27
Ikkinchi bosqich – bunda har xil davlatlardan bo’lgan hamkorlar orasidagi
munosabatlarning navbatdagi kengayishi va takomillashuvi ko’rsatkichi bo’lib ikki
yil va undan ortiq muddatga mo’ljallangan uzoq muddatli shartnomalar xizmat qilishi
mumkin. Bir qator hollarda bunday shartnomalar kapitalning kredit shaklida olib
chiqilishi, asbob-uskunalarni yetkazib berilishi, texnologiyalarni o’tkazilishi,
shuningdek ilmiy-texnikaviy hamkorlikni ko’zda tutadi.
Uzoq muddatli shartnomalar sifati sotib oluvchiga ayon bo’lgan tovarlar va
xizmatlarning savdo bozorlari barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan eksporter
uchun jalb etuvchanligidir. Bundan tashqari eksporterlar transport kompaniyalari
bilan uzoq muddatli doimiy kelishuvlar tuzish yo’li bilan transport xarajatlarini
qisqartirish hisobiga o’z mablag’larini tejaydilar. Bularning hammasi reklama,
xaridorlarni qidirish, ko’p sonli bir martalik shartnomalarni tayyorlash xarajatlarisiz
tijorat xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi.
Import qiluvchilar uchun uzoq muddatli shartnomalar yaxshi ma’lum bo’lgan
va o’zini yaxshi tomondan tavsiya qilgan tovarlar va xizmatlar yetkazib berilishining
barqarorligini ta’minlaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan xomashyo tovarlari
Transmilliy kompaniya
Qo’shma korxonalar
Bevosita xorijiy
investitsiyalar
Кonsortsiumlar
Litsenzion
bitimlar
Bitim
Bitim
Bitim
IV bosqich
III bosqich
II bosqich
I bosqich
Dostları ilə paylaş: