7
Xalqaro (global) menejment kompaniyalarni ikki va undan ortiq mamlakatlarda
faoliyat yuritishini boshqarishni nazarda tutadi, global menejer malakasiga ega
mutaxassis esa keng doiradagi masalalar - eksport - import
bitimlaridan tortib chet
elda mahsulot ishlab chiqarishgacha bog’liq bo’lgan faoliyatni amalga oshirishi
lozim. Bunda u turli madaniyatlarga moyil va global menejment nazariyasi, falsafasi
va psixologiyasini o’zlashtirib olishi kerak, va har
qanday sharoitda eng avvalo
mamlakatimiz manfaatlarini ko’zlashi zarur. Prezidentimiz ta’kidlaydi: «Bugun mana
shu yuksak minbardan turib aytmoqchiman: davlatimiz tashqi siyosatining ma’no-
mazmuni va maqsadi bitta – u ham bo’lsa, O’zbekiston manfaati va yana bir bor
O’zbekiston manfaatidir»
2
.
Chet elda jamoaviy faoliyat sharoitlarida ishlash o’zbek tadbirkorlari va davlat
xizmatchilari orasida tobora keng tarqalishi bir qator sabablarga ega. Birinchidan,
sobiq SSSR hududida mustaqil davlatlarning tashkil topishi ko’p hollarda tadbirkorlar
uchun xorijiy faoliyatga o’xshash sharoitlarda harakat qilish zaruriyatini yaratadi.
Ikkinchidan, davlatimiz tashqi iqtisodiy aloqalarining kengayishi
milliy firmalarning
nafaqat TMKlar, balki turli xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishiga
olib kelmoqdaki, ularning tashkiliy tuzilishi va strategiyasini o’rganish zarur.
Xalqaro menejmentni o’rganish tinglovchilarning xalqaro toifadagi rahbarlar
uchun zaruriy sifatlarga:
tashabbus, aniqlangan qaltislikka tayyorlik, o’z kuchlariga
ishonch, global ko’lamda
fikrlash, xorijiy sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni
o’rnatish prinsiplarini egallashga erishishga yordam beradi.
Ushbu kurs materiallarini o’rganish tinglovchilarga dunyoda xalqaro
menejment rivojlanishining quyidagi asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib beradi:
-bo’ysunuvchilarga yuklanadigan javobgarlik ulushining ortishi;
-iste’molchilarning hohish-istaklariga e’tiborni kuchaytirish;
-firmalar faoliyatida marketing rolini oshishi;
-ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirish hamda mahsulot va
xizmatlar assortimentini yangilash;
-qisqa muddatli natijaga va uzoq muddatli maqsadlarga
ega tadbirlarni aniq
ajratilishi;
-milliy manfaatlarga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: