatdagi roli.
Tadbirkor faoliyatining huquqiy ta’minlanishi. Texnologik muhiti. Bevosita investitsiyalarni tartibga solish qoidasi. Xalqaro maydonda investitsion faollikning pasayib borishi.