107
U nima beradi?
Bunda qo’yilayotgan talablardan qat’iy nazar
quyidagilarni yashirish
odobsizlikdir:
A) aksiyadorlardan – aksiyadorlik jamiyatini qo’shilishi yoki yutilishining
haqiqiy sabablarini;
B) bo’shatilayotgan xodimlardan – shtatning qisqartirilishi sabablarini.
Oxirgi
holatda masalan, firmani qayta tashkil etishning istiqbolli rejasiga
muvofiq, shtatni qisqartirish zaruriyatini ishonchli tushuntirish ahloqiydir.
Ko’rsatilgan uch toifa shaxslari talablari bo’yicha qaror qabul
qilinayotgan har qanday vaziyatda xalqaro menejer kompaniyaning ijtimoiy
ma’suliyatidan kelib chiqishi kerak. U esa bir tomondan xo’jalik
samarasiga
erishishga, boshqa tomondan esa qabul qiluvchi mamlakatda kompaniya
uchun qulay ijtimoiy fikrni yaratish zaruriyatiga asoslanadi.
Qabul qiluvchi
mamlakatda xorijiy kompaniya faoliyati bilan bogglik shaxslarning barcha
toifalari uchun menejer tomonidan qabul qilingan
biznes samaradorligi
me’yorlariga mos keluvchi qaror tushunarlidir. Biznes samaradorligining
me’yorlari esa quyidagi asosiy omillar bilan aniqlanadi:
- mavjud resurslardan
maksimal foydalanish;
- har bir kishining o’z ishi uchun ma’suliyati;
- bilimdonligi;
- erkin bozor axborotini o’z vaqtida qo’llash.
Dostları ilə paylaş: