Xalqaro menejment



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#200605
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

Tayanch iboralar: 
xalqaro biznes, xalqaro menejment, tadbirkorlik, Boston 
matritsasi, cheklovchi ishga doir amaliyot. 
Nazorat savollari: 
1. Xalqaro menejmentga ta’rif bering. 
2. 
Global menejment nazariyasining asosiy prinsiplarini yoriting. 
3. 
Mamlakatda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlik 
nima? 
4. 
Mahsulotning xalqaro hayotiy stikli tamoyilining mohiyati nimada? 
5. 
Bevosita xorijiy investitsiyalar nima? 
6. 
Korxonaning chet eldagi faoliyatiga qanday omillar ta’sir etadi? 
7. 
Boston matristasi bo’yicha jahon bozoriga yangi tovar yoki xizmatlar bilan 
chiqish jarayonini tasvirlang. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


14 
2-BOB. QABUL QILUVCHI MAMLAKATDA XORIJIY FIRMALARNING 
FAOLIYAT YURITISH SHAROITIGA MOSLASHUVI 
 
 
2.1. Xo’jalik faoliyatini baynalmilallashtirishni motivatsiyalash 
 
Xorijiy faoliyatning yuqori tavakkalchiligi firma oldida ochilayotgan chet elda 
harakatlanishning keng imkoniyatlari bilan qoplanadi. XX asr boshidayoq “ishlab 
chiqarish xarajatlari pastroq bo’lgan joyda ishlab chiqarish” qoidasiga asoslangan 
ishlab chiqarishning mutlaq va nisbiy xarajatlari asosiy tamoyillariga amerika 
avtomobilsozligi asoschisi Genri Ford sotish bozori haqidagi “qaerda sotsam, shu 
yerda ishlab chiqaraman” degan o’z fikrini qo’shdi. Bu bilan u qabul qiluvchi 
mamlakatlarda chet elda ishlab chiqarilgan qismlar va detallardan yig’ma ishlab 
chiqarishga ega xalqaro ishlab chiqarish majmualarini tashkil qilinishiga asos soldi. 
Zamonaviy sharoitlarda xorijiy tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi omillarga : 
-ichki milliy bozordagi faoliyatga nisbatan yuqori foyda olish; 
-nisbatan yirik va qudratli firmaning ta’siri (masalan, uning subyetkazib 
beruvchisi sifatida faoliyat yuritishi). Oddiy namuna sifatida AQShda yapon 
kompaniyalarining avtomobil korxonalari qurilishini keltirish mumkin. Bunda asosiy 
yapon avtomobil kompaniyalari ketidan ularning kichikroq firmalari - subyetkazib 
beruvchilari, avtomobillarga, butlovchi detallarni ishlab chiqaruvchi korxonalar 
AQShda o’rnasha boshladi; 
-hukumat va xalqaro tashkilotlarning tashabbusi. Rivojlangan davlatlar 
hukumati yoki xalqaro moliyaviy tashkilotlar – Xalqaro rekonstrukstiya va taraqqiyot 
banki (XRTB), Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot assostiastiyasi 
(XTA) va boshqalarning rivojlanayotgan davlatlarga kreditlari ko’pincha riojlangan 
mamlakatlarning xususiy sarmoyadorlariga qabul qiluvchi davlatlarda bevosita 
xorijiy investitsiyalar asosida korxonalarni qurish imkoniyatini beradi; 
-kompaniyalarning faoliyatini chet elga ko’chirishga majbur qiluvchi milliy 
bozordagi noqulay sharoitlar. Davlatning tartibga solishi bilan bog’liq xarajatlar 
(masalan, federal va mintaqaviy soliqlar, atrof-muhit muhofazasi bo’yicha milliy 
me’yorlarga muvofiqlikka erishish uchun tabiatni himoya qilishga sarflar) misol 
bo’lib xizmat qilishi mumkin. Tabiiy resurslarning kamayishi yoki ularni qazib olish 
sharoitlarining yomonlashuvi oqibatida ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi, 
shuningdek milliy bozorda keskinlashayotgan raqobat, ichki bozorning bir turdagi 
mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish sharoitlarini qiyinlashtiradi. 
Sig’imli o’sib borayotgan bozor mavjud bo’lgan mamlakatda tovarlar va xizmatlar 
ishlab chiqarishni tashkil qilishga intilish harakatchan kompaniyalar strategiyasining 
“mahalliy bozor uchun mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish” prinsipiga 
asoslanadi; 
-qabul qiluvchi mamlakatda bozor sig’imi, tabiiy resurslar va malakali arzon 
ishchi kuchi hamda “inson kapitali”(yuqori malakali mutaxassislar, muhandislar va 
olimlar)ning mavjudligi; 
-eksport uchun protektsionistik to’siqlar. Ular qabul qiluvchi mamlakatga 
tayyor mahsulotlar olib kelishdan ko’ra u yerda tovarlar va xizmatlarni ishlab 
chiqarishni tashkil qilish afzalroq bo’luvchi sharoitlarni yaratadi; 


15 
-qabul qiluvchi mamlakatda qimmatli axborotlarning mavjudligi; 
-qaltisliklarning diversifikatsiyasi (masalan, bozorga yangi mahsulot bilan 
chiqishda). Bunday holda qaltisliklarni xorijiy sherik bilan bo’lib olish maqsadga
muvofiq;
-xorijda yangi texnologiya, xorijiy kapital va ishlab chiqarish hamda sotishni 
tashkil qilish tajribasini olish; 
-tez o’zgaruvchan bozor kon’yunkturasi keltirib chiqargan uzoq muddatli talab 
va ko’psonli qaltisliklarning noaniqligi sababli tovarlarni ishlab chiqarish va xizmat 
ko’rsatish diversifikatsiyasi; 
-tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga chiqish yo’li bilan raqobatbardoshlik 
darajasini saqlab qolish; 
-qabul qiluvchi mamlakatda moliyaviy imkoniyatlardan (bankning past foizi, 
mahalliy, chet el va xalqaro tashkilotlarning fondlari va kreditlaridan) foydalanish; 
-jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat sharoitlarida eksport 
tovarlarining raqobatbardoshligini oshirishga imkon beruvchi chet elda imtiyozli 
soliqqa tortish. 
Xorijiy tadbirkorlikni rivojlantirishga undovchi sabablarning yoritilishi shuni 
ko’rsatadaki, dinamik kompaniyalarning ishlab chiqarishni chet elga o’tkazishi faqat 
yakuniy foydani maksimallashtirish maqsadida amalga oshirilmay, balki ishlab 
chiqarish kuchlarini takomillashtirish va zamonaviylashtirish zaruriyati bilan ham 
tushuntiriladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin