108
Xalqaro menejer o’z faoliyatini faqat xo’jalik muvaffaqiyatiga
erishishga yo’naltirganda va qabul qiluvchi mamlakatda jamoatchilik fikrini
inkor etganda yoki qabul qiluvchi mamlakatda kishilarning asosiy guruhlari
- xalqaro kompaniyalarning xorijiy filial ishchi va xizmatchilari, mahalliy
aktsionerlar, hukumat mansabdorlari, kasaba uyushma rahbarlarini o’z
faoliyatining foydaliligi, to’g’riligi va bezararligiga ishontira olmaganda
ziddiyatlar tug’iladi.
Ahloqiy jihatdan xalqaro menejerning jiddiy xatosi bo’lib, qabul
qiluvchi mamlakatda ishbilarmonlik muhiti va madaniy hayot xususiyatlarini
o’rganishni inkor etish, xorijiy faoliyatdan kutilayotgan natijalarning real
emasligi, xorijiy sheriklar bilan o’zaro tushunishga intilmaslik, muammolar
va ziddiyatlarning sabablarini yaxshi o’rganmay turib xorijiy sheriklar bilan
munosabatlarni uzish hisoblanadi.
Biznesni ahloqiy yuritishning 3 belgisi:
1) biznesning o’z maqsadlariga mosligi;
2) sog’lom tafakkurga itoat etish;
3) oddiy insonparvarchilik prinsiplari bo’yicha harakat qilish.
Moliyaviy faoliyat etikasi barcha ishga doir, shu jumladan, buxgalterlik
hisob-kitoblarining haqqoniyligidan iboratdir.
Poraxo’rlik doim ma’naviy qoralanadi va ahloqsizlikka kiradi.
Xalqaro tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishni
hohlovchilar uchun biznesmenlarning milliy va xalqaro assotsiatsiyalari xulq-
atvor qoidalari va “ahloq kodeks”larini ishlab chiqadilar.
Dostları ilə paylaş: